BUXORO YOSHLARI


Гео и язык канала: Узбекистан, Узбекский
Категория: Познавательное


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi

Связанные каналы  |  Похожие каналы

Гео и язык канала
Узбекистан, Узбекский
Статистика
Фильтр публикаций


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
DXX Kubogi qizlar o'rtasidagi mini futbol bo‘yicha musobaqaning yarim final bahslari bo'lib o'tdi

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj

«Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari Buxoroda yoshlarning vaqtini samarali tashkil qilish imkoniyatini bermoqda

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook


📚 Kitobxon yoshlar diqqatiga!

Buxoro viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan “NEO KITOBXON” nomli yangi tanlov loyihasi yo‘lga qo‘yildi!

🎯 Tanlovda kimlar ishtirok eta oladi?
12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan barcha kitobxon yoshlar!
(Nizom bilan tanishing)

📆 Qachon o‘tkaziladi?
Tanlov har oyning birinchi o‘n kunligida muntazam tashkil etiladi.

📘 Tanlov qanday shaklda?
Har oyda 3 ta alohida kitoblar to‘plami e’lon qilinadi va ishtirokchilar ana shu kitoblar asosida bellashadilar.

🎁 Eng faol kitobxonlar munosib rag‘batlantiriladi!

📖 Kitob o‘qing, bilim orttiring va tanlovda ishtirok etib g‘olib bo‘ling!

🌐”Neo kitobxon” loyihasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

🌐https://t.me/neokitobxon
🌐 https://www.instagram.com/neokitobxon?igsh=N2U1OWRwcnIxNHRw&utm_source=qr

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook


Yoshlar festivali

Vobkent tumanida 25-iyun kuni "YOSHLAR SAYILGOHI"da "30-iyun - Yoshlar kuni"ni hamda “Yoshlar oyligi” munosabati bilan "Dolzarb 90 kunlik" dasturi asosida viloyat, tuman madaniyat xodimlari konsert dasturlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, bilimdonlik bahslari va sport musobaqalari bo'lib o'tdi.

Reja asosida bo'lib o'tgan Zakovat intellektual o'yini, stol tennisi sport musobaqalari va rasmlar tanlovida g'olib bo'lgan sovrindorlar tuman hokimi Akmal Ostonov tomonidan qimmatbaho sovg'alar va pul mukofotlarin bilan taqdirlanishdi.

Aholiga bayramona ko'tarinki kayfiyat ulashish maqsadida tuman Madaniyat bo'limi xushovoz xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirda 800 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook


#Dolzarb_90kun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 15-may kuni “Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida bir qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Buxoro shahri "Avshormahalla" va "Sifatmuniy" mahallasi hamkorligida mahallalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Ushbu tadbir yoshlarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi Buxoro shahar bo‘limi hamda Bolalar tashkiloti hamkorligida “Neftchi” oromgohida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlar davomida yoshlar faol ishtirok etdi. Ular uchun turli tanlovlar, sport musobaqalari va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
G‘ijduvonda “Keling, yoshlar birlashaylik” shiori ostida 5000 qadam ommaviy yurish marafoni tashkil etildi

🔹 Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹 Xususan, bugun G‘ijduvon tumanida yoshlar oyligi doirasida “Keling, yoshlar birlashaylik” shiori ostida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” nomli ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

🔹 Marafonda tumanning turli mahallalaridan yuzlab fuqarolar, ayniqsa, yoshlar faol ishtirok etishdi.

🔹 Ushbu tadbir nafaqat jismoniy sog‘liqni mustahkamlash, balki yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, birdamlik va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook


Видео недоступно для предпросмотра
Смотреть в Telegram
#Dolzarb_90_kunlik
#Zakovat
#Besh_tashabbus

Mahalla yoshlarining yozgi ta'til vaqtida bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bilim va tafakkurini rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlashni asosiy maqsad qilib olgan "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook



Показано 8 последних публикаций.
OSZAR »