O‘zbekistonda 1-iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi⚡️2025-yil
1-iyuldan O‘zbekistonda uy-joy xarid qilish jarayonida
eskrou tizimi amaliyotga joriy etiladi. Bu bo‘yicha Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni qabul
qilingandi. ✔️ Yangi tartib fuqarolarning
huquqlarini muhofaza qilish hamda qurilish sohasida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
❕
Yangi tizimga ko‘ra:➡️ shartnomalar faqat
davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obyektlari bo‘yicha tuziladi;
➡️ xaridor to‘layotgan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qurilish kompaniyasiga berilmaydi, balki bankdagi maxsus eskrou hisobvaraq orqali amalga oshiriladi;
➡️ qurilish ishlari kamida
30 foizga bajarilganidan so‘nggina bank tomonidan mablag‘ ko‘chiriladi yoki kredit ajratiladi;
➡️
2025-yil 1-iyuldan
31-dekabrgacha amaldagi va yangi tizim parallel ravishda qo‘llanadi;
➡️
2026-yil 1-yanvardan boshlab faqat eskrou hisobvaraq orqali hisob-kitoblarga ruxsat etiladi;
➡️ qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida
"Shaffof qurilish" axborot tizimi joriy etiladi;
➡️ ulushli shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar avtomatik tarzda
soliq organlariga yuboriladi.
#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter