🟢 1-KUN | Xamirturushli suv tayyorlaymiz
🍏 Bugun juda muhim birinchi qadamni boshlaymiz!
Menga eng koʻp xamirturishni oʻxshata olmaslik muammosi bilan chiqishadi!
Xamirturishni chiqarish uchun avval xamirturushli suv tayyorlashimiz kerak.
Qo‘rqinchli emas – olma, suv va bir osh qoshiq asal yetarli.
⏱️ Tayyorlash atigi 5 daqiqa, ammo natijasi katta.
Nega bugun?
Chunki suv 1–2 kunda “jonlanadi” va xamirturish 3–4 kunda tayyor bo‘ladi –butun hafta kutish shart emas!
Xamirturish uchun olmali suvni bugundan kechiktirmang.
📝 Sizga kerak bo‘ladi:
• 350 g olma (shirin va xushbo‘y bo‘lsa yaxshi)
• 10 g asal (tezroq boshlanishi uchun asal afzal)
• 650 ml iliq suv (taxm. 30°C)
• 1,5 litrlik plastik yoki shisha banka
🔄 Aralashtirib, iliq joyga qo‘ying (28–30°C).
Har 12 soatda engil chayqatib turing.
Gaz to‘lsa, asta-asta chiqaring.
🎉 Siz ham boshladingizmi? Nechta olma ishlatdingiz?Qancha tayyorladingiz?
Kommentda yozing, birgalikda yuramiz!
✨ Tubo Organik — sog‘lom tanlov sizdan, tabiiylik esa bizdan.
📱
Instagram | 📱
Telegram📱
You Tube