Rustam Qoriyev | Ingliz tili


Channel's geo and language: Uzbekistan, Uzbek
Category: Linguistics


«Ibrat Farzandlari» bilan xorijiy tillarni mutlaqo bepul, oson va kreativ usulda oʻrganamiz
🇺🇿🇬🇧🇷🇺🇹🇷🇸🇦🇪🇸🇮🇹🇩🇪🇫🇷🇨🇳🇯🇵🇰🇷🇮🇳

Related channels  |  Similar channels

Channel's geo and language
Uzbekistan, Uzbek
Category
Linguistics
Statistics
Posts filter


Video is unavailable for watching
Show in Telegram

973 0 1 17 57

Video is unavailable for watching
Show in Telegram

1k 0 1 12 60

Video is unavailable for watching
Show in Telegram
🎯 INGLIZ TILINI O‘RGANISH: AVVAL ONG OSTINGNI O‘ZGARTIR!

Assalomu alaykum, do‘stlar!
Men ko‘p yillar davomida o‘zim ham ingliz tilini o‘rganish, boshqalarni o‘rgatish jarayonida bir haqiqatni chuqur tushundim:

Ingliz tilini o‘rganish — bu faqat grammatika va so‘z yodlash emas. Bu avvalo ong osti darajasida o‘z fikrlaringizni, ishonchingizni o‘zgartirishdir.

Ko‘pchilik til o‘rganuvchilar quyidagi “ong osti bloklari” tufayli sustlashadi:

🚫 “Men ingliz tilini o‘rgana olmayman.”
🚫 “So‘zlarni eslab qola olmayman.”
🚫 “Talaffuzim yaxshi chiqmayapti.”
🚫 “Menga til o‘rganish qiyin.”

Aslida esa, ong osti — bu sizning yashirin kompyuteringiz. Agar unga to‘g‘ri “kod” yozsangiz, ingliz tili siz uchun qulay va oson jarayonga aylanadi.



💡 Ong ostini o‘zgartirish texnikalari:

1️⃣ Ijobiy kodlarni kiritish:
• Har kuni ertalab va kechqurun 5 daqiqa davomida shunday affirmatsiyalar ayting:
• “Men ingliz tilini tez va oson o‘rganyapman.”
• “Ingliz tili menga zavq va imkoniyat olib kelmoqda.”
• “Mening miyam tilni tez qabul qiladi.”

2️⃣ Tasavvur qilish (vizualizatsiya):
Ko‘zlaringizni yuming va o‘zingizni ingliz tilida bemalol gapirayotganingizni, xorijlik do‘stlaringiz bilan muloqot qilayotganingizni tasavvur qiling.

3️⃣ Mini-g‘alabalarni ong ostiga singdirish:
Har bir o‘rganilgan yangi so‘z yoki jumla uchun o‘zingizni maqtang.
👉 “Men buni qildim! Mening miyam kuchli!”

4️⃣ Qo‘rquv va uyatchanlikni ong ostidan olib tashlash:
Til o‘rganishda xatolarga yo‘l qo‘yish — bu tabiiy. Ong ostingizga shunday kod yozing:
👉 “Xatolar — o‘sishimning kaliti.”



Esda tuting:

Ong ostingiz o‘zgarsa — til sizga ochiladi.

Men o‘zim ham ingliz tilini o‘rganishda aynan shunday ichki kuch va metodikani ishlatganman. Shuning uchun sizga ham bu yo‘lni tavsiya qilaman.



🔥 Agar siz ham ingliz tilini tezroq, ong ostini to‘g‘ri dasturlab o‘rganishni istasangiz — yangi “Super Start” metodikamizga qo‘shiling.

📩 Menga “Men tayyorman” deb yozing — va siz uchun maxsus dastur bilan boshlaymiz!

1.5k 0 19 57 56

Video is unavailable for watching
Show in Telegram


🤩 Izohlardagi barcha takliflarni ko'rib chiqib, kelishilganidek 10 ta g'olibni e'lon qilamiz!

1. @Raxim_1001 – ilovadagi video darsliklar bo'yicha grammatik qo'llanmalar yaratish bo'yicha taklif;
2. @Beh_uzbek – butun Respublika bo'ylab o'quv markaz filiallarini ochish, ilova bo'yicha yangilanishlar bo'yicha taklif
3. @Ibrohimov_Ahmadillo – lecture note'larni yanada rivojlantirish bo'yicha taklif;
4. @Fire_teacher – "Super Start"ni tugatganlar uchun har xil forumlarga yo'llanma berish bo'yicha taklif;
5. @Boram_k – ilovaga alohida audio bo'limini qo'shish bo'yicha taklif;
6. @ogabeyqudratov – dasturlashga asoslangan darsliklarni yo'lga qo'yish bo'yicha taklif;
7. @Snowman0119 – viloyatdagi maktablarda to'garaklar tashkil qilish bo'yicha taklif;
8. @aql_4 – "Ibrat Hub" va mini-inkubatsion dastur bo'yicha taklif;
9. @meeeo4 – ilovaga motivatsion tizimni kiritish bo'yicha taklif;
10. E'zoza (username yo'q) – karaoke tizimini tashkillashtirish bo'yicha taklif;


🎯 Barcha g'oliblarga Rustam Qoriyevning mualliflik ingliz tili kitoblari sovg'a qilinadi! G'oliblarga 24 soat ichida aloqaga chiqiladi.

⚡️ Faol qatnashgan barchaga rahmat!

2k 0 6 24 39

📣 IBRAT FARZANDLARI LOYIHASI BO‘YICHA TAKLIFLAR QABUL QILINADI!

Assalomu alaykum, hurmatli do‘stlar!

Bugungi kunda “Ibrat Farzandlari” loyihasi minglab yoshlar, oila va jamoalar hayotida katta o‘zgarishlar qilmoqda. Biz bu harakatni yanada samarali va keng ko‘lamli qilish yo‘lida doimo izlanishda davom etamiz.

Shu maqsadda sizga — mening eng faol auditoriyamga murojaat qilmoqchiman.

📌 Taklif mavzusi:
“Ibrat Farzandlari” loyihasi rivoji uchun o‘z fikr va takliflaringizni yuboring.

💡 Takliflaringiz quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin:
• Yangi o‘quv dasturlari va kurslar
• Kontent va media loyihalarini rivojlantirish
• Marketing va auditoriyani kengaytirish
• Ijtimoiy tashabbuslar va hamkorlik loyihalari
• Innovatsion texnologiyalar, servis va platformalar

📝 Shartlar:
• Takliflar aniq, amaliy va professional bo‘lishi lozim.
• Fikrlar qisqa va tushunarli shaklda yozilishi kerak.
• Har bir taklif loyihamizga haqiqiy foyda keltirishi kerak.

Muddat:
Takliflar 3 kun davomida (14 Iyun sanagacha) qabul qilinadi.

🎁 Mukofot:
Tanlab olingan eng yaxshi 10 ta taklif egasiga men shaxsiy imzo va tilaklarim bilan “Ibrat Farzandlari” kitobimni sovg‘a qilaman.

📩 Takliflaringizni ushbu post ostida yoki shaxsiy xabarda yuborishingiz mumkin.

💬 Sizning fikringiz — loyihamiz kelajagida muhim o‘rin tutadi!

👉 Birgalikda yanada kuchliroq “Ibrat Farzandlari” harakatini yaratamiz!

Hurmat bilan,
Rustam Qoriyev

4.4k 0 11 72 60

"Ibrat farzandlari" uchun sotuv menejerlari kerak

Talablar: 
— Yosh chegarasi: 19-26
— 11:00-20:00 | 14:00-21:00 6/1 oflayn ishlay olishi
— Grafikga moslashish (ish grafigi qat’iy)
— Ta’lim loyihalarda sotuvda ishlagan bo'lishi
— Kamida 6 oylik tajriba
— O'zbek tilida erkin muloqot qila olishi
— Ingliz tilini bilishi ustunlik beradi.

Vazifalar:
— Sotuv rejasini bajarish 
— Telefon orqali mijozlarga mahsulotni taqdim qilish
— Shaxsiy va professional o'sishga intilish

Biz sizga nima beramiz:
— Shaxsiy rivojlanish imkoni
— Kunlik bonuslar
— TOP menejerga xorijga sayohat yo'llanmasi
— Jamoa bilan TEAM BUILDING
— Ishlash uchun barcha sharoitlar

Maosh: suhbat jarayonida bildiriladi

Murojaat uchun: @ibrat_hr (CV yuboring)

P.S. Onlayn ish yo'q. Toshkent shahri!

9.2k 0 19 29 40

Assalomu alaykum, aziz bitiruvchi do‘stlarim!

Bugun sizlar uchun muhim kun. Ortingizda qolayotgan — bolalik, sinfdoshlik, ustozlik, darsliklar… Oldingizda esa — hayot. Ko‘proq savollar, ko‘proq tanlovlar va, albatta, katta imkoniyatlar.

📚 Maktab sizga bilimlar berdi.
👨‍🏫 Ustozlar sizga yo‘l ko‘rsatdi.
❤️ Endi esa navbat sizda — kim bo‘lishni tanlash, qanday yashashni belgilash va o‘zingizni topish!

Men, Rustam Qoriyev, sizga bitta oddiy, ammo hayotingizni o‘zgartiradigan maslahat bermoqchiman:

Har kuni o‘z ustingizda ishlang. Har kuni yangi bir so‘z o‘rganing.

Dunyo sizdan daholik kutmaydi. Dunyo sizdan chin yurakdan harakat qilishni kutadi.

🎯 Bugun orzu qiling.
🚀 Ertadan harakatni boshlang.


Sizlar — kelajakdagi ustozlar, shifokorlar, olimlar, ixtirochilar, liderlar bo‘lasiz. Lekin eng muhimi — yaxshi inson bo‘lishni unutmang.

🌟 Bu hayotda eng katta diplom — sadoqatli qalb va doimiy o‘rganishga tayyor ongdir.

Yodingizda bo‘lsin, bu oddiy yakun emas — bu buyuk bir boshlanish.

Sizga ishonsam bo‘ladi!
Siz bu yurt kelajagisiz!
Siz – Ibrat Farzandlarisiz!

10k 0 14 20 112

Forward from: Ibrat Farzandlari
👍 Ingliz yoki Rus tilini o'rganishni hozir boshlamoqchi bo'lganlar, chegirma promokodini bilmoqchimisiz?

Unda sizga "Ibrat farzandlari"ning sotuv bo’limi yordam beradi:
+998 78 555 55 05


VAQT — eng qimmat boylik.

Ko‘p narsa pul bilan o‘lchanadi, lekin vaqt — qaytmaydigan, sotib olib bo‘lmaydigan, eng bebaho ne’mat. Afsuski, ko‘pchilik bu haqiqatni juda kech anglaydi…

Bugungi dunyo e’tiborni chalg‘ituvchi narsalarga to‘la: telefon, serial, ijtimoiy tarmoqlar… Ammo yutuqqa faqat bir narsa orqali erishiladi — focus, ya’ni diqqatni jamlay olish.

Kimdir 1 yilda til o‘rganadi, kimdir 1 kunda orzusi sari bir qadam qo‘yadi. Farq — iste’dodda emas, diqqatda va vaqtdan to‘g‘ri foydalanishda.

Yoshliging — eng katta imkoniyating. Bugun sen kuchli o‘rgan, sabrli bo‘l, vaqtni qadrlagin. Chunki ertangi natijang — bugungi tanlovingga bog‘liq.

Bugun o‘zing ustida ishlagin, ertaga dunyo sening ustingda ishlasin.


Video is unavailable for watching
Show in Telegram


Video is unavailable for watching
Show in Telegram


Video is unavailable for watching
Show in Telegram


"Ibrat farzandlari" uchun sotuv menejerlari kerak

Talablar: 
— Yosh chegarasi: 19-26
— 11:00-20:00 | 14:00-21:00 6/1 oflayn ishlay olishi
— Grafikga moslashish (ish grafigi qat’iy)
— Ta’lim loyihalarda sotuvda ishlagan bo'lishi
— Kamida 6 oylik tajriba
— O'zbek tilida erkin muloqot qila olishi
— Ingliz tilini bilishi ustunlik beradi.

Vazifalar:
— Sotuv rejasini bajarish 
— Telefon orqali mijozlarga mahsulotni taqdim qilish
— Shaxsiy va professional o'sishga intilish

Biz sizga nima beramiz:
— Shaxsiy rivojlanish imkoni
— Kunlik bonuslar
— TOP menejerga xorijga sayohat yo'llanmasi
— Jamoa bilan TEAM BUILDING
— Ishlash uchun barcha sharoitlar

Maosh: suhbat jarayonida bildiriladi

Murojaat uchun: @ibrat_hr (CV yuboring)

P.S. Onlayn ish yo'q. Toshkent shahri!


Forward from: Alisher Sadullaev
Video is unavailable for watching
Show in Telegram
⚡️Kecha BMTning ECOSOC Yoshlar Forumida O‘zbekiston yoshlari nomidan nutq so‘zladim.

Prezidentimizning yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlari, ular bilan olib borilayotgan doimiy muloqot va ilgari surilayotgan yechimlarni ham ta’kidlab o‘tdim.

Ishonchim komil, O‘zbekiston yoshlari uchun imkoniyatlar soni kengayishda davom etadi va albatta yoshlarimiz ham bu jarayonda faollik, mas’uliyat bilan ishtirok etadilar!

@alisher_sadullaev

9k 0 11 12 72

Men AQShda bo‘lib o‘tayotgan ECOSOC (Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash) doirasidagi muhokama dasturida yoshlar bilan uchrashdim.

Bu uchrashuvda barqaror taraqqiyot, iqlim o‘zgarishi va yoshlarning global o‘zgarishlardagi roli haqida fikr almashdik.
Meni quvontirgani — dunyo bo‘ylab yoshlarda birdamlik, tashabbus va ijobiy ta’sir yaratishga bo‘lgan intilish nihoyatda kuchli!

“Ibrat Farzandlari” sifatida, biz ham global sahnaga chiqishimiz, o‘z fikrimiz, tashabbusimiz va g‘oyalarimiz bilan dunyoni yaxshilashda ishtirok etishimiz zarur!

10k 0 6 11 180


11k 0 38 8 157

Sevimli ustozingiz Rustam Qoriyevdan yangi bepul so’zlashuv darslarini qabul qilib oling!

👍 “Ibrat farzandlari”dan siz uchun ajoyib yangilik!

Endi siz Rustam Qoriyevdan ingliz tilida so’zlashuv uchun xorijiy mamlakatga borganingizda kerak bo‘ladigan bilimlarni olishingiz mumkin.

📺 Yangi darsimiz mavzusi: AIR TRAVEL

Do‘stlar bilan ulashishni esdan chiqarmang, zero bilim ulashish xayrlidir!

@ibratfarzandlari

9.9k 0 19 18 80

Forward from: Ibrat Farzandlari
Video is unavailable for watching
Show in Telegram
Prezidentimiz "Rustam, men senga ishonaman, bolam", dedilar

@ibratfarzandlari

10.3k 0 14 22 141

"Maqsadingizni bugun aniqlang!
Bugunoq ilk qadamni tashlang!"


"Ibrat Farzandlari" loyihasi rahbari - Rustam Qoriyev "O'zbekiston-2030" strategiyasining 30-maqsadi haqida

Batafsil YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin!

@ibratfarzandlari

10.4k 0 22 19 112
20 last posts shown.
OSZAR »