Ummu Umayr 📌


Гео и язык канала: Узбекистан, Узбекский
Категория: Курсы и гайды


بسم الله الحمدلله و الصلاة والسلام على رسول الله و بعد
❗️Ayol-qizlar uchun ❗️
Oilaviy munosabatlar psixoterapiyasi
Preventiv yondashuv💡
📍 Madina
💭Otzivlar: https://t.me/+Rk-6XtU-umw0MzJh
📨 @ummuumayr_manager
🗃️@quvvatuz | @palmoviysad

Связанные каналы

Гео и язык канала
Узбекистан, Узбекский
Категория
Курсы и гайды
Статистика
Фильтр публикаций


Xo’sh, post bo’ydoqlar uchun emasdi. Og’riqlar tanish bo’lganda negativ fikrlash juda oson, siz pozitiv tomonni ko’rishga harakat qiling, yashash yengillashadi. Aslida birorta musibat fojeali emas, agar toqat ko’tarmasa, insonlarga berilmasdi. Alloh nafsimizga ortiqcha yuklama berishdan pok Zot. Keyin deyarli hamma sinov namunalari eng tanlangan bandalar - payg’ambarlarda bor. Demak, birovga sinov berilgani uni kamsitmaydi. Balki darajasini ko’tarishi mumkin.

Ehtimol, ketma-ket kichik bolalar kim uchundir ham tasavvurga og’riqli sinovdir, bilmaymiz. Shuning uchun shunaqa odamlarga boshqa turdagi musibat berilgan. Balki ular menga qarab chin dildan achinar, kim bilsin.)) Vaziyatlarni o’zgartirolmasak, unga munosabatni o’zgartirishimiz kerak. Bizga, biz uchun, bizning fe’limizdan kelib chiqib, eng yoqimsiz narsani tasavvur qilib ko’rishimiz kerak. Shunda hayot yengillashadi.

Necha kunlardan beri psixotip, temperament bo’yicha o’zini, erini va qaynonasini tushunish bo’yicha qo’llanmalar ustida ishlayman. Birinchi qismi tayyor bo’ldi. Ikki va uchni tugatayotib ko’p narsalar haqida o’yladim. Masalan, fitrat o’zgarishi haqida. Insonlar sof fitratda, o’z temperamenti, xarakter unsurlari bilan tug’iladi. Kimdir tez fikrlaydi, kimdir chuqurroq his qiladi. Tarbiya, muhit va ilmsizlik kishini o’z fitratidan uzoqlashtirib, uni buzib yuborar ekan. Keyin kishi o’zini va unga berilgan qadarni qabul qilishga qiynaladi, atrofdagilar va ularga berilganlarni ham qabul qilolmaydi. Og’riq bilan yashayvergach, umuman aloqasiz narsalar ham uning yarasiga tuz sepkandek tasavvurni uyg’otadi va alamzada bo’lib qoladi.

Fitratni saqlab qolish naqadar muhim…


Qiyinchiliklar rizq

Ko’pchilik uchta bola bilan endi qanday eplaysiz hammasini, deb so’rayapti. Xatto, uydagilarning yashirin havotiri bor, onam yo oyijon qiynalib qolishimni o’zimdanam ko’p o’ylayotganday.)) To’g’risi, qanday eplayman, bilmayman. Hozir biror rejayam yo’q. Aniq va muqarrar narsa - qiynalaman. Iloji yo’q boshqa 😃

Lekin mana nima meni xotirjam qilyapti 👇🏻

Yoshim 26 da va uchta bolam bor, alhamdulillah, 20-35 yosh orasi inson hayotining eng aktiv, energiyali davri. Bu davrdagi g’ayrat va uni ongli taqsimlash undan oldin ham, undan keyingi vaqtlar ham shu davrdagi kabi bo’lmaydi. Men mana shu davrni biror qaramlik: narkologiya, alkologiya yoki yana nimadir bilan kurashib o’tkizayotgan bo’lishim mumkin edi, Alloh asrasin. Yoki biror jiddiy kasallik yo jarohat asorati bilan kurashibmi, balki eng yengilida fitnalardan charchab, juftimni betoqat bo’lib kutayotgan bo’lishimam mumkin edi. Kim bilsin balki yo’limni topish, hayotimni izga solishga sarflardim bu resursni. Xullas, o’ylasam, syujetlar bir talay.

Lekin ayni damda men salomatman, Islomdaman, oilaliman va onaman, alhamdulillah! Qiyinchilik rizq, uning kayfiyati esa o’zgaradi. Har qanday holda kishi rizqini yashaydi, ammo uning turi tanlovga bog’liq.

😉 Men o’z keysim bilan ko’pincha psixoterapiyadan foydalanaman, kimdir sezadimi shuni? Yo faqat Umayroxon o’zini gapirib o’treykan, deb o’ylisizlarmi 😁

1.7k 0 0 40 137



Eng ko’p reaksiyani shu izoh olibdi, masha Alloh! @ummuumayr_manager ga yozing 🫶


Репост из: wasfia'
"Alloh taologa hamdu sanolar, Rosululloh sallallohu alayhi vasallamga salovatu salomlar boʻlsin", "Yaxshi, toʻgʻri gapirgan boʻlsam Robbimdan, fazlidan, yomon, xato gapirgam boʻlsam shaytondan, nafsimdan".

Shu gapla eslatadi😁




#duo

Bugun Juma va unda duo qabul bo’ladigan bir soat bor, ulamolar orasida bu vaqt borasida 42 ta xilof borligi “Fatxul Boriy”da kelgan ekan. Demak, juma kunini to’liq shom kirguncha g’animat bilishimiz kerak. Iltimos, hech bo’lmasa shu kunda xudbin bo’lmay, mazlum musulmonlar haqqiga duo qilib qo’yaylik.

Alloh qamoqdagi, asirlikdagi, musofir yurtdagi mazlumlarga ofiyat bersin, Falastin - G’azo, Afrika, Uyg’uriston, Birma, Hindiston, Yaman, Kashmir kabi davlatlardagi zaif musulmonlarga najot bersin, amiyn. Kasallarga shifo bersin, amiyn.


Ps. Rosululloh sollollohu alayhi vasallamning bizdagi haqlaridan biri ularga salovat aytishimiz. O’z haqqingizni ado eting, salovatni ko’paytiring. Salovat g’amlar ketishi hamda gunohlar mag’firat bo’lishiga sababchi ekan




Bizda yangilar bor ekan, xush kelibsiz!
Kanalga joylashib oling, siz bilan ham go’zal xotiralar yaratamiz, deb umid qilaman ✅

Kanal haqidagi tasavvuringizni “Mundarija” nomi bilan qadalgan postdan shakllantirishingiz mumkin!

Eskilar reaksiyalashguncha va yangilar tanishguncha bir-birimizga vaqt beramiz. Ertagacha 🙂‍↕️🤍

2.5k 0 0 15 132

Qizlar, masha Alloh! Ba’zi izohlardan etlarim jimirladi, ko’zim yoshlandi, ba’zilarini o’qib, rostan shunaqa deb yozganmidim, deb hayronam qoldim. Boshdan oyoq irshayib o’qidim, og’zim hoziram qulog’imga yopishib qolgan.

Alhamdulillah, Alloh haqiqiy ma’noda sizlarni manga ne’mat qilib bergan. Alhamdulillah! Bunchalik iliq va samimiy xotiralar bizni bog’lashini tasavvuram qilmagandim! Hammaga rahmat!

😉Ertaga kechgacha kutaman, reaksiyasi eng ko’pini ertaga saralaymiz, insha Alloh!

2.5k 0 0 14 150

Xo’sh-xo’sh, biroz barmoqlarni qizdiramiz 😃

Sizga meni nima eslatadi? Qaysi gap, so’z, hodisa, maqola yoki yana nimadir bilan xotirangizga joylashganman?))

Eng ko’p reaksiya to’plagan kishiga sovg’am bor 🤍

2.6k 0 0 287 159

Riyodda yurganimda yuragim qandaydir behalovat bo’ldi, bilmadim nimaga?

Madinaning sakinati bor, odamni xotirjam qiladi…


(C)


Shahar zamonaviy. Mallar bemaza qovun urug’idanam ko’p. Kafe, restorantlar, modern burchaklar ham ko’p. Lekin oldinam men bunaqa joylarga kam borardim, hozir bachalarim bilan umuman qadam bosmay qo’yganman. Qiziqqan va yoqtiradiganlar uchun yaxshi joyakan, xullas.

2.8k 0 0 10 101

Riyodga hech qiziqmaganman, ochig’i. Qachondir ish bilan borishga to’g’ri kelsa, faqatgina bir narsa uchun borardim Riyodga, derdim. Nasr masjidi imomi, qiroatlari bilan mashxur Muhammad Luhaidanning ortida namoz o’qish uchun, ya’ni. Ammo hali namozda bo’lmaganim uchun nasib qilmadi bu safar.

Ikkita kattani oyijonga tashlab, 1 kunga keldik o’zi. 8-9 soatlik yo’l, keyin men tarix va tabiat shaydosiman, Riyodda men xohlagan joy deyarli yo’q ekan, ko’nglim sal chopgan uchtasidan ikktasiga sohibimiz qarshilik qilardilar, deb innamay qo’ya qoldim 😃 Uchinchisi, Diriyah qadimgi shahari edi, unga kechki payt borgan yaxshi ekan. Kunduzi chaqaloq bilan jizza bo’lib qolmay, deb bormadik.

Xullas, orzularimga doimgidek bachalar, sohibi va ob-havo to’g’anoq bo’ldi, desam.😌

2.7k 0 0 18 112

1-kecha mehmonxonaga yetib kelib, ko’chaga chiqishga ham hol bo’lmadi. Keyin ovqat buyurtma berdik. Tipik arab uslubida yetkazib berishdi. Qoshiq yo’q, guruch esa qog’oz qopga solingan.

Buxoriy oshi va samarqand noni, deyiladi mana shular. Hummusga esa +6 baho, juda mazalikan. Arablar lagan, qoshiqdan ko’ra mana shunday o’rtaga to’kib, qo’l bilan yeyishni afzal ko’radi. O’ziga xos kolorit. Qorin ochganda arab bo’lishga ham tayyor ekanman, xullas 😃

2.5k 0 0 27 140

Bilmadim bu rasm qiziqmi yo yo’q, galareyada borakan, ulashyapman 😁


Omalekin, bekatlariga +5. Issiq hisobiga iloji boricha qulaylik yaratishga urunishgan.


Yo’llar tor, mashinalar ko’p, probkalar ham shunga yarasha. Mana nimasi Toshkentni eslatdi 😃

Bizning infrastrukturamiz populyatsamizdan sal orqada yuradida))


Poytaxt Riyodga ish bilan keldik. Cho’lni o’rtasida qad rostlayotgan ulkan binolar, ko’p narsasi Toshkentni eslatdi.))

Dubay bilan raqobatlashishga bel bog’layapti bu shahar ham, har holda shaharning yangi qurilayotgan qismi shunday fikr uyg’otarkan.

Показано 20 последних публикаций.
OSZAR »