TGStat
TGStat
Type to search
Advanced channel search
English
Site language
Russian
English
Uzbek
Sign In
Catalog
Channels and groups catalog
Search for channels
Add a channel/group
Ratings
Rating of channels
Rating of groups
Posts rating
Ratings of brands and people
Analytics
Search by posts
Telegram monitoring
Живые подписчики от 2₽
Оплата за оставшихся! Большие объемы!
Получить подписчиков
ad
TGStat Bot
Bot to get channel statistics without leaving Telegram
Start bot
ad
SearcheeBot
Your guide in the world of telegram channels
Start bot
ad
Statistics
Favorites
Mòjizalar vaqti
@sehrli_olam_sirlari
Channel's geo and language:
Uzbekistan, Uzbek
Category:
Esoterics
Bir-biridan qiziqarli, sarguzashlarga boy hikoya va qissalar, yangi PREMYERA lar
Related channels
Channel's geo and language
Uzbekistan, Uzbek
Category
Esoterics
Statistics
Favorites
Is this your channel?
Confirm
Канал в реестре блогеров РКН?
Confirm
Channel history
Posts filter
Select month
June 2025
May 2025
April 2025
March 2025
February 2025
January 2025
December 2024
November 2024
October 2024
September 2024
August 2024
July 2024
June 2024
May 2024
April 2024
March 2024
February 2024
January 2024
December 2023
November 2023
October 2023
September 2023
August 2023
July 2023
June 2023
May 2023
April 2023
March 2023
February 2023
January 2023
December 2022
November 2022
October 2022
September 2022
August 2022
July 2022
June 2022
May 2022
April 2022
March 2022
February 2022
January 2022
December 2021
November 2021
October 2021
September 2021
August 2021
July 2021
June 2021
May 2021
April 2021
March 2021
February 2021
January 2021
December 2020
November 2020
October 2020
September 2020
Hide deleted
Hide forwards
Mòjizalar vaqti
4 Jun, 16:12
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
20qism
Kechki payt tushdi. Hamma uyga keldi. Bugun Jamshid vahli keldi. Oiladagilar bundan hayratda edi. Uydagilari soʻrasa " boshim oʻzimga kerak" deb Lolaga qarab qoʻydi. Shunda hamma kulib yubordi. Ular Lolani yaxshi qabul qilishdi. Oʻz qizlaridek koʻrishdi Lola ham shunga yarasha ularga mos qiz boʻldi. Bir kuni Mansur aka Zaynab buvini dam olishi uchun bir klinikaga 15kunga sayohatga joʻnatdi. Oradan 2 3 kun oʻtib Mastura opa ham ishi boʻyicha 10kunga chet elga ketdi. Mansur akani esa Turkiyadagi biznes sheriklari chaqirdi shuning uchun chet elga ketdi. Uyda esa Jamshid va Lola qoldi. Lola Zaynab buvini xonasida oʻtirar ekan xona eshigi taqilladi.
- kiring... Eshik ochilib eshikdan Jamshid kirib keldi va
- Lola uyda sen va mendan boshqa hech kim yoʻq....
- oyiz bilan dadangizchi.... Ularni ketganidan habari yoʻq Lola soʻradi.
- ular chet elga ish bilan ketdi....
- ha shunaqami.... Lolani birdaniga titroq bosa boshladi....
- nega titrayapsan....
- men haligi.....
- qoʻrqma senga tegmayman. Yur aylanib kelamiz....
- bilmadim...
- Lola senga bir gap aytmoqchiman...
- nima ekan....
- birinchi koʻrishgan kunimiz esingdami....
- ha nima boʻlibdi....
- oʻshanda qilgan harakatim uchun uzr soʻramoqchiman...
- ha mayli uni unutib yuborganman...
- ha unda yur aylanib kelamiz...
- hoʻp. Unda men kiyimimni almashtirib chiqaman....
- men seni koʻchada kutaman....
Oradan biroz vaqt oʻtdi. Jamshid soatiga qarar ekan eshik ochilib eshikdan Lola chiqdi. Jamshid Lolaga tikilib qoldi. Chunki.......
19
0
0
Mòjizalar vaqti
4 Jun, 16:12
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
19qism
# Jamshid
U ishlaydigan restaranni topdim va u yerga bordim. Uni asabini egovlab ishdan haydattirdim. Uning koʻzlariga hech etibor berib qaramagan ekanman. Uning koʻzlari juda mayus ekan. Unga qaragan paytim uning koʻzlarida yoshlar mavjlanib turdi ammo yigʻlamay u yerni tark etdi. Men ham u yerdan ketdim. Men uni nima uchun oʻzi u yerdan haydattirdim bilmayman ammo u yerda ishlagan vaqti unga begona erkaklar qaradi bu esa meni gʻashimga tegdi. Men koʻchada aylanib yurib doʻstlarim bilan oʻtirdim uyga kelganimda soat 12 boʻlgan ekan oshxonaga bordim ammo kimdir boshimga yaxshigina tushirdi va
- kim bor yordam beringlar oʻgʻri kim booooor.... Shunday baqirardi bunga nima boʻlgan boshimni ushlasam issiq suyuqlik chiqyapti menimcha boshim qonagan shu payt oshxona chirogʻi yondi. U qiz esa buvimning ortiga oʻtib oldi va buvimga nimadir dedi. Dadam esa doimgi gapini aytib chiqib ketdi onam ham battar boʻl deb chiqib ketdi. Yagona mehribonim buvim esa meni honalariga olib chiqdi. Shunda honalarida uni koʻrdim va
- nima sen bu yerda nima qilyapsan....hayratimni yashira olmadim u ham
- senga nima....dedi buvim esa
-sen buni taniysanmi....ana endi qoʻlga tushdim buvim uni tanishimni bildi ammo uni ismini ham bilmayman. Erta tongda hamma dasturxon atrofiga yigʻildik. Shunda men ataylab Lolaning oyogʻini ezib oʻtirdim. Uning ismi Lola ekan. U esa shunday turib hammani oldida meni sotdi. Men undan kutmagandim. Hamma menga ginali qarash qilib uni maqtashdi. Rostini aytsam endi ota onamni va buvimni undan qizgʻonyapman. Ammo yaxshi tarafi u endi meni uyimda hech kim unga yomon koʻz bilan qaramaydi. Lekin uning sochlari uzun ekan. Kepkasida bilinmas edi uning sochlarni menimcha buvim oʻrib qoʻygan......
18
0
0
Mòjizalar vaqti
4 Jun, 16:12
Open in Telegram
Share
Report
- men senga oʻrtogʻingmanmi buncha oyogʻimni ezding....deb baqirib berdi. Shunda oilaning qolgan qismi ularni jim kuzatardi
- qachon shunday qildim.... Jamshid oʻzini bilmaganlikka oldi. Shunda Lola
- nonushta boshlanganidan beri oyogʻimni ezib koʻkartirib tashladingku. Endi bitta boshingni yorganimga meni nogiron qilmoqchimisan....
- yoʻq men haligi atay qilmadim.... Oʻzi bilmagan holda tan oldi Jamshid shunda oiladagilar birdaniga kulib yuborishdi va
- ha qizim qizima....deb qoʻyishdi. Lola oʻtirib choyini ichdi va buvisi bilan honaga kirib ketdi......
11
0
0
Mòjizalar vaqti
4 Jun, 16:12
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
18qism
Zaynab buvi va Lola bir xonani oldida toʻxtashdi va ichkariga kirishdi. Ichkaridan yana bir xonaga oʻtishdi u yerda har hil kiyimlar bor edi. Zaynab buvi esa bir koʻylak va uning lozimini olib Lolaga berdi va
- bularni kiyib ol. Bu katta nabiramning xotinini kiyimlari baribir hozir kiymaydi.... Deb chiqib ketdi. Lola kiyimini alishtirdi va oʻxini kiyimlarni sumkasiga solib qoʻydi. Tashqariga chiqqan payti Zaynab buvi unga
- sochlaring uzun ekan qizim....
- raxmat buvijon...
- kel seni sochlaringni oʻrib qoʻyaman...
- hoʻp buvijon... Lola oʻtirdi uning sochlarni esa Zaynab buvi oʻrib qoʻydi.
- menga sochi uzun qizlar yoqadi. Mening sochlarim kalta shuning uchun kelinimni ham nabirakelinimni ham sochi uzun....
- ha menga ham yoqadi. Shunga sochlarimni kesmayman....
- yaxshi qilasan qizim. Sendan bir narsa soʻrasam maylimi...
- soʻrayvering bemalol buvijon...
- nega koʻzlaring mayus....
- bilmayman buvijon aqlimni taniganimdan beri shunaqa koʻzlarim...
- koʻp yigʻlaganmisan.....
- ha yigʻlamagan kunim yoʻq edi...
- nimaga. Menga aytib bera olasanmi...
- sizga boshidan aytadigan boʻlsam.....Lola hayotini shu kunigachani aytib berdi. Hech nimani yashirmadi.
- ha qizim senga ham qiyin boʻlgan ekan....
- shuning uchun asabiy boʻlib qolganman....
- hali hammasi yaxshi boʻladi. U bolani esa biron kun menga koʻrsatsang oʻzim adabini beraman...
- hoʻp boʻladi buvijon....
Ular shunday suhbat qurib oʻtirishdi. Uyga birinchi boʻlib Mastura opa yani Zaynab buvining kelini keldi. Lola bilan tanishib oldi. Mastura opaga ham Lola yoqdi. Keyin esa Mansur aka keldi. Kechki ovqatni qilishdi shunda Mansur aka
- oʻgʻling yana kech kelar ekanmi...
- ha kelib qolar. Kelaman dediku....
- ha bu bola qachon odam boʻlar ekan a.....
Ular ovqatlanib boʻlishdi. Hamma uhlagani kirib ketdi. Lola Zaynab buvi bilan qoladigan boʻldi. Kechki 12larda Lola chanqab ketdi va oshxonaga bordi. Chiroqni yoqmoqchi edi ammo topa olmadi. U endi ichkariga kirgan payti kimdir uning orqasidan kirdi. Shunda Lola qoʻrqanida qoʻlidagi stakan bilan uning boshiga soldi va baqirishga tushdi
- kim bor yordam beringlar oʻgʻri kim booooor.... Lola jon jahdi bilan baqirar ekan hamma oshxonaga keldi va chiroqni yoqishdi shunda Lola va uning yonida boshining qirgʻogʻi qonayotgan Jamshid turardi. Lola tezgina Zaynab buvining orqasiga oʻtib oldi. Va
- buvijon bu oʻsha bola....dedi Zaynab buvi Lolaning hikoyasidagi bolani esladi va biroz kulib qoʻydi. Mansur aka esa
- yursang sayoq yeysan tayoq deb bekorga aytishmagan mana yeding tayogʻingni keyingi safar uyga vahliroq kelasan.... Deb Mansur aka chiqib ketdi. Onasi ham
- battar boʻl. Boʻplapsan qizim keyingi safar tova bilan ur... Deb chiqib ketdi. Oshxonada Zaynab buvi Lola va Jamshid qolgan edi.
- buvi bu kim. Boshimni yoray dediku....
- bu seni urgan qiz...
- bu uyda unga nima bor... Boshini qonini roʻmolchani bilan arta boshladi Jamshid.
- yur dori qoʻyib qoʻyaman boshinga...
- hoʻp.... Jamshid Zaynab buvining orqasiga ergashdi. Lola esa yugurib honasiga chiqib ketdi. Keyin esa Zaynab buvi va Jamshid kirib keldi.
- nima sen bu yerda nima qilayapsan....
- senga nima....
- buvi bunga nima bor bu yerda....
- sen buni taniysanmi...
- yoʻq haligi.... Oʻzini sirini oʻzi ochib qoʻyganini endi anglab yetdi Jamshid.
- taniysan a...
- ha....
- kel boshingga malham qoʻyaylik,Zaynab buvi Jamshidning boshini birinchi spirtli paxtada yaxshilab artib tashladi va lekaplastr yopishtirib qoʻydi - Endi ketishing mumkin....
-buvi bu nima uchun bu yerda...
- mening shaxsiy qizim bu...
- nimaaaa... Lola buvining gaplaridan mazza qilib kuldi. Hazilkash ekan deb qoʻydi ichida. Jamshid chiqib ketdi. Tong otdi hamma dasturxon atrofida oʻtirar ekan. Jamshid va Lola yonma yon boʻlib qoldi. Ovqatlanish payti Jamshid Lolaning oyogʻini ezardi. Lola esa qarab qarab qoʻyar va ohiri boʻlmadi
9
0
0
Mòjizalar vaqti
4 Jun, 16:12
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
17qism
Mashinaning ichidan bir erkak tushdi va atrofga qarab kimnidir qidirdi. Shunda Lola uning oldiga borib
- assalomu alaykum...
- va alaykum assalom....
- Bu yerda kimnidir qidiryapsizmi...
- ha ish boʻyicha telefon qilgan qizni....
- ha menman oʻsha qiz...
- nimaaaa sen. Yoshing nechida...
- 18da yaqinda 19ga kiraman....
- ha men boʻyingni koʻrib kichkina deb oʻylabman...
- ha hamma shunday deydi...
- yaxshi yur seni uyga olib boraman....
- hoʻp... Ular mashinaga joylashishdi. Shunda erkak
- men Mansur Ibragimovman...
- men Lolaman...
- men senga oilamni tanishtirsam. Xotinim ikki oʻgʻlim va onam bor. Katta oʻgʻlim chet elda kichkinasi shu yerda. Men ayolim oʻgʻlim ham uyda koʻp boʻlmaymiz shunga onamga qaraydigan odam qidiryapmiz....
- ha...
- onamni didi nozik. Shu paytgacha hech kim bir oy ishlamagan. Agar onamning koʻngliga yoʻl topsang ishlayverasan ammo yoqmasang hafa boʻlmaysan ...
- ha oyingiz bilan chiqishib ketaman degan umiddaman.... Ular boshqa gaplashishmadi. Mashina bir katta uy oldida toʻxtadi. Uy katta edi huddi "Malika va Mahluq" multfilmdagi qasrga oʻxshardi. Ular ishkariga kirishdi. Uyning ichiga kirishdi va bir xonaning oldida toʻxtashdi
- men birinchi kirib keyin seni olib kiraman...
- hoʻp... Erkak eshikni taqillatdi va ishkariga kirdi.
Birozdan soʻng esa Lolani ichkariga olib kirdi. Ichkarida yoshi chamasi 60 65ga kirgan bir ayol oʻtirar edi. Lola bir yutunib
- assalomu alaykum yaxshimisz holajon....
- va alaykum assalom yaxshi oʻzingchi qizim...
- yaxshi raxmat...
- Mansur sen ishingga boraver biz qizim bilan tanishib olamiz...
- hoʻp onajon duo qiling...
- boshing toshdan boʻlsin. Topganing oltin boʻlsin omin... Hamma yuziga fotiha tortdi. Mansur ishiga ketdi. Onaxon va Lola qoldi.
- yoshing nechida qizim... Onaxon savol berdi.
- 18da...
- ha isming nima....
- Lola...
- menga Lola gullar yoqadi...
- menimcha mening onamga ham yoqqan... Lola ichidan nimadir tirnab oʻtdi.
- ha yaxshi meni ismim Zaynab. Meni hola emas Zaynab buvi yoki buvijon deb chaqirishing mumkin...
- hoʻp buvijon ....
- bu yerda ish koʻp emas. Ishga boshqa hizmatkorlar bor sen menga qarasang boʻldi...
- hoʻp....
- ha yana bir gap. Seni boshqa kiyiming yoʻqmi...
- meni hamma kiyimim shunaqada....
- kechga yaqin oʻgʻlim va Jamshid ham keladi. Ularni oldida bunday yurma. Yur senga kiyim topamiz..... Deb Zaynab buvi Lolani yetaklab qayergadir olib ketdi.....
8
0
0
Mòjizalar vaqti
4 Jun, 16:12
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
16qism
Jamshid endi undan boʻsa olaman degan edi. Ammo Lola buni payqab qolib uni yaxshigina tepdi va
- boshqa yoʻlimdan chiqma....deb ketdi.
Jamshid esa uning orqasidan tikilib qoldi. Kech tushdi Lolaning asablari tarang boʻlib mehmonxonaga qaytdi va uhladi. Ertangi kun restaranda ishini davom ettirdi. Shunda bir stoldagi yigit
- menga qarab yuboring...dedi Lola uning yoniga bordi va muloyimlik bilan
- assalomu alaykum nima buyurasiz.... U shunday degan edi yigit unga qaradi qiz qotib qoldi yigit esa miyigʻida kulimsirab
- men kofe va shirinlik....dedi
- yana biron narsa kerak emasmi....
- mm hozir toʻxtachi topdim.... U muhum narsani topgandek kuldi va
- seni buyurtma qilaman....
- nima aqldan ozdingmi...
- meni senlama agar yana bir marta meni senlasang hech qayerda ishlay olmaydigan qilaman ....
- hoʻp.... Ablax mashenik bezbet jinni....yana bir qancha soʻzlar bilan siyladi shunda yigit
- nimani kutyapsan balki olib kelarsan.... Lola indamay ketdi va unga narsalarni olib keldi. Shunda yigit
- sen ham oʻtir...
- menga mumkin emas....
- oʻtir dedim....
- agar boshqa hizmatingiz boʻlmasa men ketdim.... Qiz uni eshitmagandek gapirdi. Shunda yigit tishlari orasida vishillab
- oʻtir dedim men senga....
- yoʻq dedim.... Lola ham boʻsh kelmay javob berdi. Shunda yigit
- bu yerning boshligʻi kim. Menga chaqirib bering....dedi bundan hayron boʻlgan Lola
- nima qilyapsiz aqldan ozdizmi....
- assalomu alaykum nima boʻldi.... Menejer qiz keldi va yigitdan soʻradi yigit esa
- bu hodimingiz menga hurmatsizlik qildi....
- men hali hech narsa qilmadim opa....
- u nima qildi hoʻsh...
- men buyurtma bergan narsalarni jahl bilan stolim ustiga qoʻyib zahri mahringga yegin degandek qarab ketyapti....
- Lola shunday qildingizmi....
- yoʻq opa men unday qilmadim...
- aldama shunday qildingku....
- Lola meni kechiring ammo sizni ishdan haydashimga toʻgʻri keladi. Aybdor boʻlsa ham haridor haq doimo....
- opa bu nima deganingiz bu yolgʻonchining bir gapi uchun meni ishdan haydaysizmi....
- shunday qilishga majburman...
- opaaaa.... Lolaning koʻzlarida yosh mavjlandi.
- mehmonxonadan narsalarizni olib chiqib ketishing mumkin....
- hoʻp.... Lola boshqa hech narsa demay u yerdan ketdi. Mehmonxonaga borib narsalarini yigʻishtirdi va u yerni tark etdi. U doimgi stilida kiyindi. Shim futbolka kepka va krasofka. U yoʻlda ketar ekan koʻzlaridan beixtiyor yosh oqdi. U hechkimsiz yolgʻiz ekanligini yana bir bor his qildi. Ammo u oʻzi uchun harakat qilishi kerak. Koʻz yoshlarini qoʻli bilan qattiq sidirib yoʻlida davom etdi. Avtobus bekatlaridan biriga oʻtirib oʻylay boshladi.
- bu yigitga nima qildim...
- nega atrofimda aylanaveradi...
- ablax oʻldiraman endiham....
- oʻzi endi topgan ishimdan ham haydaldim....
U oʻrnidan turdi va ish roʻyxati bor katta chinorga kelib ishlar qaray boshladi. Shunda bir ish uni eʼtiborini tortdi. Bir onaxonga qarash oyligi ham yuqori ekan. U shu raqamni olib telefon qilinadigan butka oldiga borib telefon qildi va
- alo .... Telefon nariga tarafidan bir erkakning ovozi yangradi.
- assalomu alaykum....
- va alaykum assalom. Uzr tanimadim...
- men ish boʻyicha telefon qilayotgan edim...
- ha oyimga qaragani hizmatkor kerak edi....
- ha shu boʻyicha telefon qilgandim...
- yaxshi hozir qayerdasiz men sizni olib ketaman.... Lola atrofga qaradi va
- " Goldin Fish" restaranini oldidaman....
- yaxshi yarim soatlarda olib ketaman...
U oʻsha yerda oʻtirib kuta boshladi shunda uning oldiga bir Malibu kelib toʻxtadi.....
9
0
0
Mòjizalar vaqti
4 Jun, 16:12
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
15qism
#Jamshid
Men kafedagi joyimga bordim. Ammo u yerda bir qiz o'tirib olgan edi. Men undan joyimni bo'shatishini aytdim ammo u turmadi. Afitsant qiz u buyurgan narsalarni olib keldi. U esa meni yo'qdek hisoblab ovqatlanishga tushdi. Toza jahlim chiqdi. Uning yonida turgan shkalatli shirinlikni yuziga ishqadim. Kepkasi bo‘lganligi uchun yuzini yarmiga va kepkasiga tegdi. Rosa kulgili bo‘lib qoldi. U o'rnidan jahl bilan turdi. U turganida juda kichkina qiz ekan. Yengi uzun futbolka va keng qora shim kepkasi unga juda yarashgan edi ayniqsa shirinlikli yuzi...Unga tikilib turgan paytim u yuzimga tarsaki tushirdi. Qo‘li qattiq ekan keyin esa yuzimga sharbat ham sepdi va
— pulini janob to'laydi....deb kafedan chiqib ketdi. Shaytonligi aniq bu qizni. Hisobni to‘lab uning orqasidan bordim. U telefon do'koniga kirdi orqasidan men ham. U do'kondan bir telefonni oldi va uni sotib olayotgan payti men olib qo'ydim u jahl bilan chiqib ketdi. Men esa to'lov qilib chiqdim. Ko'chaga chiqsam uning yonida bir yigit turardi. G‘azabdan ko‘zlarim qisildi bu nima uchun bo'lganligini o‘zim ham bilmadim. Ularning oldiga borib u qizning belidan qo'limni o‘tkazdim. U sakrab tushdi va tanasi titrardi. Men u yigitga bu meniki degandek gap qildim. Yigit ketdi u esa bir narsalar dedi va
— boshqa yo‘limdan chiqma....u shunday dedi men esa
— hali ham shunday deganding...shu gaplarni aytar ekanman u bir nima dedi ammo eshitmadim. U meni tepdi qattiq tepar ekan bir ikki qadam orqaga ketib qoldim. Shunda men unga yaqinlashib quchoqlab oldim. U bu ishimdan qotib qoldi va titrashni boshladi. Men esa uning qulog'iga egilib
— titrashing biram yoqimliki....
U battar titrashni boshladi. Uning titrashi menga energiya bergandek bo'ldi. Men uning quloqlaridan uzoqlashdim va lablariga yaqinlashdim. Endi uning lablariga egalik qilmoqchi edim ammo u mening nozik joyimga yaxshigina tepdi. Men cho‘kkalab qoldim. U esa "boshqa yo‘limdan chiqma " deb ketdi....
9
0
0
Mòjizalar vaqti
4 Jun, 16:12
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
14qism
Lola koʻchada ketar ekan. Koʻchaning boshida oqib turadigan artzonni ochib yuzini yuvdi va yoʻlida davom etdi. Asabi buzilar edi. Ishtahasi ham yoʻqoldi. U oʻzi uchun telefon sotib olish uchun doʻkonlarni biriga kirdi va Telefon qidirdi va topdi shekili sotuvchini oldiga borib
- bu qancha... Qoʻlidagi telefonni koʻrsatdi.
-1500. Sifatli va arzon telefonimiz. Bu soʻnggi qolgani....
- Ha menga shuni bering....qiz sumkasidan pul olmoqchi boʻldi shunda.
- menga shuni bering.... Kafedagi yigit qizning qoʻlidan telefonni oldi va sotuvchiga qaradi. Sotuvchi "hoʻp " degandek telefonni oʻray boshladi
borsang.
- NIMAAAAA....jinniga qaragandek qaradi...
- nima nima. Menga bunday qarama...
- asab boshqa yoʻlimdan chiqma.... Lola doʻkondan chiqib ketdi.
- hali qoʻlimga tushasanku.... yigit qizning ortidan shunday degancha qoldi.
#Lola
Ablax oʻzini kimman deb oʻylayapti yana yoʻlimdan chiqsa aniq uni oʻldiraman. Meni hali bilmabdi. Maraz ahmoq. Jinni, soʻtak, latta yana bir qancha shirin soʻzlar bilan siyladim. Ammo baribir koʻnglim joyiga tushmadi. Doimo matotsiklda yurishni orzu qilar edim. Yoʻlimdan esa bir qop qora mototsikl chiqdi. Men uni tomosha qilib turar ekanman. Hayollarimni bir yigitning gaplari buzdi.
- yosh bolalar uchun havfli...
- nima yosh bola. Kim yosh bola ....
- sen yosh bola boʻyingni qara... Ancha yelkali baland boʻyli yigit mening oldimga keldi. Shunda men uning yonida yoʻq boʻlib qoldi. Men bir yutunib
- men 18ga kirganman...
-Xaxaxa. Meni shu gapingga ishonadi deb oʻylaysanmi.... U menga shubhali qaradi shunda men endi ogʻiz juftlagan edim belimdan bir qoʻl quchdi shunda men sakrab ketdim. Ichimda nimadir shuv etdi. Yonimga qarasam haligi bezbet endi unga gapirmoqchi edim. U esa
- yoʻlingdan qolma bu egalik mol.... Nima shunda u meni mol dedimi ablaxey.....
- mayli omad. Moling chiroyli ekan yoʻqotib qoʻyma ... Nima meni u ham mol deyaptimi men bularga mol boʻldimmi. Haligi yigit mototsiklga minib ketdi. U ketishi bilan men oʻzimdan bezbetni nari qildim va
- bu nima qilganing ahmoq....
- seni himoya qildim... U men bilan hazillashyaptimi...
- kimdan....
- anavi yigitdan. Haligi yigit ketgan tarafni koʻrsatdi.
- hih oʻrgildim. Ahmoq qaytib yoʻlimdan chiqma...
- hali ham shunaqa deganding...
- unda seni jazolashim kerak ekanda....deb uning qorniga yaxshigina tepdim. U biroz orqaga qadam tahladiyu ammo yiqilmadi. Sinfdoshlarim yiqilar edi. Ablax bunda bir gap bor..
- juda qattiq tepar ekansanku a shaytoncha....
- nima shayton men senga kimman bir mol deysan bir shayton....
- xotinim....uning gaplaridan esankirab qoldim. Shunda u yonimga kelib meni quchoqlab oldi. Men esa misola qoziq yutgandek jim edim. Faqat tanamda titroq edi. U qulogʻim oldiga kelib
- titrashing biram yoqimliki.... Uning shu gaplaridan battar meni titroq bosa boshladi.....
13
0
0
Mòjizalar vaqti
2 Jun, 19:29
Open in Telegram
Share
Report
Agar reak va komment yaxshi bo'lsa ko'proq asar tashlayman bu asar tugallangan asar qancha ko'p reak va komment bo‘lsa shuncha ko'p asar tashlanadi. Aktiv bo'linglar hurmatli obunachilar.
24
0
0
1
Mòjizalar vaqti
2 Jun, 19:28
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
13qism
Lola oʻsha restaranni yonidagi mehmonxonada yashaydigan boʻldi. U restaranda Afitsant boʻlib ishlay boshladi. Uning maoshining yarmi mehmonxona ijarasiga ketardi. Qolganini esa yigʻardi. U ishlaganida bir oy boʻldi. Oyligini yarmini ijaraga berdi. Yarmini esa yigʻib qoʻydi. Unga bugun dam olish kuni. U sayr qilgani koʻchaga chiqdi. Atrofni aylandi, bu oy toʻy koʻp boʻlganligi uchun puli yaxshigina tushgan edi. U birinchi oʻrinda ovqatlanish uchun restaranga kirdi. Deraza yonidagi stollardan biriga borib oʻtirdi. Afitsant kelib
- assalomu alaykum nima buyurasiz.... Afitsant qiz soʻradi.
- assalomu alaykum mmmm bilmadim.
- iii ajoyib ekansizku...
- ha menga menyu bering....
- mana....qiz qoʻlidagi menyuni uzatdi. Lola uni olib bir boshidan tekshirib chiqdi. Keyin esa
- menga fransuzcha salat
Apelsinli sharbat va shkaladli shirinlik....
- aha hozir olib kelaman ....qiz ketdi. Lola derazaga qarab hayol surib oʻtirardi. Uning hayolini bir yigitning ovozi buzdi.
- bu meni joyim....
- nima.... Lola hayron qaradi.
- bu mening joyim deyman....
- qayerga yozib qoʻyibdi.... Lola atrofga qaradi ataylab....
- menga qara bu yer meni joyim doimo shu yerda oʻtiraman.... Yigit qizning gapidan asabi buzildi. Va maqsadini aytib qoʻya qoldi
- shunday ekan qoch...
- kerak boʻlsa oʻtiraver men qochmayman.... Lola ham unga javob qaytardi. Shunda Afitsant qiz Lola buyurma bergan narsalarni olib keldi. Buni esa yigit asabi buzildi.
- men senga qoch deyapman....
- yoʻq...deb Lola yigitga beeʼtibor ovqatlana boshladi. Bundan yigitining asab tizimida buzilish sodir buldi va qizning yuziga shkaladli shirinlik bilan bejadi. Qizning kepkasi boʻlganligi uchun yarmi kepkaga yarmi yuziga tegdi. Bundan jahli chiqqan Lola esa oʻrnidan turib yigitning yuziga tarsaki tushirdi va apelsin sharbatini yuziga sepib yubordi. Keyin esa
- bularni pulini bu janob toʻlaydi....deb turtib chiqib ketdi...
Yigit esa ichida " hali shoshmay tur" deb qoldi.....
22
0
0
1
Mòjizalar vaqti
2 Jun, 19:28
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
12qism
Lola Toshkentga yetib keldi. Uning yonida atigina 200 puli qoldi. Hattoki ijaraga ham yetmaydi. Uning esa hattoki tanishi ham yoʻq. U ish qidira boshladi. Restaranda afitsant va toʻy ishlari boʻyicha ish bor ekan. Yana uy hizmatkorligi va yoshi katta ayolga va bolalarga qaraydigan ish bor ekan. U restoranga borib ishlashni hohladi. Telefon raqamini olib telefon qilish joyiga borib telefon qildi. Telefonning narigi tarafidan
- assalomu alaykum. Hoʻsh hizmat...
- assalomu alaykum yaxshimisz men ish boʻyicha telefon qilayotgan edim...
- yaxshi unda bizning restaranga keling...
- hoʻp hozir boraman....
-aha... Telefon oʻchdi. Lola mashina chaqirdi va restaranga bordi.
- assalomu alaykum....
- va alaykum assalom. Hoʻsh hizmat....
- men ish boʻyicha telefon qilgandim. Shunga kelgandim...
- ha yaxshi unda men sizga ish boʻyicha maʼlumot beraman....
- aha...
- bizning restarandagi ish. Har kuni retaranda ish boʻladi. Dam olish kunisiz. Ish ertalab 7 00dan kechqurungi 21 00gacha davom etadi. Uzogʻi bilan 22 00gacha. Toʻy kunlari boʻlsa pul toʻlaganlar qachongacha desa shuncha davom etadi. Hoʻsh ishlashga rozimisiz....
- ha roziman faqat bitta iltimosim bor edi...
- hoʻsh qanday...
- meni uyim yoʻq. Shunga menga uy ham kerak....
- yaxshi biz sizga uy berishimiz mumkin ammo uyning ijarasi oyligingizdan olinadi.
- ha. Menga uzogʻi 3kunga kerak. Keyin oʻzim uy topaman...
- mayli unda sizga 3kunga ijara uyi beramiz. Ammo 3kun tekinga ishlaysiz....
- hoʻp roziman....
- unda sizni restaranni mehmonxonasiga olib boraman.... restaranni yonida mehmonxona bor edi. Lolani oʻsha yerga olib bordi.....
16
0
0
Mòjizalar vaqti
2 Jun, 19:27
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
11qism
Erta tong koʻzlari shishgan Lola. Oʻz oʻziga
- men bu yerda qolmayman....
- zeroki bular meni oʻylashmas ekan. Men ham bularni oʻylamayman...
- men oʻzimni oʻldiradigan darajada ahmoq emasman....
- bu uydan ketaman....u kiyinib narsalarini maktab sumkasiga soldi. Maktab sumkasi hamma narsa sigʻishi uchun katta edi. Hamma narsalarini solib oʻzi kiyindi. Tepasiga yengi uzun futbolka pastiga shim krasofka va boshiga kepka kiyib oldi. Eshikni oldiga borib eshikni ochishga urindi. Eshik qulf ekan. U endi derazaning yoniga borgan edi. Soat abeddan oshgan edi. U hafsalasiz joyiga borib oʻtirdi. Yana uhlashga tushdi. Uygʻongan payti qorongʻi tushgan edi. U sekin deraza yoniga bordi. Derazani ochib u yerdan pastga sumkasini tashladi va oʻzi ham sakradi. Pastga biroz qattiq tushdi. Oyogʻi biroz lat yegan edi. U kiyimlarini toʻgʻirlab sumkasini oldi. Shunda ichkaridan ovoz keldi.
- menga baqirmaaaaa .....
- nimaga ekan. Ishlamay faqat yeb yotib ichishni bilasiz holos.....
- oʻchir ovozingni.... ichkaridan tarsaki ovozi eshitildi. Shunda Lola uyga kirmoqchi edi. Lekin uni bir narsa toʻxtatdi.
- u seni onang emas....
- ular seni yaxshi koʻrmaydi...
- ket ket ket....
U shularni oʻylab uyni tark etdi. Uning yonida yigʻgan puli bor edi. U mashina chaqirdi. Kech boʻlishiga qaramay mashina keldi va u Toshkentga qarab yoʻl oldi....
20
0
0
Mòjizalar vaqti
2 Jun, 17:56
Open in Telegram
Share
Report
Hikoya davom etsinmi
Poll
Ha davom etsin
Yoʻq kerakmas
5 votes
21
0
0
Mòjizalar vaqti
25 May, 07:42
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
1Oqism
Lola uyiga qaytdi. Ammo qaytganidan afsuslandi. Chunki dadasining qoʻlida u olgan telefon turar edi. U jim turaverdi.
- bu nimaaaa....baqirdi dadasi. Lola jim edi.
- sen kimdan soʻrab bunday ish qilding. Senga nima kamlik qilgandi...
- menga nima kamlik qildi. Menga sizni mehringiz onamning eʼtibori kamlik qildi. Meni bir marta boʻlsa ham maqtadingizmi katta qiz boʻlding aqilli qiz boʻlding dedingizmi yoʻq hammasi i yuzaki qildingiz faqat urdingiz kaltakladingiz men oʻzimni hech qachon qiz boladek his qilmadim faqat kaltaklanadigan bir qoʻgʻirchoqdek edim.... Lola bu so'zlarni aytar ekan bo‘g‘ziga achchiq nimadir tiqildi va ko‘zlaridan asta yosh oqdi ammo otasi
- senga hali mehr etibor yetishmadimi....otasi Lolani yuziga tarsaki tushirdi va uni kaltakladi. Lola jim yerda yotardi shunda otasi
- Faridaaaa Faridaaaa dedimmmm....
- ha dadasi....onasi yugurib keldi.
- haligi kelgan sovchilarga " ha " deb yubor men roziman....
- hoʻp dadasi....onasi hursand boʻlib ketdi....
- dada qanaqa sovchilar.... Zoʻrgʻa gapirdi Lola
- bir xotini oʻlgan erkakdan kelgan ekan oʻshanga tegasan ....
- nima deganingiz bu dada.... U holsiz gapirar ekan otasi
- bu deganim seni erga beraman....
- dada men hohlamayman.... Uning koʻzlarida yoshlar mavjlandi.
- sendan soʻramadim. Buni honasiga qamab qoʻy bir haftadan keyin toʻy.... Dadasi koʻchaga chiqib ketdi. Oyisi Lolani olib honasiga olib kirdi. Shunda Lola yigʻlab
- oyijon jon oyijon oyimsizku...
- iltimos dadamga ayting meni erga bermasinlar....
- oyijon nega jimsiz.... Lola onasiga yalinardi.
- nima men senga yordam berishimni kutyapsanmi...
- oyi ahir oyimsizku...
- oying emasman. Men seni onang emasman...
- oyi bu nima deganingiz....
- qayta qayta oyi deyaverma. Asabimni buzayapti oyi deyishing....
- nima ...
- ha senga bir boshidan aytadigan boʻlsam. Senga tanishtirgan oʻlgan ammang bor ediku. U aslida ammang emas onang. Sen benikoh tugʻilgan haromisan. Shuning uchun ammang a yoʻgʻe onang seni tugʻib oʻlib qolgan.
- nima siz shunda menga begonamisiz...
- ha shunday ekan erga tegsang qutilaman....deb xonadan chiqib eshikni qulflab ketdi. Xonada yolgʻiz Lola koʻz yoshlari bilan qoldi ......
99
0
0
4
1
Mòjizalar vaqti
25 May, 07:42
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
9qism
Lola maktab tugagandan keyin sinfdoshlari aylangani borishdi Lola esa borishni hohlamadi. U uyga qaytishni ham istamas edi. Ammo borishi kerak, u muzqaymoq yeb koʻchada oʻtirdi. Boʻlgan voqealarni oʻyladi uning ota onasi qilgan ishlari dugonasining sotqinligi-yu ikkiyuzlamachiligi. U bular oʻylar ekan yuzida achchiq kulgu paydo boʻldi va koʻzlaridan issiq koʻz yoshlari oqdi. U koʻz yoshlari bilan qoʻlini qattiq sidirib tashladi va oʻziga oʻzi
- sen kuchli boʻlishing kerak....
- sen bilan yolgʻiz birga boʻladigan inson bu oʻzing....
- juda kulgilisan Lola...
- senga qarab faqat kulgim keladi...
U oʻziga ham pozitif ham negativ fikr bildirib oʻrnidan turdi. Telefoni uyda qolganini eslab Uyi tomon yoʻl oldi. Ammo uyga kelganidan afsuslandi......
78
0
0
Mòjizalar vaqti
25 May, 07:42
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
8qism
U honaga kirgan payti. Shahi va Hojiakbar bir-birining pinjiga kirib oʻpishayotgan edi. Lola bu manzarani uzoq kuzatib tura olmadi va honadan chiqib ketdi....
Koʻchadagi stollardan biriga borib oʻtirdi. U koʻrgan narsasini hazm qila olmas edi. U endi nima qilishni oʻylar edi. U honaga qaytdi. Honada odamlar koʻpaygan edi. U joyiga borib oʻtirdi. Shahrizodaga qaragan edi. U Hojiakbar bilan oʻtirar edi. Lola oldiga qarab oʻtiraverdi. Unga endilikda hech narsaning qizigʻi yoʻq edi.
Oradan ancha vaqt oʻtdi. U bir qizdan eshitib qoldi. U qiz aytishicha
- telefonini uydagilari bilmaydi...
- yigiti bilan 18+ gaplashadi...
- har hil kiyimsiz rasmlar tashlagan...
U bu gaplarni eshitib shunchaki kulib qoʻydi. U endi tushundi bir umr dugonam degani aslida qalbida ilon boʻlgan ekan. Uni endilikda Shahini hayoti ham qiziqtirmas edi. U oʻzgardi avvalgidek emas edi. Qoʻpol harakteri ogʻir gap kutarmas.
Oradan 1yarim yil oʻtdi. Ular 11sinfni ham bitirishdi. Hamma hursand hamma shod edi. Faqat Loladan tashqari uni hech narsa quvontirmas edi. Tosh qalbli bir inson boʻlib qolgan edi.....
62
0
0
Mòjizalar vaqti
25 May, 07:42
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
7qism
Barcha boʻlgan voqealarni aytib berdi.
- voy marazey....
- ablax oʻldiraman uni....
- hech qachon koʻkarmasin. Seni sevgingni uvoli tutsin. Baxt degan narsa begona boʻlsin...
- qargʻama Shahi...
- yana uni oldini olasan a...
- ha.... Lola uyiga qaytdi. Eshik tagida uni dadasi va onasi kutar ekan. U borib
- assalomu alaykum...
- qayerda yuripsan....
- Shahrizodaning uyiga borgandim...
- kimdan soʻrab bording a.... Otasi Lolaning sochlaridan gʻijimlab ushladi.
- dada kechiring. Aytish esimdan chiqib qolibdi...
- yaxshi esingdan chiqibdimi. Unda meni ham seni urmaslik esimdan chiqdi....deb Lolani ura boshladi. Onasi doimo sukutda jim kuzatardi. Qiz bechara bu kataklardan hushini yoʻqotdi. Otasi esa uni sudrab xonasiga otib yubordi. Oʻzi esa koʻchaga chiqib ketdi.
Ertangi kun.
Lola uygʻonib yuz qo'lini yuvib maktab tomon yoʻl oldi. Xonasiga kirib joyiga oʻtirdi. 3soat tugaganidan keyin eshikdan baqir chaqir ovozi kela boshladi. Lolaning xonasi derektor xonasini yonida edi. Bir ustoz kirib
- Lola kim derektor chaqiryapti...
- men hoʻp...
Lola derektorning honasiga bordi. U yerda Shahrizodaning xolasi bor edi.
- Shahrizoda bilan kechasi soat birgacha nimani gaplashasan...
- uzr ustoz tushunmadim...
- sen kechasi soat birda Shahrizoda bilan nimani gaplashasan...
- men gaplashmiman....
- mana holasi aytyaptiyu...
- men gaplashmaganman....
- yaxshi. Xonangga bor...
- hoʻp...
# Lola
- men honamga bordim. Keyin Shahrizodani olib chiqib ketishdi. Oradan ancha vaqt oʻtib u kirib keldi. Dars tugadi. Men undan nima boʻlganini soʻradim u boʻlsa
- sen doʻstim boʻlib meni sotding a....
- nega ha men demading...
- Shahi nima boʻlyapti. Menga tushuntir...
- holamga sen bilan gaplashyapman deb u bilan gaplashardim...
- endi esa men seni deb hammani oldida sharmanda boʻldim....
- men nima qilishim kerak edi. Holang oʻzi janjal qildiku. Bu gaplar ota onamga borsa men tirik qolmayman Shahi....
- baribir sen bilan oramiz ochiq. Meni sendek dugonam yoʻq....deb Shahi honadan chiqib ketdi. Endi Lola sindi. Har tomonlama sindi. U endilikda boshqa olamga tushgandek boʻldi...
Oradan bir ikki hafta oʻtdi. Lola sinf honasiga kirdi va dahshatdan qotib qoldi. Chunki.......
66
0
0
Mòjizalar vaqti
21 May, 09:16
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
6qism
U xonasiga qaytib behol joyiga oʻtirdi. Shunda Shahrizoda keldi.
- ahvoling yaxshimi Lola...
- ha yaxshi....
- ha haligi.....gapi tugamasidan
- Shahi....degan ovoz keldi.
- hov...
- yur ketamiz....
- hoʻp. Mayli Lola men ketdim. Meni Hojiakbar chaqiryapti....
- ha yaxshi bor.... Shahrizoda oʻziga yigit topgan. 1Osinf boʻlishganidan keyin yangi qoʻshilgan sinfdoshlardan bir bola bilan gaplashyapti. Ular hozircha baxtli hammasi bir tekis ketyapti. Ammo oʻsha kun kelmagunicha...
Oradan 6oy oʻtdi.
Shahrizoda va Hojiakbar gaplashishyapti. Lola esa yigiti bilan. Ammo yigiti bir kun
-men senga uylanmayman....
- aslida sen bilan gaplashishim xato edi...
-sen menga munosib emassan. Sen meni hirsimni qondira olmaysan...
- ahir nima uchun.... ohiri Lolaning ovozi chiqdi.
- Men senga etganlarimdan birontasini qildingmi. Men sendan soʻragan rasmlar oʻsha ishlarni qilishni hohladingmi yoʻq. Sen meni oʻzingga begona hisoblaysan agar yigitin deganingda men etgan barchasini qilarding. Endi esa soʻgʻ boʻl. Mendan esa umid qilma ...
-hammasi shu uchun...
Yigit shu soʻzlarni aytib Lolani yonidan ketdi. Lola eshitganlaridan hayratda edi. U jimgina yigʻlashga tushdi. Qancha oʻtirdi oʻzi ham bilmaydi. Shahrizodaning uyiga yoʻl oldi. Uyiga borib
- voooy Lola keldingmi. Yaxshimisan....
-Ha Shahrizoda..
- yana yigʻladingmi. Nima boʻldi yana....
- u meni tashlab ketdi....shu soʻzlarni aytib Lola yigʻlab yubordi....
Shahrizoda esa uni bagʻriga bosib ovutdi......
95
0
0
1
Mòjizalar vaqti
21 May, 09:16
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
5qism
Ular bozorga borib telefon sotiladigan doʻkonga bordi. U yerda telefonlar koʻp edi. Ular telefon orasidan bir telefonni tanladi. Shunda sotuvchi kelib
- assalomu alaykum qizlar. Yaxshimiszlar....
- assalomu alaykum.... baravar aytishdi qizlar.....
- bu telefon narxi qancha....
- 500ming...
- ha bundan arzonlari yoʻqmi....
- yoʻq eng past narx shu....
- unda shuni olamiz....
- yaxshi hozir karobkasiga solib beraman...
- aha...
Qizlar telefonni olib pulini berib u yerni tark etishdi. Endilikda ular simkarta olish uchun boshqa doʻkonga kirdi va simkarta olishdi. Keyin esa uylariga qaytishdi. Lola boshida telefon ishlatishga qoʻrqdi. Ammo keyinchalik oʻrganib ketdi. U yana oʻsha yigiti bilan gaplashishni boshladi. Yigiti avvalgidek emas edi. Uning battar ustidan kular doimo kamsitar edi. Lola esa unga chidar edi. Chunki uni sevardi. Uydagilari esa oʻsha oʻsha oʻzgarish yoʻq ikki kunni birida janjal. Bu janjallar Lolaga taʼsir qilmay qolmadi. U ohirgi paytlar asabiy boʻlib qoldi. Kichkina narsalar ham uni asabiylashtirar edi.
Bir kuni uning telefonini derektori olib qoʻydi. Lola rosa qoʻrqdi. Uning telefonini tekshirdi. U asabiylashar tinmay tornogʻini tishlar edi. Uni derektor chaqirdi. Lola derektor xonasiga bordi shunda derektor
- bu telefon kimniki.... Lola ich ichidan sindi. Past ovozda
- oyimniki...
- buni senga uydagilaring berdimi....
- ha ustoz...
- seni dadang bilan gaplashamiz....
- ustoz boshqa qaytarilmaydi....
- yaxshi. Bu safar beraman. Ammo keyingi safar ota onangni chaqiraman...
- hoʻp ustoz... Lola telefonni olib xonasiga qaytdi......
78
0
0
Mòjizalar vaqti
21 May, 09:16
Open in Telegram
Share
Report
Baxt izlab
4qism
Shahrizoda
- hali hammasi yaxshi boʻladi menga ishon...
- shunaqa boʻlsinda...
- endi nima qilmoqchisan....
- unga aytishim kerak. Telefonga pul yigʻib telefon olaman...
- ha ammo uydagilaring bilib qolsachi....
- men ularga kerak emasman....
- unday dema....
- meni hechkim eshitmaydi. Shahi bilasanmi otam meni itday urdi. Ona esa shunchaki kuzatdi. Men onamga kimman qizimanmi hattoki urmang ham demadi....
- unday dema seni ham aybing bor....
- nima meni aybim meni eshitadigan odam bilan gaplashganimmi. Yoki onamni otamni koʻziga koʻrinmaganimmi....
- seni otang bor. Otangni qadriga yet....
- seningcha ota faqat yaxshimi....
- ha seni suyanchigʻing boʻladi....
- agarda seni otang ham yoningda boʻlib meni otamni qilgan ishini qilganida bunday demasding....
- balki....
Ularning suhbati shu bilan tugadi. Lola pul yigʻa boshladi. Bir kuni esa otasini kiyimlarini yuvoyotib choʻntagidan 400ming topib oldi. Pullarni yashirib kirlarni yuvib yoyib qoʻydi.
Ertasi kuni
Maktabga Lola kirib kelib Shahini qidirardi. Topdi sinfxonasining eng ohirida oʻtiribdi. Uning oldiga borib
- Shahrizoda men bilan bozorga borasanmi....
- nega...
- telefon olgani....
- yoʻgʻe rostanmi....
- ha...
- bekor qilyapsan....
- nega endi....
- ota onangni aldashing yaxshi emas...
- boʻldi tugat. Borosanmi...
- ha....darslar boshlandi ana mana deb 6chi soatni ham tugatib ular bozorga borishdi.......
70
0
0
20
last posts shown.
Show more
159
subscribers
Channel statistics
Popular in the channel
Baxt izlab 1Oqism Lola uyiga qaytdi. Ammo qaytganidan afsuslandi. Chunki dadasining qoʻlida u o...
Baxt izlab — juda qattiq tepar ekansanku a shaytoncha.... - nima shayton men senga kimman bir ...
Baxt izlab 6qism U xonasiga qaytib behol joyiga oʻtirdi. Shunda Shahrizoda keldi. - ahvoling ya...
Shu hikoyani ham shu kanalda boshlaymi.... Ha zoʻr boʻlardi Yoʻq kerakmas
Baxt izlab 5qism Ular bozorga borib telefon sotiladigan doʻkonga bordi. U yerda telefonlar koʻp...
Otomatik - 77.95.201.42
CloudFlare DNS
Türk Telekom DNS
Google DNS
Open DNS
OSZAR »