GOʻZAL ERKINOVNA


Гео и язык канала: Узбекистан, Узбекский
Категория: Курсы и гайды


Biznes kurator | SMM menejeri | Tabrik boshlovchisi Goʻzal Erkinovna kanaliga xush kelibsiz ✔️
Qishloq kelining hayotiy voqealari, farzand tarbiyasi, dekretda boʻlishiga qaramay daromad topish yoʻllarini o'rgatib boraman!
Murojaat uchun: @Guzal_Lady

Связанные каналы

Гео и язык канала
Узбекистан, Узбекский
Категория
Курсы и гайды
Статистика
Фильтр публикаций


Sizga yoz fasl yoqadimi?

Menga Yoz faslini pishiqchiligi, mevalari, eng muhimi qovun tarvuzi juda ham yoqadi.

Yoqmaydigan tomonlari ham bor.

Juda issiqligi. Issiq havoda koʻproq davlenam tushib ketadi.
Shu tarafi yoqmaydi.

Sizga yoz faslini nimasi yoqmaydi? Bir yozing keyin darslikni yuboraman 😊


Orangizda tabrik yoʻllashga qiziquvchilar bor boʻlsa, hozir chegirmada 6 iyunga qadar

https://t.me/Guzal_tilaklar/807

Batafsil maʼlumot bu yerda


Bugun sizlarga foydali video darslik bermoqchiman!

Qaysi biri qiziq siz uchun 😊

Animatsiyali stikerlar 🔥

Avatarka tayyorlash ❤️

Taplink qilish 😍

Reaksiyangizga qarab video darslik yuboraman!


May oyi uchun sarhisob...

Bu oy… boshqacha oʻtdi.
Hatto yozuvdan oldin bir necha soniyaga koʻz yumib, minnatdorchilik bilan:
Alhamdulillah, bu yo‘lga chiqqanimga arziydi!” — dedim.

May oyida men:
✅ 1K dan ortiq obunachiga ega bo‘ldim
✅ CanvaGo kursini yaratdim va birinchi sotuvlarimni qildim
✅ Blogimni reklama orqali jonlantirdim
✅ 4 ta yangi kursga yozildim – o‘zim ham o‘rganishdan to‘xtamadim
✅ Ota-onamga sovg‘a bera oldim
✅ Va eng quvonarlisi — daromadim ko‘zga ko‘rinarli oshdi!

Shularni yozar ekanman, hayolimdan bitta narsa oʻtdi:
📌 Shaxsiy blogim — bu meni ayol, ona, ijodkor sifatida yaratgan sahna!

IYUN oyiga niyatlarim:

🟢 Farzandlarim bilan chinakam yoz faslini his qilish
🟢 Bankalarni yopish, yozning iforini qishgacha saqlab qo‘yish
🟢 4-5 karrali jadvalni yodlatish katta oʻgʻlimga
🟢 Oʻzimga challenge – kitob o‘qish! Bu safar oxirigacha yetaman, albatta!
🟢 Detiolog loyihamni yuragim bilan yuritib berish
🟢 Kanalimda sizlar uchun pul yutug‘i va sovgʻalarni koʻpaytirish!

💬 Bu postni o‘qiyotgan har bir obunachimga aytmoqchimanki:

Uyda o‘tirib ham imkoningiz bor. Faqat niyat va harakat kerak.
Men boshlaganman. Siz ham boshlang!

📌 IYUN oyida siz qanday orzularni amalga oshirmoqchisiz?
Izohlarda yozing, bir-birimizga ilhom bo‘laylik!
❤️

Aytmoqchi, CanvaGo va Adminlik sirlari kurslariga yozilish ochiq.
Pul topish, blog ochish, o‘z brendingizni qurish niyatida bo‘lsangiz — men sizga kursim orqali sababchi boʻlaman, faqatgina harakat sizdan qoʻllab quvvatlash mendan.




Bayram bayramdek oʻtdi, Alhamdulillah!

3 farzandim bilan borib yayrab keldik.

Hali video montaj bilan boʻlishaman 😉

Uyga kirib keldik, kechlikni yeb bolajonlar charchab, uxlashgan mahal. SMS xabarnoma keldi. Tabrik yoʻllab bering deb.

Alhamdulillah, onajon uchun bitta tabrik yoʻllab berdim.

Shu kunlarda bizda svet muommo!
Transformator kuyib ketgandi.
Bugun shuni toʻgʻirlab berishdi.
Ertangi kun uchun, loyiha egalari bilan bogʻlanishim kerak!

Siz bayramni qanday oʻtkazdingizlar 🤩

Kech boʻlganda eng oxirgi inson men ekanman, bayramlaringiz bilan har biringizni uyingizda eng kamida bitta "kal bobo" kirib kelsin, tongda!


Blog yuritish — mehrmi, mashaqqatmi?

Blog yuritishimning eng yoqimli tarafi — uyimda, farzandlarim yonida bo‘lishim.
Ularning ko‘ziga qarab, tarbiya berib, birga o‘sish hissini tuyib yashash — bu haqiqiy orzu!
Va eng asosiysi: o‘zim ham to‘xtamay o‘smoqdaman. Har bir yozgan postimda, tayyorlagan kontentimda izim bor.

Daromadim kimlar uchundir kam bo‘lishi mumkin, lekin…
pulsizlikni his qilmay yashash — bu orzu emas, haqiqatga aylangan yo‘l!

💡 Ammo blog yuritishda har doim ham gullab-yashnash bo‘lmaydi.
Eng ko‘ngilsizi — mehnat qilib tekin bergan darsliklar qadrlanmagani.
Yoki arzon qilib ochgan kursimni mensimay, boshqa joydagi qimmatroq, sifati past kursga ketishgani.
Shunda o‘zimga savol beraman: nega?

Yana hammasini yurakdan davom ettiraman.
Chunki men hech kimga hasad qilmayman.
Men shunchaki har bir inson o‘zining yuragidagini, qadrini his qilib yurishini istayman.
Hamma o‘z nuri bilan porlasin!

Va… yoqtiraman har bir sohamni. Har bir o‘quvchimni.
Post yozishni, o‘rgatishni, samimiyatni, har bir natijani.

💬 Siz-chi? Blogingiz bormi?
Yo bo‘lmasa boshlamoqchimisiz, lekin jur’at yetmayaptimi?

🟢 Pul topishni istasangiz — CanvaGo kursim aynan siz uchun!
🟣 Blog yuritishni boshlamoqchimisiz? Adminlik sirlari siz uchun!

📌 Kommentda yozing: Sizga blog yuritishda nima yoqadi, nima yoqmaydi?


#konkursnatijalari

Berildi.

Duo qiling! Pul yutuqlarini va oʻrinlarini koʻpaytiray


#Alhamdulillah

Kecha bitta proyektimdan ishlagan pullarimni oldim!

Farzandim betob boʻlgan vaqti toʻxtatib turgan edim!
Loyihalarimni ertadan xudo xohlasa boshlayman!

Yana proyektlarimni 🤗🤗
Bu safar uddalay ularni ishonchini

Siz ham daromadli boʻlishni istasangiz CANVAGO KURSIGA QOʻSHILING!


Shaxsiy blogim – orzularim boshlangan joy.

#hayotiyhikoyalarim

Erimdan pul olish doim noqulay bo‘lgan. O‘zimga kerakli narsa uchun ham pul so‘rash – yuragimga og‘ir botardi.

Qizligimda bunaqa emasdi. Ota-onam menga kerak narsa bo‘lsa, ortig‘i bilan berardi. “Erka qizim” deyishardi, sababi bitta qiz edimda 😌

Ammo turmushga chiqdim... Maktabda ishlardim, charchardim, pul topardim — lekin qaynonam oyligimni bermasdi. Hatto erimning bergan pulini ham o‘zlari olishardi.

Ota-onam ham menga pul berib turardi o'sha vaqtlari qizlik uyiga borib qolsam… "Pulsiz qolmagin," deb. Men esa ichimda ezilardim. Xijolat bo‘lardim.

Keyin o‘zimga:

“Yetar! Endi o‘z kuchim bilan pul topaman!”
dedim.


Repetitorlik kursi ochdim. U yerda bergan darslarim uchun olgan har bir so‘m — meniki edi.
O‘zim topsam, ko‘nglim birozgina yengil xis etardi.

Keyin… dekretga chiqdim.
Yana ish yo‘q, daromad yo‘q.
Ammo bu safar taslim bo‘lmadim.

Sekin-sekin o‘qiy boshladim, o‘rgandim, rivojlandim. Bugun Alhamdulillah, yaxshi-yomon bo‘lsa ham — shaxsiy oyligim bor.
Dekretda turib ham daromad topaman.

O‘sha yangi kelinlik davrimda ota-onam, aka-ukamdan olgan pulimni endi ularning o‘zlariga bergim keladi.
Yuragimda bitta katta orzu bor:
Ota-onamni Turkiyaga sayohatga yuborish.
Farzandlarimga dunyoni tanitish
.

😎 Shu yo‘lda blogim – eng to‘g‘ri maskan bo‘ldi.

Agar siz ham pul topishni, oʻzingiz uchun qiziq boʻlgan joyda ishlashni, o‘zingizni rivojlantirishni istasangiz:

Vizual kontent yaratish orqali pul ishlash yo‘lini o‘rganmoqchi bo‘lsangizsiz uchun CanvaGo kursi.
Blog yuritib, yokida kimningdir saxifasini yuritishni , reklama orqali daromad qilishni istasangizsiz uchun Adminlik sirlari kursi.

📌 Har ikki yo‘l ham ochiq. Sizdan faqat birinchi qadam kerak xolos.

✍️ Post ostida izoh qoldiring yoki lichkaga yozing – qaysi yo‘l sizga mos?

Blog yuritish — ba’zida og‘riqdan boshlanadi, ammo oxiri nurga eltadi.
Men bunga guvohman.


#konkursnatijalari

Qatnashgan hammaga darslik sovgʻani yubordim.

Nega ertaga bayram bayramdek boʻlsin 🤗🤗

Sogʻ boʻling
Xafa boʻlmang!

Har haftani payshanba va juma kunlari yutuqli oʻyin boʻladi!


Like time ishtirokchilariga o'z sovgʻalarini taklif etdim qabul qildilar

#konkursnatijalari


🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠

STOP

GʻOLIBLARGA YUBORAMAN SOVGʻALARINI

1. CanvaGo kursiga 30 foiz chegirma

@omadli_qiz7

2. Bepul tabrik
@Hilola983

3. 10 ming so'm

@tiligir

Har birini lichkasiga yubordim


Toʻgʻrisi balki hozir kimdir xafa boʻlar yana kimdir xursand lekin

🫂 Chindan juda harakat qilganlar boʻldi. Shu sababli qatnashgan qizlar lichkasiga O'zbek optom kanallar roʻyxati darslik link yuboraman.

Juda yaqin kelgan qizimiz bor.

@jonoooona
@dilim_rustamovna
Dildora ismli qiz.

#javobi

Ayol kuchi qalb sirida!
Endi aytingchi? Kim yaqin keldi.


💯 foiz 4 ta soʻzni topibsizlar.

Qoyilll

Lekin so'zlar joyi almashgan yoki söz birikmalari joyi almashgan.

Shahar bersangiz bitta qizimiz juda yaqin kelgan


Yordam

Rasmda kim bor shu 1 soʻz

2, 3, topilmadi.

4 so'z topildi.


#Yashirin soʻzni toping

Yutuqli oʻyin 15 ming ✅

Birinchi topgan obunachimga!

#konkurs #yutuqli #yashirinsozli


2️⃣ KONKURSDA eng koʻp ovozni yashiringan so'zni topish 8 ta ovoz olibdi.

Shuni ham bugun tugatamiz.

Hozir rasm yuboraman! Topasizlar 😊


Xayrli abed bu konkursni boshlaymiz!

Qatnashganlar roʻyxati:

@Hilola983
@tiligir
@iymona7777
@omadli_qiz7
@KuratorNabiyevna

Shu obunachilar deyarli qatnashibdi.

Raqam tanlangiz randomda aniqlaymiz haqqoniy boʻlishi uchun 3 ta oʻrinni sovgʻalarini topshiraman!

Shu kommentariyaga yozing. Kim birinchi yozsa shu roʻyxatdagilar 1, keyin 2 keyin aniqlaymiz 😊

Kech qolganim uchun uzr


Svet ham yoʻq!

Bugun bor energiyamni uborkaga berib yubordimi deymanda 🙁

Hamma narsa shu holatda 🪫
Ustalar kelishdi, koʻrishyapti soz bo'lsinda


Uzr qizlar ob-havo sababli va svet yoʻqligi uchun birozgina kech boshlaymiz.

Yoki erta boshlaymiz uzr qizlar net ham yaxshi emas 😞

Показано 20 последних публикаций.
OSZAR »