Банкирларга иш


Channel's geo and language: Uzbekistan, Uzbek
Category: Career


Бу ерда мамлакатимиздаги актуал бўш иш ўринлари тўғрисида эълонлар жойлаб борилади.
Алоқа: @Ishbankbot
Тижорий ҳамкорлик: @arslonpr
Здесь представлены объявления об актуалных вакансиях в нашей стране.

Related channels  |  Similar channels

Channel's geo and language
Uzbekistan, Uzbek
Category
Career
Statistics
Posts filter


💼 NBU ishga taklif qiladi!

O’zbekiston Milliy banki Toshkent shahar BXM/BXO lariga kassir lavozimiga Oliy malumotli mutaxassislarni izlamoqda.

✔️ Asosiy talablar:

🔹Kompyuter ofis dasturlari va kassa terminali bilan ishlash
🔹 Asosiy bank operatsiyalari va jarayonlarini bilish
🔹 Oliy malumotga ega bo`lish, yosh chegarasi 30 yoshgacha

Rivojlantiruvchi muhit, raqobatbardosh daromad va malakali mutaxassislardan tashkil topgan ilg’or jamoaning bir qismiga aylanish imkoni sizni kutmoqda.

Batafsil ma'lumot va rezyume yuborish uchun

@ishbank

8.8k 0 161 15 18

Биз ўзимизга нимани раво кўрсак, сизларга ҳам шуни раво кўрамиз.

Телеграмда сифатли контент топиш сомон ичида игна излашдек мушкул. Биз эса сиз учун бу ишни осонлаштирдик — энг сара блогларни жамладик!

Бир-бирини такрорламайдиган, хабарлари билан чарчатмайдиган ва фойдали маълумот берувчи блоглар рўйхати сиз учун тайёр.

Биз энг яхшиларини сизга илиндик — сиз эса яқинларингизга улашинг!👇👇👇

👉 https://t.me/addlist/uavg5tjM_vJiYzgy 👈


🏦  Mikrokreditbank ATB
            Farg'ona hududiy boshqarmasiga

Quyidagi yo'nalishga ishga taklif etadi:

Kreditlarni boshqarish (KAD) va monitoring bo'limi boshlig'i - 1 ta
Kreditlarlarni boshqarish (KAD) va monitoring sho'basi yetakchi mutaxassis - 2 ta
Ijtimoiy kreditlar sho'basi bosh mutaxassis - 1 ta
Davlat dasturlari va ijtimoiy kreditlar bo'limi bosh mutaxassis - 1 ta
Menejer (Maxalla bankiri) - 1 ta

Talablar:
🔹Tugallangan Iqtisodiy oliy ma’lumot
🔹 Bank tizimida uzluksiz kamida 2 yillik mehnat faoliyat (kredit bo'limlarda)
🔹Kompyuter savodxonligi (MS Office dasturlari).
🔹 25 dan 40 yoshgacha

Imkoniyatlar:
✅ Kasbiy rivojlanish
✅ Doimiy ish o'rni
✅ Axil jamoa
✅ Har oy KPI mukofot puli

Rezyumelarni  👇
99899 999 77 74
Telegram manzilga yuboring.

Dushanba - Juma
9:00 - 18:00 ga qadar ish vaqti

@ishbank


🏦  Mikrokreditbank ATB
            Qo'qon bank xizmatlari markaziga

Quyidagi yo'nalishga ishga taklif etadi:

Kreditlarni boshqarish (KAD) va monitoring sho'basi bosh mutaxassis - 1 ta

Talablar:
🔹Tugallangan Iqtisodiy oliy ma’lumot
🔹 Bank tizimida uzluksiz 3 yillik mehnat faoliyat (kredit bo'limlarda)
🔹Kompyuter savodxonligi (MS Office dasturlari).
🔹 25 dan 40 yoshgacha

Imkoniyatlar:
✅ Kasbiy rivojlanish
✅ Doimiy ish o'rni
✅ Axil jamoa
✅ Har oy KPI mukofot puli

Rezyumelarni  👇
@salsabil0119
Telegram manzilga yuboring.

Dushanba - Juma
9:00 - 18:00 ga qadar ish vaqti

@ishbank


Хочешь погрузиться в мир IT и понять, как всё работает “под капотом”?
Стажировка в Капиталбанке — твой шанс получить опыт  работы в самом известном Банке страны.

💻Что ты будешь делать:
- изучишь, как работает API и научишься “разговаривать” с банком на техническом языке;
- поработаешь с документацией Swagger/OpenAPI, разберёшься в эндпоинтах и запросах. Всё серьёзно — но с нашей поддержкой;
- составишь тест-кейсы, чтобы убедиться, что всё работает как надо;
- будешь думать как пользователь — и как тот, кто проверяет систему на прочность;
- проведёшь ручное тестирование через Postman или Insomnia;
- сделаешь первые шаги в написании автотестов с помощью Python и библиотек вроде requests или pytest.

🥷Что мы ждём от тебя:
- базовое понимание, как работает API (даже если только на уровне “я слышал про это”);
- желание разобраться в реальных задачах и получить ценный опыт.

🔥Что ты получаешь:
- наставничество и живую практику — не просто читать, а пробовать;
- гибкий график 5/2;
- работа в классном офисе со спортзалом;
- шанс перейти на джуниор-позицию и остаться в команде и много других не скучных задач.

Наша Катя очень ждёт ваших резюме: @katya_makarchenko

❤️Капиталбанк - место, где вырастают успешные люди!

🇺🇿

IT dunyosiga sho‘ng‘ib, hamma narsa "kapot ostida" qanday ishlashini tushunishni xohlaysizmi?
Kapitalbankda stajirovka o‘tash - mamlakatimizning eng mashhur bankida ish tajribasi olish imkoniyatingizdir.

Siz quyidagilarni amalga oshirasiz:
- API qanday ishlashini o‘rganasiz va bank bilan texnik tilda "muloqot qilish"ni o‘zlashtirasiz;
- Swagger/OpenAPI hujjatlari bilan ishlaysiz, endpoint va so‘rovlarni tushunib olasiz. Bu jiddiy ish - ammo biz yordam beramiz;
- barcha narsalar to‘g‘ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun test holatlarini tuzasiz;
- foydalanuvchi sifatida ham, tizimning ishonchliligini tekshiruvchi sifatida ham fikrlaysiz;
- Postman yoki Insomnia orqali qo‘lda sinov o‘tkazasiz;
- Python hamda requests yoki pytest kabi kutubxonalar yordamida avtomatik testlar yozishda dastlabki qadamlarni qo‘yasiz

🥷Sizdan kutamiz:
- API qanday ishlashi haqida asosiy tushuncha (hatto "bu haqda eshitganman" darajasida bo‘lsa ham);
- haqiqiy vazifalarni o‘rganish va qimmatli tajriba orttirish istagi.

🔥Siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:
- ustoz va amaliy tajriba — shunchaki o‘qish emas, balki sinab ko‘rish;
- moslashuvchan 5/2 ish jadvali;
- sport zali mavjud zamonaviy ofisda ishlash;
- kichik mutaxassis lavozimiga o‘tish, jamoada qolish imkoniyati va boshqa ko‘plab qiziqarli vazifalar.

Bizning Katya sizning rezyumeingizni sabrsizlik bilan kutmoqda:
@katya_makarchenko

❤️Kapitalbank - muvaffaqiyatli insonlar shakllanadigan mskan!


Ўзбекистоннинг етакчи молиявий институтларидан бири – Ўзсаноатқурилишбанк 2025 йилга кучли старт берди!

Ўзсаноатқурилишбанк жорий йилнинг 1-чораги якунлари бўйича банк секторида юқори кўрсаткичларга эришди. Хусусан,
 
Банк тизимидаги етакчилик:

• Активлар ўсиши;
• Депозитлар ўсиши;
• Юридик шахслар депозитлари ўсиши бўйича.

 
Ўзсаноатқурилишбанк – иқтисодий барқарорлик ва замонавий молиявий ечимлар кафолати!
_________

JSCB “Uzbek Industrial and Construction Bank” is one of Uzbekistan’s leading financial institutions, has made a strong start in 2025!

Uzbek Industrial and Construction Bank has achieved impressive results in the banking sector based on Q1 current year performance. In particular:

Market leadership in the sector:

• Growth in assets;
• Growth in deposits;
• Growth in corporate deposits.


Uzbek Industrial and Construction Bank – a guarantee of economic stability and modern financial solutions!

Манба | Source

@ishbank


NBU

🎓 Xorazm viloyati Bosh boshqarmasi BXM/BXOlariga mutaxassis (stajyor) lavozimiga tanlov asosida qabul e’lon qilamiz!

Bank sohasida professional rivojlanishga va muvaffaqiyatli karyera sari qadamni NBU bilan boshlashga tayyor boʻlsangiz, bu imkoniyat siz uchun.

📍 Nomzodlar uchun talablar:

🔹 Iqtisodiyot yoʻnalishida tugallangan oliy ma’lumotga ega boʻlish (yoki bitiruvchi kurs)
🔹Yosh chegarasi — 30 yoshgacha

Ariza topshirish.

@ishbank

20.3k 3 131 16 26

Angren shahridagi ANORBANKga qo’shiling!

Biz Bankimiz bilan rivojlanishga, mamlakatning raqamli muhitini o’zgarishga va mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko’rsatishga tayyor bo’lgan iqtidorli xodimlarni qidirmoqdamiz.
26-27 may soat 9:00 dan 18:00 gacha ochiq eshiklar kuni o’tkaziladi.

☑️Hozirda mavjud bo‘lgan vakansiya:

▪️Korporativ sotuvlar va xamkorlik dasturi bo'limi boshlig'i bo'sh ish o'rni mavjud.

▪️Chakana sotuv bolimi boshligi bo'sh ish o'rni mavjud.


Vakansiya haqida batafsil ma’lumot uchun:⬇️ Abdurashid Baymatov :+998998941280 Telegram: @Angren_Abdurashid Manzil: Angren shahar 6/4 daxasi Amur Temur ko'chasi

@ishbank


"Туронбанк" АТБ томонидан мижозлар билан очиқ мулоқотлар давом эттирилмоқда

Жорий йилнинг 21 май куни "Туронбанк" АТБ раҳбарияти вакиллари Қашқадарё вилоятининг Қарши шаҳрида тадбиркор ва мижозлар билан учрашув ўтказди. Учрашувда Банк Бошқаруви раиси ўринбосарлари иштирок этиб, вилоятдаги тадбиркорлар ва банк мижозлари билан бевосита мулоқот олиб боришди.

Учрашув илиқ ва очиқ руҳда ўтди. Қатнашчиларнинг ҳар бир мурожаати диққат билан тингланди. Кўтарилган масалаларнинг бир қисми жойида ҳал этилди, қолганлари эса тегишли тартибда кўриб чиқилиши ва назоратга олиниши учун мутасадди раҳбарларга юборилди.

"Туронбанк" АТБ бундан кейин ҳам мижозлар билан тўғридан-тўғри мулоқотни давом эттиради ва уларнинг фикр-мулоҳазалари асосида хизмат сифатини янада яхшилашга интилади.

@ishbank


Forward from: OpenCard
✔️ Kuniga 2 milliard so'mdan ziyod!

Open muddatli to'lov kartasi egalari har kuni shunday miqdorda xaridlarni amalga oshirib kelishadi. Hamkor do'konlar tarmog'i kengayib, xizmatlar doirasi, qolaversa, mijozlar soni ham tobora ko'paymoqda.

Open bilan xarid qilish va sotish barcha uchun manfaatli, ayniqsa:

- mijozlarga 75 million so‘mgacha bo'lgan eng yuqori muddatli to'lov limiti ajratiladi, boshlang'ich to'lovsiz, jarima va penyalarsiz darhol xarid qilish mumkin;
- hamkor do'konlarga qulay shartlar va reklama taraflama yordam ko'rsatiladi.

Hoziroq Open hamkoriga aylaning, zero biz hamma uchun ochiqmiz!

📨 @OpenRassrochka



18.8k 5 104 10 27

Ўзсаноатқурилишбанк ёшлар иқтисодиётига стратегик сармоя киритиш йўлида муҳим қадам ташлади

Лондонда ўтказилган Европа тикланиш ва тараққиёт банки (ЕТТБ) йиғилишида Ўзсаноатқурилишбанк ва ЕТТБ ўртасида “Ёшлар бизнесда” дастури доирасида 25 миллион АҚШ долларига тенг ҳамкорлик битими имзоланди. Ушбу маблағ 35 ёшгача бўлган тадбиркорларга миллий валютада қулай шартларда тақдим этилади ва уларга халқаро даражадаги техник кўмак ҳам кўрсатилади.

Маълумот учун: банк томонидан шу кунга қадар ёшларнинг 56 та тадбиркорлик лойиҳасига 50,2 млрд сўмлик кредит ажратилган бўлиб, бу кўрсаткич ўсиб бормоқда. Ёш оилаларга ажратилган ипотека кредитлари ҳажми эса 7,5 триллион сўмга, талабаларга берилган таълим кредитлари миқдори 385,7 миллиард сўмга етди.

Масалан, Сурхондарё вилоятида ёшлар тадбиркорлигини қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилган “Тинчлик” тадбиркорлик ва саноат зонасида 19 та янги лойиҳага 18,3 млрд сўмлик молиявий кўмак кўрсатилган. Бундай кенг кўламли саъй-ҳаракатлар орқали Ўзсаноатқурилишбанк ёшларнинг иқтисодий ва ижтимоий барқарорлигини таъминлашда ишончли ҳамкор сифатида фаолият олиб бормоқда.

Манба

@ishbank


Kapitalbank

Xaridlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis izlamoqda.

Sizning kelajakdagi vazifalaringiz:
🔸Belgilangan reglamentlarga muvofiq tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish uchun tushgan so‘rovlarni qayta ishlab chiqish;
🔸Tender, tanlov va boshqa xarid tartib-taomillarini tashkil etish, tayyorlash va ularda ishtirok etish;
🔸Xarid jarayonlari natijalariga ko‘ra, shu jumladan chet ellik ta’minotchilar bilan shartnomalarni tayyorlash, kelishish va rasmiylashtirish;
🔸Xarid natijalarini tahlil qilish va yaxshilash.

Sizning tajribangiz biz uchun muhim, rezyumeni esa Karina Akopyanga yuborishingiz mumkin [email protected]

@ishbank


💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

➡Samarqand viloyati filiali boshlig‘i


Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 12-may 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

@ishbank


NBU

Navoiy viloyati Bosh boshqarmasi huzuridagi Qiziltepa BXMda yangi ish oʻrni

O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki sizni Navoiy viloyati Bosh boshqarmasi huzuridagi Qiziltepa BXM uchun resepshn bo‘yicha mutaxassisi lavozimiga taklif etadi.

Asosiy vazifalar:
🔹 Mijozlarni kutib olish va bank haqida dastlabki ijobiy taassurotni shakllantirish
🔹 A’lo darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va bank standartlariga rioya etilishini nazorat qilish
🔹 Xodimlarning ichki tartib-qoidalarga amal qilishi va intizomni nazorat qilish

📩 Batafsil ma’lumot olish va rezyume yuborish uchun

@ishbank


Биз ўзимизга нимани раво кўрсак, сизларга ҳам шуни раво кўрамиз.

Телеграмда сифатли контент топиш сомон ичида игна излашдек мушкул. Биз эса сиз учун бу ишни осонлаштирдик — энг сара блогларни жамладик!

Бир-бирини такрорламайдиган, хабарлари билан чарчатмайдиган ва фойдали маълумот берувчи блоглар рўйхати сиз учун тайёр.

Биз энг яхшиларини сизга илиндик — сиз эса яқинларингизга улашинг!👇👇👇

👉 https://t.me/addlist/uavg5tjM_vJiYzgy 👈


🏦 Ўзсаноатқурилишбанк балансидаги мол-мулклар бозор баҳосида сотилади

Банк 2025 йил 1 майдан бошлаб, ўз балансидаги бино-иншоотлар, технологик ускуналар ва бошқа мол-мулкларни бозор қийматида сотувга чиқарди.

📌 Мулклар рўйхати билан ушбу ҳавола орқали танишишингиз мумкин: https://sqb.uz/uz/catalog/

🔹 Банк, шунингдек, ушбу активлар асосида тўхтаб қолган ишлаб чиқариш ёки хизмат кўрсатиш фаолиятини қайта тиклаб, тайёр бизнес сифатида сотиш ёки инвесторлар билан ҳамкорликда фаолият юритиш таклифларини ҳам кўриб чиқишга тайёр.

📩 Маҳаллий ва хорижий инвесторлардан мақбул таклифлар қабул қилинади.

📄 Асос: Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-142-сон Қарори, 15.04.2025 й.


@ishbank


Fargʻonadagi ANORBANK jamoasiga qo‘shiling!

Biz Bankimiz bilan rivojlanishga, mamlakatning raqamli muhitini o’zgarishga va mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko’rsatishga tayyor bo’lgan iqtidorli xodimlarni qidirmoqdamiz.
29-dan — 5-may kadar soat 09:00 dan 18:00 gacha Fargʻona shahrida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi.

📍Biz quyidagi manzilda sizni kutamiz:
Farg'ona shaxar Ma'rifat MFY, Ma'rifat ko'chasi 5/3-uy
Orientir Farg'ona viloyat majburiy ijro byurosi


Hozirda mavjud bo‘lgan vakansiya:
• Mutaxassis,Yetakchi mutaxassis, Bosh mutaxassis (undiruv va majburiy ijro yo‘nalishida)
Yuridik mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i


Bank sohasida ishlashga qiziqasizmi? O‘z salohiyatingizni ochish va professional rivojlanish imkoniyatlarini qidiryapsizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

Vakansiya haqida batafsil ma’lumot uchun:⬇️
+998332805303 — Sardor Zokirjonov
Telegram:@Zokirjonov_Sardorbek

@ishbank


ASAKABANK

🔺Hurmatli obunachilar!
Tavakkalchilikni boshqarish departamenti direktori (CRO – Chief Risk Officer)
lavozimiga bo'sh ish o'rni uchun tanlov e'lon qilinganini ma'lum qilamiz!

📅 Rezyumeni topshirish muddati: 2025-yil 14-maygacha (shu sanani o‘z ichiga olgan holda)
📤 Rezyumelarni quyidagi pochta manziliga yuboring:
[email protected]

@ishbank


Asakabank

Ichki audit departamenti direktori - Bosh auditor
lavozimiga bo'sh ish o'rni uchun tanlov e'lon qildi

📅 Rezyumeni topshirish muddati: 2025-yil 14-maygacha (shu sanani o‘z ichiga olgan holda)

📤 Rezyumelarni quyidagi pochta manziliga yuboring:
[email protected]

@ishbank

32k 2 119 22 33
20 last posts shown.
OSZAR »