RENESSANS group


Channel's geo and language: Uzbekistan, Uzbek
Category: Esoterics


BAXT - mening mayog‘im!
Doim U tomon yuraman
☘️, Pedagog, florist va o‘ta erkin ijodkor DILNOZA HASANOVNAning shaxsiy rivojlanuvchilar va õzini isloh qilish yõlidagi qalbdoshlar kanali🧚
Aloqa uchun: @DilnozaHasanovnaa

Related channels  |  Similar channels

Channel's geo and language
Uzbekistan, Uzbek
Category
Esoterics
Statistics
Posts filter


Xayrli tun tiladim har biringizga.

O‘ylab qoldim, nechtasiz bu yerda? 10, 20, 40,
Nega bu yerdasiz? Sizni nima ushlab turibdi?

Bilmayman, bilmaydigan behadliklarim ichida bu ham bor.
Nima bo‘lsa ham salomat bo‘ling baxtimga. Kimdir tinglayotgani, o‘qib sevingani va yo mahzun tortgani uchun baxtliman.


#dilnozabilan

Men harakat qilaman buyog‘iga yanada yuksalishga. Olloh berdiku yana bir yoshni, yana bir imkonni.
Intilaman har kuni kechagidan bir palla yuqorilashga.
Tirashaman meniki bo‘lgan cho‘qqilarni zabt etishga.
Unutaman qalbimni zada qilgan har kasni va yo‘latmayman yonimga.
Kibrimni, jismimni emas, ruhimni oziqlantirishga bel bog‘layman.

Men eplolmaymanmi???


#dilnozabilan

33 yoshimni kuzatib qo‘ydim bugun. Ichimdan nimalar o‘tdi deb o‘ylaysiz???

34 yoshimni ostonasida o‘tiribman yosh boladay mo‘ltirab, yo bir keksadek mung‘ayib.

Ilm olish, kitob o‘qish bilan kiradigan aql boshqa ekanuuu, yoshing to‘lgani sari kiradigan es boshqa ekan. Bu ES matematika qonunlaridek aniq va isbotli ekan.
2×2=4 ekani sening xohishingga bog‘liq emas ekan. Sen uni qabul qilasan bas.

Hoy, Dili deb o‘zimga savollar berib turibman. O‘tgan 365 kundan olgan qaymoq saboqlaringni qaynoq fe'lingni singdir deyman o‘zimga o‘zim.

Shukr qilaman o‘tgan yilimga. Men bu yoshimda bebaho boyliklar ila siylandim.

Bildim hayotning asosi shu ekan: Biz toabad bu dunyo uyida sinovda ekanmiz. "Biz insonni mashaqqat uchun yaratdik!" degan jumlani o‘qiganimda menga adolatsizlik bo‘lib tuyulgan g‘o‘r davrim o‘tibdi. Hayotni mohiyatini anglab qolibman ancha. Ulg‘ayibmana deyman o‘zimga. Fe'limda bosiqlikka da'vo bor. Sevinaman.

Bu yil o‘zimga ikkita tilakni doim tiladim duolarimda.
1.Vaqtimga baraka ber
2.Keng fel ber
Chunki shular menga yetmadi.

So‘ngi kunlarda esa hayotimni tubdan qayta reforma qilishga ehtiyoj sezdim. Qayta tug‘ilishga ehtiyoj sezdim. Va ilk qadamlarimni tashladim.

Bir kunini o‘zgartira olgan inson, butun umrini o‘zgartira oladi, bir sohada muvaffaqiyat qozona olgan inson g‘ayrat qilsa boshqa sohalarda ham cho‘qqini zabt eta oladi deb ishonaman.

Yangi 365 kunga peshvoz chiqyabman. Bu men uchun safar. Yo‘lovchiman men. Istagingingiz bo‘lsa yo‘ldosh bo‘ling. Istamasangiz Oq yo‘l deb qo‘yingki, Ollohim sizning niyatingiz kuchidan yo‘limga yorug‘lik bersin. Chunki mo‘minning mo‘minga qilingan duosi ijobat.

Hech qaytib kelmas o‘ttiz uchinchi bahorim. Sendan minnatdorman. Hech qaytib kelmas ortimda qolgan yoshligimning parchasi sendan minnatdorman.(ko‘zimdagi yoshlarimni to‘xtatolmayabman. Nahotki bizda ORTGA degan imkon yo‘q. Biz umrimizni nimalarga sovurdik. Biz shunchalar uzun yashaymiz deb o‘yladik shekilli g‘amlarga, nafratlarga, araz va ginalarga vaqt ajratdik. Afsuski,bundan keyin ham bularni batamom cheklolmaymiz)


#masalandaaa

Qalblar xohishiga qarab so'rayveradi, Alloh esa, nima yaxshi ekanligiga qarab in'om qilaveradi .
Siz Allohdan so'rang, U esa eng yaxshisini beradi.

Berganiga rozi bo'ling!
Bermaganiga ham!
Berib, so'ngra olganiga ham!!!

@D_Renessans


#dilnozabilan

Yozga aytib o‘tiribman.
Qo‘l oyoqlarimni chigalini YOZ. Taqdirimni go‘zal YOZ, diqqinafas bo‘lib qolgan qalbim qanotlarini YOZ deb.

Kecha oqshom yotibmanuu, o‘zimga vadalar beraman.
Ertadan....
ertadan....
ertadan....

Xullas, niyat yomon bo‘lmadi. Endi buyog‘iga ichki intizomni, qatiyatni yoqish kerak, belni bog‘lash kerak.

O‘tar ekan, yotsang ham tursang ham. Kulsang ham yig‘lasang ham. Shukr qilsang ham, nolisang ham. Lekin inson o‘zidan sal oriyatini ustun qo‘yish kerak ekan deb bildim o‘zim uchun. Shu oriyat sabab toshbaqadek yurib bo‘lsa ham, har kuni bir foiz bo‘lsa ham ilmga, yangilikka intildim. "Ko‘nglim to‘lmagan" bahorda uchta yo‘nalishda parallel ilmlar oldim. Amaliyot qildim. Farzandlarim bilan qadam baqam yuksaldim.

Sarhisob o‘ylarim juda ko‘p.
Endi hamma fokus YOZ faslidagi taqdirimizni go‘zal yashashga qaratilgan. Harakat qilaman kanalda ham ko‘proq ijod qilishga. Qalam ham o‘tmaslashib qolyabdi. Sezgandirsiz


#dilnozabilan

Bizdan moychechakni so‘ragan qalbi oqni qarang. ☺️

Qo‘limizda bo‘lsayu poyingizga sochsak dunyo moychechaklarini deb o‘tiribman.






Mudroq bosgan dilim,
Aytaman bir sir,
Tangri uyquni-da
Pallada tortar.
Uyqu – ham
Nasiyaga berilgan umr,
Uyqung ortgan sayin
Qarzing ham ortar…

Muhammad Yusuf

@D_Renessans


#dilnozabilan

Salom YOZ!
(oldingidek allaqanday tashbihlaru, chaqiriqlar bilan qarshi ololmaganimdan ranjima. Menimcha keksaryabman, va yoki umrimning bir sokin pallasidaman. Sokinlik ham qanday? Osti shiddatkor.)

Ruhimni qarang qancha kechinmalarj bor 😂 jaaa obqochadida demang. Yoki oyog‘i osmondan kelgan bu kutib olish postimdan kulmang.

Men kecha oqshom BAHOR bilan bir muddatga xayrlashdim. Undan oldin esa xayollarimda 3 oylik umrimni sarhisob qildim. Qaniydi oldingidek kundalik yurita olsam, shukronaliklarimni daftarga muhrlay olsam. Hozir beshik quchib o‘tayabdi umrimni yillari. Va taqdirning bundan go‘zal davri yo‘q. To‘g‘ri mashaqqatlari serob. Buning ajri ham serobda Olloh qoshida. Ahir biz ummat o‘stirmayabmizmi?

Bahordan minnatdorligim ko‘p bo‘ldiyuuu, Ko‘nglim cho‘kkan joylari ham yo‘q bo‘lmadi. Shuni o‘yladim. O‘ylarim chuvalashgandan keyin, taslim bo‘la qoldim "MEN DEGANIM BO‘LMASA NIMA, ALLOHNIKI BO‘LDI, BUNDAN XAYRLISI BORMI?" deb.
Hammasiga qo‘l silkib uxlavordim.




Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Ko‘zlar visol orzusida charaqlab...
— Bolam, choying sovib qoldi, — der onang,
O‘ltirasan uyda kitob varaqlab.

Hali sevgi deb atalgan bastakor
Yuragingda torlar chertib o‘tmagan,
Hali hech kim gullar tutib navbahor
Seni visol bog‘larida kutmagan.

Kechalaring osudadir, bir odam —
Yodi bilan band bo‘lmagan o‘ylaring...
«Yosh Verter»ni o‘qib bir kun meni ham —
Sevarmikin kimdir deya o‘ylading.

Gʻoyibona yo‘llaringga intizor,
Allakimning kutishini bilmaysan.
Derazangni chertib senga ilk bahor,
Bir dasta gul tutishini bilmaysan.

Sen ham uni, u ham seni ko‘rmagan,
Qayerdadir yashar lekin dunyoda.
Bog‘lar kezib hech gulga yuz burmagan,
U sen uchun har kimdan ham ziyoda...

Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Qalb orziqib, yor oldiga chopadi...
Qayerdadir seni izlar parvonang,
U albatta seni izlab topadi.

@D_Renessans



13 last posts shown.
OSZAR »