Ming afsus. Konstitutsiyaga qarshi propiska rejimi rasman qaytgani bilan hammani tabriklayman!Endilikda haydovchilar
mashina raqami berilgan hududda taksichilik qilishi mumkin
bo‘larkan. Bu degani, masalan, 60 raqamli avtomobili bor haydovchilar faqat Andijonda taksichilik qila oladigan bo‘libdi. Yoki 95 raqamli avtomobili bor haydovchilar faqat Qoraqalpog‘istonda taksichilik qila oladi.
❓
Avval qanday edi?Bunaqa qoida ilgari yo‘q edi.
2011-yil 18-maydagi 139-sonli qarorda haydovchi yo‘lovchilarni yo‘nalishsiz taksida tashishni
litsenziya kartochkasida belgilangan hududda olib borishi belgilangan edi. Ya'ni,
Qashqadaryo yoki
Namangandan kelib, litsenziya oluvchi haydovchi litsenziya kartochkasida
"Toshkent", deb ko‘rsatsa, u bemalol Toshkentda taksichilik qila olar edi.
2011-yilgi qarorda haydovchilarga litsenziya berishda avtomobil raqamining
hududiy kodiga qaralishi tartibi bo‘lmagan. Ushbu qoida
2025-yil 2-apreldagi Vazirlar Mahkamasining yangi
qarorida aks etibdi. Demak, 2-apreldan boshlab shunaqa qoida kuchga kirgan. Bu qoida Nizomdagi kichik bir band bo‘lgani uchun ko‘pchilik e’tibor ham bermay qolgan ekan. Mana endi taksichilar amaliyotda muammoga duch kelishni boshlagandan keyin ma’lum bo‘lib qoldi.
Bunday qaror qabul qilinishi mumkinligi haqidagi xavotirlarimizni bir yildan buyon aytib kelamiz. Afsuski, mas’ullar bu haqdagi “ahmoqona g‘oyani” imi-jimida qabul qilib yuborishibdi.
❓
Endi nima bo‘ladi?1️⃣
Birinchidan, endi Toshkentda taksilar qimmat bo‘ladi;
2️⃣
Ikkinchidan, 2 minutda keladigan taksi 10 yoki 20 minutda kelishni boshlaydi, chunki qonuniy taksichilar soni keskin kamayadi;
3️⃣
Uchinchidan, endi viloyatliklar noqonuniy taksichilik qilishga o‘tadi. Ko‘chalarda qo‘l ko‘tarib turganlar ko‘payishni boshlaydi, yashirin iqtisodiyot yana gullab, yashnaydi;
4️⃣
To‘rtinchidan, endi qonuniy ishlamoqchi bo‘lgan viloyatliklar noiloj O‘Z MASHINASINI Toshkent propiskasi bor biron tanishining nomiga o‘tkazishga, o‘zi esa “gen doverennost” orqali yurishga MAJBUR bo‘ladi. Natijada mulkiy nizolarning yangi to‘lqini boshlanadi, tanishiga ishonib, o‘z mashinasidan ayrilib qolgan yurtdoshlarimiz ko‘payishni boshlaydi.
Mas’ullar o‘ylaganidek, bu qaror orqali Toshkentda
tirbandliklar kamayib qolmaydi. Hamma o‘z viloyatiga
qaytib ketmaydi (ish yo‘q joyda nima bor?). Bunga ishonayotganlarning yoki o‘zi ahmoq, yoki boshqalarni ahmoq deb o‘ylaydi.
Eng asosiysi
PROPISKA REJIMI rasman qaytgani bilan hammani tabriklayman! Qanchadan qancha “qon yutishlar” orqali bir amallab yo‘qotilgan la’nati rejim taksichilar misolida yana
ORTGA QAYTIBDI! Konstitutsiyaga zid bo‘lsa ham, baribir shu qarorni qabul qilishibdi. Eh, propiska rejimi bekor qilingani Yangi O‘zbekistondagi eng katta yutuqlardan biri sifatida e’tirof etilgan edi-ya... Bunchatez ortga qaytamiz, deb o‘ylamagandim.
Taksichilar — bu boshlanishi! Ertaga viloyatlik sartarosh o‘zini viloyatida sochini olsin deyishadi, viloyatlik novvoy o‘zini viloyatida non yopsin deyishadi, viloyatlik xodimlar o‘zini viloyatida ishlasin deyishadi. Yo‘q, unaqa bo‘lmaydi, demoqchimisiz? Men uncha shoshmagan bo‘lardim. Mana, taksida qilishdi-ku... Axir bu fakt-ku.
Yashasak ko‘raveramiz, bizni yana nimalar kutib turganini...
👉
@xushnudbek 👈