Yoshlar ishlari agentligi


Гео и язык канала: Узбекистан, Узбекский
Категория: Образование


Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Связанные каналы  |  Похожие каналы

Гео и язык канала
Узбекистан, Узбекский
Категория
Образование
Статистика
Фильтр публикаций


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
Hurmatli yurtdoshlar va aziz yoshlar!

🌙Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu tamoyillarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

🌙Siz, azizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklab, barchangizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz!

Hurmat bilan, Yoshlar ishlari agentligi jamoasi!


Qutlug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!


Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt


🇺🇿Prezidentimiz futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli farzandlarim!


Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash o‘yinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib, tom ma’noda ulkan g‘alabaga erishganingiz – Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

19.6k 0 78 10 185

🇺🇿Tarixiy g‘alaba muborak bo‘lsin!

⚡️Bugun O‘zbekiston futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Milliy terma jamoamiz BAA bilan muhim o‘yinda durang o’ynadi va ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

Bu oddiy g‘alaba emas – bu biz kutgan kun, biz orzu qilgan natija!

🇺🇿Yuragi O‘zbekiston deb urgan millionlab muxlislar – bu sizning ham g‘alabangiz!

Endi bizni dunyo tan oladi. Endi biz Jahon sahnasida!

Barakalla yigitlar, sizlar bilan faxrlanamiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

42.8k 29 462 29 367

🎼 Yosh estrada ijrochilari orasidan eng yaxshilari aniqlandi!

“Yoshlar ovozi” tanlovining uchinchi kunida ishtirokchilar “Estrada” yo‘nalishida o‘z iste’dodlarini jonli ijro orqali namoyon etdilar.

🏆Eng yaxshi uchlik 50, 30 va 20 million so‘m mukofotga sazovor bo‘ldi. Qolgan barcha ishtirokchilar esa 10 million so‘m pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovning respublika bosqichi poyaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida davom etmoqda.

➡️ G‘oliblarimiz bilan tanishing!

👏 Bugungi g‘olib va sovrindorlari samimiy tabriklaymiz!

#YoshlarOyligi #YoshlarOvozi #Opera

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt


🇺🇿O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
🏕 TechnoCamp 2025 – Kelajak ixtirochilari uchun oromgoh!

Agar siz muhandislik va ixtirochilikka qiziqsangiz – bu imkoniyat aynan siz uchun!

🛠 TechnoCamp 2025 – bu:

✅ 10+ muhandislik yo‘nalishidagi kurslar
✅ Amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv workshoplar
✅ Qiziqarli tadbirlar, ijodiy loyihalar va o‘yinlar
✅ Va, eng asosiysi – unutilmas do‘stlar va xotiralar!

📌 Kimlar qatnasha oladi?
9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan texnikaga qiziquvchi o‘g‘il-qizlar

📅 Ariza topshirish muddati: 7-iyungacha

🚀 Ixtirochilik sari katta qadamlarni qo'yish vaqti keldi!

🔗 Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/tPX4vmMyLvXHeRqy8

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt


🎵Yoshlar ovozi — shunchaki tanlov emas. Bugun yosh iste’dod egalari xalqimiz sevgan san’atkorlar bilan uchrashib, ulardan eng yaxshi tavsiyalarni oldilar.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sobirjon Mo‘minov, Samandar Hamraqulov va xonanda Firdavs Fazliddinovlar tanlov ishtirokchilariga samimiy tilaklarini bildirdilar.

#YoshlarOyligi #YoshlarOvozi #Estrada

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
Yoshlar oyligi Namanganda

⚡️Yurtimiz bo‘ylab yoshlar uchun intellektual tadbirlar, kitobxonlikni targ‘ib etuvchi loyihalar, turli tanlovlar, zamonaviy kasblarga oid muhim platformalar va shou-konsertlar qizg‘in davom etmoqda.

⚡️Bu safar Yoshlar oyligi bayrami gullar shahri Namanganda bo‘lib o‘tdi.

Yangi ruhiyatdan ilhomlanib orzu qil!

#YoshlarOyligi #Namangan

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt


⚡️Bugun tarixiy kun bo‘lishi kutilmoqda!

🇺🇿Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida 🇦🇪BAA terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O’yin 5-iyun Toshkent vaqti bilan 21:00 da Abu-Dabidagi “Al Nahyan” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yin “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.

🇺🇿Biz yigitlarga ishonamiz. Bugun ular maydonga faqat bitta maqsad bilan chiqadi: g‘alaba uchun kurashish!

🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

19.9k 2 79 12 118

Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
🎼Bugun “Yoshlar ovozi” tanlovning uchinchi kuni ham boshlandi. Ishtirokchilarimiz “Estrada” yo‘nalishida o‘zlarining iste’dodi va ovoz imkoniyatlarini jonli ijrolari orqali namoyon etadilar.

📹Tanlovning sahna orti jarayonlari va ishtirokchilarimizning hayajonli chiqishlarini qisqa lavhalarda tomosha qiling!

#YoshlarOyligi #YoshlarOvozi #Estrada

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt


🌎Samarqandda Global yoshlar festivali — 2025

Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida Global yoshlar festivalining “Yoshlar tadbirkorligi” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

“Yoshlar tadbirkorligi” haftaligi doirasida Xalqaro Biznes marafon, O‘zbekiston-Pokiston, O‘zbekiston-Xitoy yosh tadbirkorlarining yalpi yig‘ilishlari, B2B uchrashuvlari o‘tkazildi.

Tadbirlarda ikki tomonlama do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash va yosh tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan istiqbolli rejalar taqdimot qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yoshlar siyosati sohasida hamkorlikning 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi ishlab chiqildi.

Haftalik 5-iyunga qadar davom etadi!

#YoshlarOyligi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt


🎼 Eng yaxshi operachi yoshlar nomi aniq bo‘ldi!

“Yoshlar ovozi” tanlovining Opera yo‘nalishi bugun o‘z yakuniga yetdi. Sahnada nafaqat poytaxt yoshlari, balki eng chekka hududlardan chiqqan ovoz sohiblari ham o‘zini ko‘rsatdi.

🏆Eng yaxshi uchlik 50, 30 va 20 million so‘m mukofotga sazovor bo‘ldi. Qolgan barcha ishtirokchilar esa 10 million so‘m pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovning respublika bosqichi poyaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida davom etmoqda.

➡️G‘oliblarimiz bilan tanishing!

👏Bugungi g‘olib va sovrindorlari samimiy tabriklaymiz!

#YoshlarOyligi #YoshlarOvozi #Opera

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb


“Yoshlar ovozi” qizg‘in davom etmoqda!

🎵Bugun taniqli san’atkorlar Aziz Rajabiy va Ali Niyozimbetov yosh ijod egalari bilan uchrashib, o‘zning ijodiy tajribalari, sahna orqasidagi haqiqatlar va yurakka yetadigan maslahatlari bilan bo‘lishishdi.

Tanlov davom etar ekan, har bir ishtirokchi shuni anglamoqda: Ijod – bu yurakdagi ishonchni so‘z orqali hayotga aylantirish san’ati.

#YoshlarOyligi #Opera #YoshlarOvozi #BozatovFest

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
⚡️Farg‘onada yoshlar oyligi

Farg‘ona shahridagi San’at saroyining ochiq maydonida o‘tkazilgan yoshlar festivali chinakam bayramona ruhda o‘tdi.

⚡️Yoshlar oyligi – har bir yosh uchun katta imkoniyatlar fasli. Chunki bu oy ko‘plab yoshlar hayotida burilish yasaydigan muhim voqealarga aylanmoqda.

Yangi ruhiyatdan ilhomlanib yasha!

#YoshlarOyligi #Fargona

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt


Namanganlik yoshlar, shu yerdamisiz?

⚡️Bugun “Yoshlar oyligi” doirasida navbatdagi galakonsert Namangan shahrining Afsonalar tematik parkida davom etadi!

Namanganlik yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganish, kitobxonlik, intellektual o‘yinlar, uchrashuvlar va xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturlari kutmoqda.

Shunday ekan, bugun 4-iyun soat 19:00 da Afsonalar tematik parkida barcha yoshlarni kutamiz!

📍Manzil 👉ushbu havolada

⚡️Yangi ruhiyatdan ilhomlanib zavqlan!

#Yoshlaroyligi #Dolzarb90kun #Namangan

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Показано 15 последних публикаций.
OSZAR »