#korrupsiyaga_qarshi_kurash
⚡️
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI
Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i
Sh.Ro'ziqulov boshchiligida
"Korrupsiya taraqqiyot kushundasi" mavzusida kengaytirilgan yig'ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilishda boshqarma xodimlari hamda barcha tuman va shahar bo'lim rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig'ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar va ularning tahlili yuzasidan ma’lumotlar taqdim etilib, sohada har qanday maishiy korrupsiya holatlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rilishi yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Tadbir yakunida, Kadastr tizimini
“korrupsiyadan holi” muhitga aylantirish, noqonuniy harakatlarning oldini olish, korrupsiyaga imkon beruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar xodimlarga tushuntirildi.
Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram | Facebook | YouTube