XORIJDA ISH


Гео и язык канала: Узбекистан, Узбекский
Категория: Путешествия


Migratsiya agentligining eʼlonlar kanali
☎️ 71 200 00 61, 71 202 33 55, 1282
📍Toshkent shahri Olmazor tumani Qamarniso ko'chasi 1-uy
Website: www.migration.uz

Связанные каналы  |  Похожие каналы

Гео и язык канала
Узбекистан, Узбекский
Категория
Путешествия
Статистика
Фильтр публикаций


🇰🇷✈️ Janubiy Koreya Respublikasidan yangi shartnomalar keldi!

Koreya ish beruvchilari tomonidan navbatdagi tanlovda tanlangan hamyurtlarimizga mehnat shartnomalari kelganini ma’lum qilamiz.

📩 Shaxsiy kabinetingizni tekshiring – shartnoma bormi? Endi hujjatlarni Migratsiya agentligiga topshirishga shoshiling! (hujjatlarini taqdim qilganlar bundan mustasno)


EPS-Topik testi hamda malaka imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, shartnoma berilgan fuqarolar ro‘yxati 👉bu yerda

📞 Savollar uchun: +998 71 202-33-55 (ichki raqamlar - 241, 243, 244)
📍 Manzil: xaritaga o'tish

📲 Yangiliklarni birinchi bo‘lib bilish uchun bizga obuna bo‘ling⬇️

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration


Yaponiyada bo'lib turgan yurtdoshlarimiz uchun MUHIM OGОHLANTIRISH!

Yaponiya — qonunlarga qat'iy amal qilinadigan, tartibli mamlakat. Ammo ba’zida ayrim odamlar sizni noqonuniy ish yoki xavfli takliflarga undashi mumkin. Shuning uchun quyidagi holatlarga duch kelsangiz aldanmang va rad eting:

▪️"Maoshingni soliqdan ozod qilamiz" — bu noqonuniy;
▪️"Yashirincha qo‘shimcha ishlaylik" — ish vizangiz buzilishi mumkin;
▪️"Kel, qimor o‘ynaymiz" — bunday o‘yinlar ko‘p hollarda noqonuniy va jazolanadi;
▪️"Boshqa tashkilotda ishlayver, men rezident kartani yasatib beraman" — yasama ID kartalardan foydalanmang;
▪️Boshqa odamning bank kartalarini ishlatmang va o’z bank kartangizni sotmang”— Bank kartalari savdosi, katta jinoyatlarga qo'shilib qolishingizga sabab bo'lishi mumkin!


❗️Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda.
❗️Har qanday ishni boshlashdan oldin rasmiy hujjatlaringiz va vizangiz shartlarini tekshiring.
❗️Gumonli takliflar haqida mahalliy idoralarga yoki elchixonaga murojaat qiling.

🌐 Bu haqda ko‘proq ma’lumotni Yaponiyaning Immigratsiya Xizmatlari Agentligi (ISA) saytida olishingiz mumkin.

👮‍♂️Doim ehtiyot bo‘ling va qonunga muvofiq harakat qiling!

@uzmigration


Muhandismisiz? Tajribangizni Mongoliyada qadrlashadi — barcha sharoitlar bilan, 1000$ gacha maosh!

Migratsiya agentligi va Mongoliyaning KOO "PЭС" korxonasi avtomobil yo'l qurilish yo'nalishi uchun bo’sh ish o’rinlarini taklif etmoqda.

Ish turi: Мuhandis va texnik xodim

Oylik: 800-1000$ (USD)

Ish o'rni: 36 ta

Nomzodlarga qanday talablar bor?

▪️25-45 yosh oralig'idagi erkaklar;
▪️rus tilini muloqot darajasida
bilish;
▪️oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot;
▪️kamida 5 yillik ish tajribaga ega bo'lish;
▪️sudlanmagan;
▪️O'zbekistondan chiqishga ta'qiqi bo'lmaslik;
▪️sinov muddati 6 oy (ish haqi saqlangan holda).

Imtiyozlar:

▪️aviachipta;
▪️viza xarajatlari;
▪️ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma;
▪️yotoqxona;
▪️ovqatlanish (3 mahal).

Fuqaro hisobidan:

▪️Agentlik to'lovi 10 BHM;


👉 Ro‘yxatdan o‘tib anketa to‘ldirish

Murojaat uchun: Migratsiya agentligi 71 202 33 55 (ichki raqam 171)

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration


❗️Germaniya, Koreya yoki Yaponiya davlatlarida ishlamoqchimisiz? Lekin xorijiy tilni bilmaslik to'sqinlik qilyaptimi?

Endi sizda nemis, koreys va yapon tillarini BEPUL o‘rganish imkoniyati mavjud!

Migratsiya agentligi xorijda ishlash istagida bo'lgan fuqarolar uchun hududlarda bepul xorijiy til kurslariga navbatdagi qabul boshlanganligini e'lon qiladi. Ariza shaklini to'ldirib hoziroq ro'yxatdan o'ting!


Ro‘yxatdan o‘tish uchun HAVOLA ustiga bosing

❗️ Xorijiy til kurslariga fuqarolarni tanlab olish jarayonida ushbu ariza to'liq, sifatli va to'g'ri to'ldirilganligi inobatga olinadi.
❗️ Ro'yxatdan o'tishda o'zingizga qulay bo'lgan manzilni tanlang!

Migratsiya agentligi: 71 202-33-55 (ichki raqam: 505)

Agentlikning e’lonlar kanali

@uzmigration


🚫Ijtimoiy tarmoqlarda xorijga ishga yuborishni reklama qiluvchilar ko‘p, ammo ular orasidan litsenziyaga ega Xususiy bandlik agentliklarini ajratib olish muhim.

🇺🇿Shu sababli, sizlar uchun maxsus litsenziya asosida qonuniy faoliyat yurituvchi Xususiy bandlik agentliklarining telegram ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifalarini bitta ro‘yxatda jamladik.

👉 'https://t.me/addlist/6YsMxucrpXM0OTli' rel='nofollow'>Ro‘yxatni ko‘rish va a’zo bo‘lish

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali


"THE KASB XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” E’LONI

Qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan "THE KASB" xususiy bandlik agentligi sizni ITALIYAdagi yuqori maoshli qurilish yo‘nalishlaridagi ish o‘rinlariga taklif qiladi!

Yo'nalish: Logistika, Muhandislik, Qurilish.
Bo‘sh ish o‘rinlari soni:
100 ta
Oylik maosh: 1200$

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Erkak (25-45 yosh)
• Elektrotexnika yoki elektromexanika bo‘yicha bilim va tajriba
• Italyan tilini A2 darajada bilish
Imtiyozlar:
- 6 oy sinov muddatidan so'ng, 2 yillik shartnoma
- Kompaniya tomonidan turar joy ta’minlanadi
- Xizmat mashinasidan foydalanish imkoniyati
- Ovqatlanish uchun har kuni 8€ kompensatsiya

Ro'yxatdan o'tish

⚠️ Ushbu e’londagi ma’lumotlarga "THE KASB" xususiy bandlik agentligi mas’ul!

Murojaat uchun: 94 993 22 22

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali


Yevropaning rivojlangan davlatlaridan biri — SLOVENIYADA ishlaysizmi?

Migratsiya agentligi va Sloveniyaning "KOLEKTOR CONSTRUCTION" korxonasi bo’sh ish o’rinlarini taklif etadi.

Ish turi: beton aralashtiruvchi yuk avtomobil haydovchisi, qurilish og'ir texnikasi operatori (gidravlik ekskavator), va аsfalt yotqizish ishchisi.

Oylik: - 1000 € (200 soat uchun).

Ish o'rinlari: 35 ta.


Nomzodlarga qanday talablar bor?
▪️25-45 yosh oralig'idagi erkalar;
▪️Ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
▪️O'rta maxsus diplomiga ega bo'lish;
▪️O'zbekistondan chiqishga ta'qiqi bo'lmasligi;
▪️Yuqoridagi sohalarda 5 yillik ish tajribasi;
▪️Sudlanmaganlik;

Imtiyozlar:
▪️Viza xarajatlari + ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma;
▪️Yillik bonuslar;
▪️Kunlik oziq-ovqat xarajatlari (har ish kuniga 7,5 yevro).

Nomzod hisobidan:
▪️Aviachipta;
▪️Agentlik to'lovi 10 BHM;
▪️Turar joy uchun to'lov.

❗️Har bir kasb egalari o'zingizga tegishli bo'lgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz so'raladi👇

👉Beton aralashtiruvchi yuk avtomobili haydovchisi
👉Qurilish og'ir texnikasi operatori (gidravlik ekskavator)
👉 Asfalt yotqizish ishchisi

Murojaat uchun: Migratsiya agentligi 71 202 33 55 (ichki raqam 171, 172 ish kunlarida 9.00 dan -18.00 gacha)

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration


❤️"GLOBALHR" XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI E’LONI

Qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan "GlobalHR" xususiy bandlik agentligi sizni Mongoliyada qurilish yo‘nalishidagi ish o‘rinlariga taklif qiladi!

🇲🇳 Mongoliyada ish takliflari:
Bo‘sh ish o‘rinlari soni: 50 ta
Ish haqi: sinov muddatida 800$ (USD) sinov muddatidan so‘ng 1000$ va undan baland (qo'lga tegishi)
Yo‘nalishlar: Oshpaz, opalubkachi, yordamchi ishchi

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Erkak (25-45 yosh)
• Jismoniy yuklamalarga tayyorlik
• Kasb bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lish

Imtiyozlar:
• Bepul turar joy
• Bepul 3 mahal ovqat
• Bepul viza
• Bepul aviachipta


👉Onlayn ro'yxatdan o'tish👈

⚠️ Ushbu e’londagi ma’lumotlarga "GlobalHR" xususiy bandlik agentligi mas’ul!

Murojaat uchun:
95 839 99 99
95 933 09 99
95 757 99 90

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali


🇺🇿Migratsiya agentligi murojaati!

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xorijda ishlab yurgan va afsuski vafot etgan vatandoshlarimizning jasadlarini yurtimizga olib kelish uchun blogerlar, turli shaxslar plastik karta raqamlarini chiqarib, pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgani kuzatilmoqda.

❗️ E’tibor bering:
Ayrim holatlarda eski yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida odamlarning his-tuyg‘ularidan foydalanib, firibgarlik qiluvchi shaxslar ko‘paymoqda. Ularning tarqatayotgan ma’lumotlari orqali yurtdoshlarimiz aldanib, plastik kartalarga pul o‘tkazib berishmoqda.

🔔 Bu kabi xabarlarni ko‘rsangiz, hech qanday pul o‘tkazmang. Bu vaziyatda qonuniy va ishonchli yo‘l — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga murojaat qilishdir.


❗️ Eslatib o‘tamiz:
Agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etgan bo‘lsa, Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga yurtga olib kelinadi.

📞 Murojaat uchun rasmiy aloqalar: (71) 202 33 55, qisqa raqam: 1282

Telegram bot: @huquqiy_yordam_uzbot

✅ Ishonchli ma’lumot uchun faqat rasmiy manbalarga tayaning.
✋ Boshqalarni ham xabardor qilish uchun ushbu ma’lumotni ulashing!

@uzmigration


Hurmatli yurtdoshlar!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni tezkor qabul qilish uchun maxsus aloqa tarmoqlari ishga tushirilganini eslatib o'tamiz.

Agar siz sohada qonunbuzarlik yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, @anticor_migrationbot telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali bizga xabar bering.


❗️Murojaatingiz o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va shaxsingiz sir tutilishini kafolatlaymiz.

Shuningdek, 71-202-44-11 ishonch telefoniga (ish kunlarida 9-00 dan 18-00 gacha) qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

@uzmigration


YAPON TILI O’QITUVCHILARI, SIZNI KATTA LOYIHALAR KUTMOQDA!

Migratsiya agentligi va Yaponiyaning ish beruvchi kompaniyalari hamkorligida katta o'qitish loyihalari boshlandi.

🤝Yapon tili sertifikatingiz bormi? Unda Migratsiya agentligi bilan rasmiy hamkorlik taklifi!

Bizga zamonaviy pedagogik usullarni o'zlashtirgan, xalqaro ta'lim loyihalarida ishtirok etish istagidagi o'qituvchilar kerak!

🔑 Sizni kutayotgan imkoniyatlar:

✅ Mamlakatimizning 14 ta hududidagi 33 ta ta'lim muassasalarining birida Yaponiya standartlarida yapon tili o'quv kurslarini olib borish;
✅Ish joyingizdan ajralmagan holda oyiga 10 mln so'mgacha daromad topish.
✅O'zingizga qulay ish vaqtlari.

🧐 Biz sizdan nimani kutamiz?

▪️Yapon tili bo’yicha N3-N2 darajadagi sertifikat;
▪️Zamonaviy pedagogik metodikalarni qo'llash qobiliyati;
▪️O‘quvchilarga natijaga yo‘naltirilgan sifatli ta'lim berish ko‘nikmalari.

💼 Nima taklif qilamiz?

▪️Qulay va raqobatbardosh sharoitda ishlash imkoniyati;
▪️Barqaror va yuqori daromad;
▪️Xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyati!

✅ Agar siz yuqoridagi talablarga javob bersangiz va Yaponiyada ishlash orzusidagi yurtdoshlarimizga yordam berishni xohlasangiz – bizga qo‘shiling!

🔗 Qiziqyapsizmi? Ro‘yxatdan o‘tish uchun hoziroq quyidagi linkga o'ting⬇️
LINK

Sizni jamoamizda kutib qolamiz! 💪

@uzmigration


Buyuk Britaniyada ishladingizmi? To'lagan soliqlaringizni qaytarib olishingiz mumkin

💼 Migratsiya agentligi va "Brightway Consulting" o'rtasidagi hamkorlik memorandumiga ko'ra kompaniya tomonidan bu jarayonni oson, ishonchli va tezkor amalga oshirilishida ko'maklashiladi.

✅ Sizdan kerak bo‘ladigan hujjatlar:

▪️ Xorijga chiqish pasporti;
▪️ P45 yoki P60 formasi;
▪️National Insurance (NI) raqami.

✅ Shuningdek, Brightway Consulting quyidagi yo‘nalishlarda ham sizning ishonchli hamkoringiz bo‘la oladi:

✔️ NI (National Insurance) va UTR raqamini ochish;
✔️ Yuridik savollarga maslahat va yechimlar;
✔️ Student, Til o‘rganish, Turistik va Biznes vizalar bo‘yicha to‘liq hujjatlashtirish va konsultatsiyalar.

📲 Savollar va murojaatlarni Telegram orqali yozing: +44 74 3560 4403

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
🇩🇪 Germaniyada tibbiyot sohasida ishlashni xohlaysizmi?

Migratsiya agentligi va Germaniyaning “RecruitMed GmbH & Co. KG” kompaniyasi bilan hamkorlikda tajribali tibbiyot xodimlari uchun katta imkoniyat!

🩺 Hamshira sifatida Germaniyada ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda!

Oylik: 2800 yevrodan boshlanadi (uy ijarasi va ovqatlanish o'z hisobidan)
Malaka tan olingandan so‘ng: 3300 yevro
Bo'sh ish o'rinlari: 50 ta

Talablar:
▪️Kamida 1 yillik ish tajribasi (hamshiralik sohasida)
▪️ Yosh: 18–40 yosh
▪️ Sudlanmagan, sog‘lom bo‘lishi
▪️ Tibbiyot kolleji (3 yillik) ёки oliy ta'lim (bakalavr) diplomi


Imtiyozlar:

▪️
12 oylik nemis tili kurslari (Termiz & Nukusda)
▪️
Kurs materiallari, imtihonlar, til sertifikati (B2)
▪️
Germaniyada malaka tasdig'i
▪️
Vizaga ariza topshirish va ishga joylashish
▪️
Aviachipta ва transfer
▪️
Yashash joyini topishda yordam
▪️
13-oylik maosh tizimi, sug‘urta, mehnat ta’tili
▪️
Doimiy qo‘llab-quvvatlash


📥 Ro‘yxatdan o‘tish

📞 Qo‘shimcha ma’lumot:
📍 Qoraqalpog‘iston R.: (55) 102-53-32
📍 Surxondaryo vil.: (76) 222-45-22

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
#FIT_LOYAHASI

Migratsiya agentligi, Germaniya Federal bandlik agentligi va Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda yangi imkoniyat! O'qish, imtixon, viza, aviabilet, mutlaqo bepul bo'lgan qulay dastur!

🇩🇪 “Germaniyada iqlim biznesi uchun kelajak iste’dodlari” pilot loyihasi doirasida Germaniyaga malakali ishchi kuchini jalb etish boshlandi!

Yo‘nalishlar:
▪️Elektrotexnik (energetika, qurilish texnologiyalari)
▪️Bino qurilishi (g'isht teruvchi, beton quyuvchi)
▪️Pardozchi duradgor
▪️Chilangar (qurilish texnologiyasi)
▪️Santexnika, isitish va havoni tozalash texnologiyalari
▪️Avtomobilsozlik


Oylik:
2000 yevrodan boshlanadi!

Bo'sh ish o'rinlari:
50 ta

Sizni kutayotgan imkoniyatlar:
▪️Til va madaniy tayyorgarlik dasturi, ishga joylashish va Germaniyada mehnat bozoriga moslashishda yordam!
▪️Barqaror ish o‘rni va uzoq muddatli yashash vizasi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
:

▪️
Yosh chegarasi: 20-40
▪️
Jinsi: Ayol, Erkak
▪️
Germaniya bilan qiziqish va Toshkentda 7-9 oylik bepul intensiv nemis tilini o‘rganishga tayyorlik.
▪️
A2 darajasi bo‘yicha nemis tili sertifikati (afzallik beradi).
▪️
Kamida ikki yillik kasb-hunar ta’limi diplomiga ega bo‘lish va so'nggi 5 yil ichida 2 yillik ish tajribasi (ko'rsatilgan sohalarda afzallik bor).
▪️
Haftasiga 5 kun, kuniga 8 soatlik ish grafigi.


Ish tajribasi quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak:

▪️Mehnat staji to‘g‘risida ma’lumotnoma (my.mehnat.uz yoki mygov.uz platformasidan).
▪️Ish beruvchi tashkilotdan rasmiy ma’lumotnoma (nomzodning mustaqil mutaxassis sifatida ishlaganligi aniq va mehnat faoliyati batafsil ko‘rsatilishi kerak.).

Tanlov jarayoni:

▪️Hujjatlar Germaniya va O‘zbekiston loyiha jamoasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
▪️Germaniya tomonidan tasdiqlangan nomzod amaliy sinov va suhbat orqali tanlanadi.
▪️Tanlab olinganlar bepul nemis tili kursiga jalb qilinadi va B1 darajasidagi xalqaro sertifikatni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

❗️Diqqat!
Arizangizga quyidagi hujjatlarni ilova qiling:

▪️ Kamida 2 yillik kasb-hunar diplomi va ilova (pdf shaklda)
▪️ Ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat (7 yil ichida ko’rsatilgan sohadan birida kamida 5 yil ishlagan, ish beruvchidan mehnat faoliyatini tasdiqlovchi kamida 2 yillik ma‘lumot pdf shaklda)
▪️ Xorijga chiqish passporti (pdf shaklda)
▪️ Qo‘shimcha malaka hujjatlari (nemis tilidan xalqaro sertifikat, kasb sertifikatlari va boshqalar)

📥 Ro'yxatdan o'tish

➡️ Loyiha bilan to'liq tanishish

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqam 501)

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration


Репост из: Migratsiya agentligi
Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
🇺🇿🇸🇮 Словения

2025-йил ҳолатига кўра, Словения рекорд даражадаги паст ишсизлик (тахминан 3.2–3.5%) ва юқори бандлик даражасига эга. Бу ҳолат маҳаллий меҳнат бозорида бўшлиқларни келтириб чиқаряпти.

Қурилиш, соғлиқни сақлаш, меҳмонхона ва ресторанлар, ишлаб чиқариш, таълим ва ахборот технологиялари йўналишида ишчи кучи етишмовчилиги бор.

Бу хорижлик ишчилар, Ўзбекистон фуқаролари учун ҳам яхши имкониятлар бор, дегани. Касб ва тил талабларига жавоб берадиган 1500дан ортиқ ўзбекистонликлар Словенияда иш топишлари мумкин.


Миграция агентлиги директори Беҳзод Мусаевнинг @Sinchalak_blogiга берган интервьюсида батафсил.

@uzmigration


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
Rossiyada ishlashni rejalashtirganlar eʼtiboriga!

📘 Imtihonga tayyorgarlik — endi oson, bepul va zamonaviy!

🇷🇺 Rossiya Federatsiyasida qonuniy tarzda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun rus tili, tarix va qonunchilik boʻyicha imtihondan oʻtish — asosiy talablardan biri.

Endilikda, Migratsiya agentligi tomonidan yaratilgan test.xorijdaish.uz onlayn platformasi orqali bepul, sifatli va tez tayyorgarlik koʻrishingiz mumkin!

🆕
Yangiliklar!

✍️ Testlar toʻliq qayta ishlandi
📊 Baholash va bilim darajasini kuzatish imkoniyati yaratildi
📈 Har bir foydalanuvchi oʻz natijasini bosqichma-bosqich nazorat qilib, rivojlanishini koʻrishi mumkin.

Imtihonga ishonch bilan kirishni istaysizmi? Unda bu platforma aynan siz uchun!

🔗 Platformaga kiring va yaqinlaringizga ham ulashing test.xorijdaish.uz

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration


Репост из: Migratsiya agentligi
Аудитормисиз? Миграция агентлигида иш бор

Агентлик томонидан Ички аудит бўлими бош мутахассиси лавозимига очиқ танлов эълон қилинди.

Номзодлар учун талаблар:

▪️Юриспруденция, иқтисодиёт ва молия йўналишларидан бирида олий маълумотга эга бўлиш;
▪️Камида 5 йил меҳнат стажи (давлат молиявий назорат соҳасидаги раҳбарлик лавозимида 3 йил, аудиторлик сертификати асосида камида 2 йил);
▪️Давлат тилини билиш (чет тиллари бўйича сертификатга эга бўлганда афзаллик берилади);
▪️Аудиторлар палатаси томонидан берилган ички аудит бўйича миллий сертификатга эга бўлиш;

▪️Бюджет тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатларига риоя этилишини таҳлил қилиш, баҳолаш, бюджет маблағларидан самарасиз фойдаланиш хавфларини аниқлаш, молиявий ҳисоботларни шакллантиришни мукаммал билиш;
▪️Харажатлар сметаси, штатлар жадвали ва уларга қўшимча ҳужжатларни тузишда амалдаги қонунчилик талабларига, намунавий штат нормативларига мослигини ўрганиш ва баҳолаш қобилияти;
▪️Молия, бухгалтерия ҳамда хизматлар соҳасини ўрганишда амалдаги қонунчиликка риоя этилишини таъминлаш, мавжуд дебитор ва кредитор қарздорликларни ҳолати келиб чиқиш сабаблари ўрганиш орқали уларни қисқартириш тажрибасига эга бўлиши;
▪️Ташкилотнинг активларидан фойдаланиши ва уларнинг сақланишини баҳолаш орқали бутлиги ва ишга яроқлилик ҳолатлари натижалари юзасидан таҳлилий маълумотлар тайёрлаш бўйича тажрибага эга бўлиш;
▪️Давлат харидларини қонунчилик талабларига мослиги, самарадорлиги ва харид комиссия фаолиятини назорат қилиш, харид қилинган товарларнинг шартномага мослиги ва тўғри кирим қилиниши тартиб тамойилларини билиш;
▪️Агентликни ривожлантириш дастури самарадорлик индикаторлари ижросини таҳлил қилиш, баҳолаш ва соҳага оид янги индикаторларни жорий этиш салоҳиятига эга бўлиш.


⏳Иш вақти: 09:00 дан 18:00 гача (душанба - жума).

Танловда иштирок этиш учун қуйидаги ҳавола орқали ариза қолдиринг.

👉vacancy.argos.uz

@uzmigration


MUVAFFAQQIYAT SARI 3 QADAM
(tayyorlov, ta'lim, karera)

IHGS University va Migratsiya agentligi hamkorligida
“Tibbiy va ijtimoiy parvarish mutaxassisi”
(Ausbildung Pflegefachmann / Pflegefachfrau) yo‘nalishi bo‘yicha
3 oylik tayyorgarlik kurslari
ga qabul boshlandi!

Kurs davomida nima o‘rganiladi?
▪️Nemis tili bo‘yicha Goethe sertifikatiga tayyorgarlik
▪️ Germaniya tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti, huquqi va an'analari
▪️ Kasbiy maqsadga erishish uchun ishonch va ruhiy tayyorgarlik

Eng yaxshi tinglovchilarga:
BEPUL o‘qish — suhbat va testda yuqori natija ko‘rsatganlar uchun
GRANT o‘rinlari — kursni a'lo yakunlaganlar uchun stipendiya asosida 3 yillik ta’lim
AMALIYOT — Germaniyaning yetakchi tibbiyot muassasalarida
KARERA — bitiruvchilar Germaniyada ishlash huquqiga ega bo‘ladilar

Darslar boshlanishi: 2025-yil 28-may
Dars jadvali: Haftasiga 3 marta, tinglovchilar vaqtiga mos ravishda
Yotoqxona: Barcha qulayliklarga ega
Yosh chegarasi: 39 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin
❗️Shoshiling arizalarni qabul qilish qabul qilish boshlangan joriy yil, 26 - maygacha davom etadi.

📍 Manzil: Samarqand shahri, Sartepo mavzesi, Turkiston ko‘chasi, 12-uy
Lokatsiya▪️▪️

Murojaat uchun telefon:
95 708 22 28
94 549 66 96

Ro‘yxatdan o‘tish:
Ariza yuborish uchun havola➡️https://forms.gle/sBtmAcKimGj6iUqr9
Telegram

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
💥 Чет тили ўқитувчиси бўлиб, 50 миллион сўм ютишни хоҳлайсизми?

📚 Инглиз, немис, корейс ёки япон тилини ўргатасизми?
Ўқувчиларингиз халқаро B1 ёки ундан юқори даражадаги сертификат олганми?

Демак, Миграция агентлиги меҳнатингизни қўллаб-қувватлайди.
💸 50 МИЛЛИОН СЎМ миқдорида мукофот олиш имкониятига эгасиз!
🎯 Танловда иштирок этинг ва энг фаол 50 нафар устозлардан бирига айланинг!

📝 Нима қилиш керак?

▪️gov.uz орқали 2025 йил 30 майга қадар рўйхатдан ўтинг
▪️Ўқувчиларингиз ҳақида маълумот киритинг
▪️Рейтингда иштирок этиб, субсидия эгаси бўлинг!


📌Эътибор беринг: Бу имконият Касбий таълим ташкилотлари ва Касбий кўникмалар марказларда фаолият юритаётган ўқитувчилар учун! (ўқувчиларингизни фақатгина халқаро сертификатларини юклашингиз лозим миллий сертификатлар қабул қилинмайди)

👑 Натижаси энг баланд устозларга — 50 МИЛЛИОН СЎМ!
Шогирдларингиз ютуқлари — сиз учун мукофот!

➡️Ариза юбориш⬅️

Батафсил видеода

Субсидия (лотинча: subsidium — ёрдам, нафақа, қўллаб-қувватлаш) давлат бюджети, маҳаллий бюджет ёки махсус жамғармалардан бериладиган пул маблағи. Субсидия давлат томонидан қайтариб олмаслик шарти билан ажратилади.

@uzmigration


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
Xorijda ishlayotgan fuqarolar uchun yanada keng imkoniyatlar!

📌Migratsiya agentligi xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimizni moddiy va huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlaydi!

Chet elda og‘ir vaziyatga tushdingizmi?
Sog‘ligingizda muammo bormi?
Yashash joyingiz yo‘qmi?
Ayollar va ularning farzandlariga yordam kerakmi?

🎬Videoda batafsil ko‘ring

📞Bizga murojaat qiling: (71) 202 33 55, 1282 qisqa raqam.

📲Xorijdagi yurtdoshlarimiz uchun 24/7 rejimda bepul ishlaydigan telefon raqamlar ➡️bu yerda⬅️

🌐Telegram orqali @huquqiy_yordam_uzbot ga yozing.

Hoziroq ulashing — boshqalarga ham kerak bo‘lishi mumkin!

@uzmigration

Показано 20 последних публикаций.
OSZAR »