🏦
Maxsus reportaj | "Asakabank" uzumchilikni rivojlantirish orqali mahalliy eksport salohiyatini oshirmoqda#27may
Asakabank tashabbusi va moliyaviy ko‘magida “Oltiariq Agro Star” MChJ bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida uzumchilikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda yetakchi olimlar, agronomlar va bank vakillari ishtirok etib, mahsuldorlikni oshirish, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi ilmiy asosda kurashish, sug‘orish va yerga ishlov berish texnologiyalarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha dehqon va fermerlarga amaliy tavsiyalar berdi.
Shuningdek, jahon bozorlari talablari, mahsulotni to‘g‘ri qadoqlash va eksportga tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. “Oltiariq Agro Star” rahbari tomonidan Qatar davlatiga uzum eksporti bo‘yicha ilk kelishuvlar erishilgani ma'lum qilindi.
Asakabank ushbu jarayonda nafaqat moliyaviy ko‘makchi, balki ilmiy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishda, laboratoriya va logistika infratuzilmasini rivojlantirishda, yashil energiya texnologiyalarini joriy qilishda va eksport salohiyatini oshirishda ham faol ishtirok etmoqda.
Fermerlar uchun bu tashabbuslar hosildorlikni oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishda muhim imkoniyat yaratmoqda.