Xushnudbek.uz


Kanal geosi va tili: O‘zbekiston, O‘zbekcha
Toifa: Bloglar


Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Связанные каналы  |  Похожие каналы

Kanal geosi va tili
O‘zbekiston, O‘zbekcha
Toifa
Bloglar
Statistika
Postlar filtri


Davlat fuqarolik xizmati malaka darajalarining boshqa organlarning unvon va martaba darajalariga nisbati

Mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, sud, huquqni muhofaza qiluvchi yoki boshqa davlat organlarining maxsus unvon va martaba darajasiga ega bo‘lgan hamda davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingan shaxslarga malaka darajasi mazkur jadvalga muvofiq Davlat fuqarolik xizmati malaka darajalarining boshqa organlarning unvon va martaba darajalariga nisbatini hisobga olgan holda beriladi.

Ushbu qoida mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, sud, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvon va martaba darajasi berilishi nazarda tutilgan boshqa organlarga o‘tgan davlat fuqarolik xizmatchilariga ham qo‘llanadi, ushbu organlarning xizmatni o‘tashga oid tartiblarida (ustav, nizom va hokazo) boshqacha qoida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


👉 @xushnudbek 👈


Davlat fuqarolik xizmatchilariga quyidagi malaka darajalari beriladi:

Oliy darajali maslahatchi;
1-darajali maslahatchi;
2-darajali maslahatchi;
3-darajali maslahatchi;
1-darajali xizmatchi;
2-darajali xizmatchi;
3-darajali xizmatchi;
4-darajali xizmatchi;
5-darajali xizmatchi;
6-darajali xizmatchi.

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun malaka darajasida bo‘lish muddati quyidagicha belgilanadi:

6-darajali xizmatchi - ikki yil;
5-darajali xizmatchi -uch yil;
4-darajali xizmatchi -uch yil;
3-darajali xizmatchi -to‘rt yil;
2-darajali xizmatchi - to‘rt yil.
"1-darajali xizmatchi" va undan yuqori malaka darajalarida bo‘lish muddati belgilanmaydi.

Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalari, qoida tariqasida, izchil tartibda oliy ma’lumotga va muayyan ish stajiga, malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatga, malaka komissiyasining ijobiy xulosasiga ega bo‘lgan taqdirda beriladi. Bunda davlat fuqarolik xizmatchisining egallab turgan lavozimi yoki unga oldingi ish joyida berilgan maxsus unvoni (martaba va malaka darajasi) inobatga olinadi.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka komissiyasi qaroriga asosan "6-, 5-malaka darajalari" berilishi mumkin.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining malaka darajalari uchun qo‘shimcha to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.


👉 @xushnudbek 👈


Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati


👉 @xushnudbek 👈


Davlat fuqarolik xizmati PF-95 19.06.2025.pdf
38.3Mb
"Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmonining to‘liq matni (ilovalari bilan; PF-95, 19.06.2025-yil)


👉 @xushnudbek 👈


Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
Abu Rayhon Beruniy universitetida 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda!

📕 Yo‘nalishlar:

• Yurisprudensiya;
• Iqtisodiyot;
• Psixologiya;
• Tarix;
• O‘simliklar himoyasi va karantini.

📥 Ikkinchi kursdan oʻqishni koʻchirish imkoniyati mavjud.

💰Kontrakt narxlari 10 mln soʻmdan boshlanadi.

📥 Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portal — arbu-edu.uz orqali qabul qilinadi: Video qoʻllanma

📞 Murojaat uchun:
+998559037007 | @arbu_admins

📌 Manzil: Toshkent, Quyi Chirchiq.

📄 Litsenziya (№ 363695, 21.08.2024-y.)

Telegram | Instagram | Facebook | Reklama


🇺🇿🇹🇲🇮🇷 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari Turkmaniston orqali Erondan evakuatsiya qilindi

Bunda Turkmaniston o'z hududini tranzit maqsadlari uchun taqdim etgan bo‘lib, mamlakat chegara punktlari, vokzal va aeroportlarida ko'p sonli davlatlar fuqarolari tezkor va xavfsiz evakuatsiya qilinmoqda.

Mamlakatimizning Tehron va Ashxoboddagi diplomatik vakolatxonalarida kechayu-kunduz ishlaydigan tezkor shtablar tuzildi. Tezkor shtab Eronda bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolarini Turkmaniston orqali vatanga qaytarish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.


👉 @xushnudbek 👈


Endi AQSh talaba vizasini olishda talabgorning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari ham tekshiriladi

Ushbu tartib kechadan e'tiboran kuchga kirgan bo‘lib, u F (ta'lim), M (akademik bo‘lmagan va kasbiy ta'lim), J (almashinuv dasturlari) turdagi vizalar olishda amal qiladi.

🌐 Unga ko‘ra, viza olishga da’vogardan barcha ijtimoiy tarmoq akkauntlaridagi maxfiylik sozlamalarini “ommaviy” holatga o‘tkazish so‘raladi. Ya’ni “qulf” osilgan profillarni ochib qo’yish kerak.

📋 Vizaga murojaat etish uchun to‘ldirilgan DS-160 formasida, murojaatchilar so‘nggi 5 yil mobaynida ijtimoiy tarmoqlarda foydalangan barcha ismlar va taxalluslarini kiritishlari talab etiladi.

Formani imzolab yuborishdan avval, murojaatchilar to‘ldirilgan DS-160 formadagi barcha ma'lumot to‘g‘ri va haqqoniy ekanligini tasdiqlashlari zarur.

❌ Ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq ma'lumotni kiritmaslik viza murojaati bo‘yicha rad javobi berilishiga hamda kelgusida viza olish huquqidan mahrum bo‘lishga olib kelishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈


📣 Hurmatli abituriyentlar!

237-sonli Prezident qarori asosida Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida GRANTLAR asosida qabul boshlandi!

Ingliz tilida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
✅ Agroiqtisodiyot;
✅ Aqlli va barqaror qishloq xo‘jaligi;
✅ Oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruvi;
✅ Agrologistika.


Oʻzbek va rus tilida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

❇️ Biznes boshqaruvi;
❇️ Buxgalteriya hisobi;
❇️ Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
❇️ Agroiqtisodiyot;
❇️ Oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruvi;
❇️ Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.


🇬🇧 Universitet bitiruvchilari chet elda o‘qish va malaka oshirish hamda Buyuk Britaniya diplomini qo‘lga kiritish imkoniga ega boʻladi.

Hujjatlaringizni universitet platformasi orqali onlayn topshiring va oʻz Grant oʻrningizni band qiling.

📄 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-237-sonli qarori (07.05.2022-y.)

Batafsil ma’lumot:
☎️ 99 981 09 19 | 97 484 84 34
@iau_2022
🌏 www.iau.uz

Vebsayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Reklama


Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
🏆 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida “Zakovat”ning yozgi mavsum birinchi o’yinida Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi ishtirok etadi.

🎉 2025-yilning eng yaxshi savoli egasi 🚗AVTOMOBIL yutib olishi mumkin!!! Bir-biridan qiziqarli savollar yuborishni kanda qilmang.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈


Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
Toshkentda Eco Expo Central Asia 2025 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Qozog‘iston ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Yerlan Nisanbayev ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston stendlari bilan tanishdi. Unga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamrohlik qildi.

Ko‘rgazmada chiqindilarni qayta ishlash, ko‘kalamzorlashtirish va 77 gektarlik yashil bog‘ loyihalari taqdim etildi.

Tomonlar ekologik siyosat, tajriba almashinuvi va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.


👉@xushnudbek👈


O‘zbekistonda magistral elektr tarmoqlarini nazorat qilishda dronlardan foydalanilmoqda

Ma'lum qilinishicha, ushbu qurilmalar 35, 110, 220 va 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari o‘tkazilgan murakkab relyefli hududlarni nazorat qilib boradi.

Drondan tarmoqda avariya holatlari yuz berganda qisqa vaqt ichida nosozlik sabablarini aniqlash hamda boshqa texnik-muhandislik va loyihalashtirish ishlarida foydalaniladi.


👉 @xushnudbek 👈


❗️Qabul tugashiga 4 kun qoldi

Bugun, 21-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 453 ming 700 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🔹 o‘zbek tili  — 398 ming 216 nafar;
🔹 rus tili  — 45 ming 690 nafar;
🔹 qoraqalpoq tili  — 8 ming 500 nafar;
🔹 boshqa tillar — 1 ming 294 nafar.

📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ o‘g‘il bolalar — 205 ming 304 nafar
🙋🏻‍♀️ qizlar — 248 ming 396 nafar


👉 @xushnudbek 👈


Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
Abituriyentlar! Qaroringiz aniqmi?

Qaysi yo‘nalishni tanlaysiz? Kim bo‘lasiz? Grant olasizmi? Chet elda amaliyotga chiqasizmi?

💙 Osiyo xalqaro universiteti — shu savollarga javob izlayotganlar uchun manzil. 35 ta bakalavriat va 14 magistratura yo‘nalishlari, 24 ta ordinatura va 11 ta doktorantura bosqichlarida qabul davom etmoqda.

Bu yerda:

- Barcha sharoitlar yaratilgan zamonaviy kampuslar;
- Turar joy bilan ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan;
- Iqtidor egalariga stipendiyalar va rag‘batlar mavjud;
- Xalqaro amaliyot dasturlari;
- Talaba va abituriyentlar uchun 200 ta grant.


Kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim — siz uchun qulay shaklda.

📄
Litsenziya (№ 715238, 10.11.2022-y.)

🌐 Roʻyxatdan oʻtish: qabul.oxu.uz

📞Qo‘shimcha ma’lumot: +998553050009

Reklama


Davlat xavfsizlik xizmati:

Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi (MIB) boshlig‘i sudning ijro varaqasi bo‘yicha javobgarlarni ushbu tumandagi xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgan.

Joriy yil 3-iyun kuni u talab qilingan pul mablag‘idan 1 ming 200 dollarni pora sifatida olgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


👉 @xushnudbek 👈


Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
🚀 Nukusda “Startap va investorlar kuni”!

O‘zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan tadbir yoshlar, investorlar va startaplar uchun jonli muloqot maydoniga aylandi. 150 dan ortiq ishtirokchi, xalqaro venchur fondlar va akseleratorlar ishtirok etgan forumda innovatsion loyihalar taqdimoti, ochiq muloqotlar va netvorking bo‘lib o‘tdi.

📍 Tadbir doirasida akseleratsiya dasturiga ham start berildi!

Batafsil

Reklama


Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
❗️”Rosatom” O‘zbekistonda 2 GVt quvvatli katta va 110 MVt quvvatli kichik AES qurishi mumkin

Dastlab Rossiyadagi internet nashrlar O‘zbekiston bilan bu bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida yozishdi. "O‘zatom" esa keyinroq bu bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, "Rosatom" va "O‘zatom" o‘rtasida O‘zbekistonda katta quvvatli atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Hujjat ikkita VVER-1000 qurilishini kelgusida to‘rtta energoblokkacha kengaytirish shartlarni o‘z ichiga oladi.

Azim Axmedxo‘jayevning ta'kidlashicha, ikki kichik va ikki yirik quvvat bloki Jizzax viloyati Forish tumanidagi bitta maydonga joylashtirilishi mumkin. Bunaqasi dunyoda yo’q ekan, o’ziga xoslik bo’lar emish.

Shuningdek, “Rosatom” tomonidan kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi ilk marta Rossiya hududidan tashqarida bo‘ladi. Ya’ni “Rosatom” shu paytgacha bunday loyihani boshqa bironta xorijiy davlatda qurmagan, O’zbekiston birinchisi bo’larkan.


👉 @xushnudbek 👈


Kitobdagi 100 gektar maydonda 20 tonna oltin zaxirasi aniqlangan

Tabiatga zarar yetkazmasdan, yopiq usulda oltinni qazib olishga 100-150 mln dollar pul tikmoqchi bo‘lgan talabgorlar ko‘pligi, ushbu konni ham auksionga chiqarish zarurligi qayd etildi.

Kitob tumanidagi yana 5 ta istiqbolli maydonda 39 tonna oltin, Chiroqchida 10 ming tonna noyob metallar resursi aniqlangan. Bu maydonlarda geologiya ishlarini boshlash topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈


“Yangi Oʻzbekiston” universitetiga qabul davom etmoqda!

Dunyoda hali kashf etilmagan imkoniyatlarni ochishga koʻpchilik qiziqsa kerak.

Eng yengil samolyotlar, energiya tejovchi uskunalar va zamonaviy elektron qurilmalar sizning hissangiz bilan paydo bo‘lishi mumkin.

✅ Bugungi kunda sodir bo‘layotgan yutuqlarning asosi kimyo va materialshunoslik muhandisligida mujassamlashgan.

Siz zamonaviy bilimlar orqali odamlar hayotini yaxshilashga yordam berasiz.

Ushbu qiziqarli dunyoga marhamat. “Yangi Oʻzbekiston” universitetida Kimyo va materialshunoslik muhandisligiga qabul davom etmoqda.

Reklama

18 ta oxirgi post ko‘rsatilgan.
OSZAR »