School English Teachers


Kanal geosi va tili: O‘zbekiston, Inglizcha
Toifa: Ta’lim


Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal
"HR Edu-Servis" MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt: www.hasanboy.uz
Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin
Owner: @hasanboy_uz
Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Связанные каналы  |  Похожие каналы

Kanal geosi va tili
O‘zbekiston, Inglizcha
Statistika
Postlar filtri


Maktab o'qituvchisi qanday talablarga mos bo'lishi kerak?

MMTVning 2025 yil 16 maydagi «Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash haqida» 159-sonli buyrug'ida Umumiy oʻrta taʻlim maktabi, ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʻlim maktablari (maktab-internati) oʻqituvchilari uchun lavozim malaka tavsifari belgilangan.
Belgilangan talablar bilan batafsil rasmda tanishishingiz mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿


Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
Inson shu darajada ham sodda bo'ladimi?
Firibgarlar tilla baliq ushlab olishibdiku 😂
Barchangizga ushbu videodagi holat saboq bo'lsin! Hech qachon bunday oson ish ortidan quvmang. Vaqtida to'xtatishni, tanqidiy fikrlashni ham biling!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

26.4k 2 641 196 456

Hammasini birma-bir ketiga tiqishyapti degan rasm...

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

21.8k 2 242 349 838

Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
IELTS da ham cheating avj olyaptimi?

Ishonish qiyin lekin afsuski cheating IELTS atrofida ham kuzatilyapti. Edu-action jamoasi tayyorlagan videoda batafsil shu haqida so'z boradi.
Eng achinarlisi, shunday tadbirkolarning tegirmoniga o'zimiz suv quyamiz. Cheating, qing'irlik, harom yo'llar bizni unchalik ham tashvishga solmay qo'ygan. Aksincha, uddalashyapti qaddini ursin deb qarsak chalib turamiz.
Shu uddaburonlarni deb O'zbekistonda qancha imtihonlar to'xtatildi hozirgi kungacha. Qanchadan qancha odamlar jabrini chekishmoqda.
Do'ppini boshdan olib, o'ylab ko'radigan vaqtlar keldi. Bizning asl maqsadimiz nima: bir parcha qog'ozmi yoki haqiqiy ilm...

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

22.5k 1 342 121 414

Sertifikat darajasini "ko'tarib" beradigan firibgarlar

Oldin bu haqida post qilgan edim. Oxirgi paytlar sertifikatga bo'layotgan talab oshgani sabab, yana shunday firibgarlar qimirlab qolishibdi.
Guruhlarda, kanallarda yoki lichkangizga yozib sertifikatingiz B1 bo'lsa B2, B2 bo'lsa C1 ga ko'tarib beramiz deyishadi.
Sizga ishlaridan namunalar ko'rsatishadi. Namunalarni ko'rsangiz rostanam sizga birinchi B2 sertifikat yubolrishadi, shuni biz C1 qilganmiz istasangiz tekshirib ko'ring deyishadi. Siz kodni skaner qilasiz, rostdanam C1 chiqadi. Lekin sizni hayolizga ham kelmaydiki, u C1 sertifikat aslida original. B2 yasalgan bo'ladi. Ular sizga aksini ko'rsatishadi. Ular sizga sertifikatizni yuborib bizga 1 million to'lov qilasiz, yarmini oldindan yarmini ish bitgandan keyin to'laysiz deyishadi. Tabiiyki bu so'zlar sizni hotirjam qiladi. Yarim to'lovini to'lashga oshiqasiz. Keyin ular yarim pulizni olib sizni bloklab qo'yishadi!
Ogoh bo'ling! Hech kim, absolyutno hech kim sizga balizni o'zgartirib berolmaydi. Buni faqat o'zingiz, o'z ustizda ishlab, qayta imtihon topshirib qilishiz mumkin! Yaqinlarizni ogohlantirib qo'ying!

P.S.: Keyin yana bir gap o'rtoqlar! O'quvchilariz yoki o'zizni sertifikatlarizni ijtimoiy tarmoqlarga shundayligicha qo'yib tashlamang! Ism, familiya, sertifikat raqami, rasm va QR kodni bir qismini berkitib qo'ying, juda qo'ygingiz kelsa! Bo'lmasam firibgarlar bundan foydalanadi. Sizni sertifikatizni olib boshqalarga biz yasab berganmiz deb namuna sifatida ko'rsatishadi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

21.7k 2 202 151 318

❗️ Ba'zi sertifikatlar orasidagi muddat bir yildan oshmasligi lozimligi belgilanmoqda!

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylandi. Qaror matniga quyidagicha qo'shimcha kiritilmoqda:

***umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda toʻlanadi. Bunda taqdim etilgan malaka koʻnikmasi va til bilish sertifikatlari olingan vaqt oraligʻi bir yildan oshmasligi lozim;

Ya'ni bu qo'shimchaga ko'ra, siz 2025-yil 20 sentyabrda TKT sertifikatlarini jamlagan bo'lsangiz, tabiiyki ustama uchun yoniga B2 sertifikat so'raladi. Ushbu B2 sertifikat muddati bilan TKT sertifikatining muddatlari oralig'i bir yildan ko'p bo'lmasligi kerak. Ya'ni B2 sertifikatingiz 2024-yil 20-sentyabrgacha olingan bo'lishi kerak.
Agar bir yildan oshgan bo'lsa, deylik siz 2024-yil mayda yoki avgustda B2 ni olgan bo'lsangiz, bu TKT sertifikatingiz uchun yaroqli bo'lmay qoladi.
Lekin hali bu loyiha bosqichida. Siz loyihaning aynan shu qismiga o'z e'tiroz yoki takliflaringizni bildirishingiz mumkin.

👉 Loyiha matniga fikr bildirish

☝️ Ushbu qaror matni hali loyiha bo'lib, hali rasman tasdiqlanmangan! Qaror rasman imzolangunga qadar u yoki bu o'zgartirishlar kiritilishi mumkin!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

22.6k 2 460 637 535

Aptis imtihoni qaytadimi?

Xabaringiz bor, Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylangan edi.
Ushbu ro'yxatdan aptis sertifikati ham o'rin olgan. Ushbu loyiha taxminan 29-iyul sanasida tasdiqlanadi. Agar loyiha shu ko'rinishda tasdiqlansa, Aptis sertifikati tan olinadi va bir qator imtiyozlarni taqdim etadi.
Aptis bo'yicha eng so'nggi yangiliklarni, tayyorlanish uchun test materiallarini muntazam berib borish uchun @aptis_info kanali faoliyatini tikladik.

Ushbu kanalda siz Aptis bo'yicha eng dolzarb savollarga javob topishingiz mumikin.

Aptis qanday imtihon?

Aptis qanday imtiyozlar berishi kutilmoqda?

Aptis imtihonining tarkibiy qismlari

Tayyorgarlik materiallari:
👉 Grammar & Vocabulary MOCK
👉 Listening MOCK
👉 Reading MOCK
👉 Writing MOCK
👉 Speaking MOCK

Ha aytgancha, bugun kechki payt ⏰ soat 21:00 da Aptis Info kanalida Aptis bo'yicha jonli muloqot va DEMO dars tashkil qilinmoqda!

👉 @aptis_info


🆘June 25 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna

💵Imtihonda yetarli ball to'plaganingizda TKT imtihoni uchun qilgan xarajatlaringiz Davlat tomonidan 100% qoplab beriladi.
Kurs uchun esa 1 marta 350 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.


💦TKT kurs 25-iyundan boshlanadigan 35 kunlik kurs. Narxi 350 Ming so'm

-350 Ming so'm to'lov nimalarni o'z ichiga oladi?

✍️TKTda barcha modullar boyicha mavzular 100% jonli tarzda o'tib berilishi
TKT Modul 1 test tahlili 
✍️TKT Modul 2 test tahlili
✍️TKT M3 test tahlili
✍️3 modul bo'yicha to'liq 33 ta dars
✍️TKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar

🔜Dars qaysi payti bo'ladi?
-Dushanba, Chorshanba,Juma, yakshanba soat 21:00 da

🪣Darslar qay tarzda bo'ladi?
Jonli , audio, video holatda
Namuna darslarimiz judayam tushunarli eshitsangiz bo'ldi o'zi quyilib qoladi ➡️ Demo lesson

Natijalarimiz va kurs uchun feedbacks

👩‍🏫Darsni Kim olib boradi?
dars ➡️Sifatli va malakali ustoz Barno Bakhodirovna tomonidan tashkil qilinadi @barnobakhodirovna

🍏Kurs qabuli uchun @forcefr

🍏TKT imtihonlarga ro'yxatdan bepul va chegirmali o'tkazib berish xizmati uchun @forcefr
🍏Erkin royxatdan o'tish uchun 🖇️ https://edu-action.uk/?pr=Onlayn_Ariza


📝 Shoshiling.❗️ Darslarimiz 25-iyundan boshlanadi

-TKTda ayni vaqtda qaysi darajadasiz?
Qiziq bo'lsa Mock yozuvi ustiga bosing
Parol ga forcefr deb yozing

Samarqand Innovative Centrga 780 Ming so'm bilan ro'yxatdan o'tish uchun @forcefr ga murojaat qiling
@tkt_info| Kerakli kitoblar| TKT nima?| @forcefr


⚡️ 2024 yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun maksimal ball beriladi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazilrigining 2025-yil 11-iyunda 03-32-1540-son buyrug'iga asosan 2024-yilda malaka oshirish sertifikatiga ega bo'lgan pedagoglarga direktor fondi ustamasi uchun 10 ballgacha baholash tavsiya etilmoqda.
Mazkur baholash mezoni jadvalining izoh qismida 7-pozitsiyaga izoh berilgan bo‘lib, bunda agarda pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha maksimal ball berilishi qat’iy belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga muvofiq yangi tartib joriy etilgan bo‘lib, bunga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining xodimlari besh yilda bir marotaba (eski tartibga ko‘ra bu ikki yilda bir marotaba) majburiy malaka oshirish kurslariga jalb etilishi hamda har yili tashkilot xodimlarining o‘rtacha 20 foizi malaka oshirishi lozimligi belgilab berilgan.

2024-yilda malaka oshirish kursidan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarning keyingi majburiy malaka oshirish navbati kelgunga qadar sertifikati o‘z kuchida qolishini inobatga olib, ushbu pedagoglarga yuqorida qayd etilgan baholash mezonining 7-pozitsiyasi izoh qismida belgilangan tartib bo‘yicha maksimal ball berilishi maqsadga muvofiq deyiladi vazirlik ko'rsatmasida.

☝️ 2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikat o‘z kuchida bo‘ladi, belgilangan vaqtda o‘quv kursiga bormagan, shuningdek, uzrli sabablarisiz qatnashmagan hamda belgilangan namunadagi sertifikatni olmagan holatlar bundan mustasno.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

28.6k 2 515 80 147

Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
⚡️ 2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul bugun — 20-iyun kuni soat 09:00 dan boshlanadi.

📹 Umumtaʼlim maktablariga 2025-2026 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi - my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda onlayn arizalarni topshirish bo‘yicha VIDEO-YO‘RIQNOMA

💬 Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi.

💳 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

22k 0 199 7 42

❗️Nukusda ta'lim sohasida poraxo'rlik fosh etildi

Nukus shahridagi umumta'lim maktabi o'qituvchisi, direktor o'rinbosarining ko'rsatmasi bilan, kasbiy attestasiyadan o'tkazib berish evaziga hamkasbidan 1000 dollar olgan vaqtida ushlandi.

Tergov davomida direktor o'rinbosari 100 nafardan ziyod o'qituvchidan 1000–1500 dollar miqdorida pul yig'gani, Pedagoglarni baholash bo'limi bosh metodisti esa 10 450 dollarni ixtiyoriy topshirgani aniqlandi.

📱 Test jarayonida telefondan foydalanishga ruxsat bergan Milliy gvardiya xodimi ham tergovga jalb qilindi.

Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan ish qo'zg'atildi. Tergov ishlari davom etmoqda.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

24.3k 1 134 71 196

Darvoqe Aptis sertifikatida ancha o'zgarishlar bo'lgan. Oldin Aptis for teachers va Aptis Advanced deb nomlanar edi. Hozirda Aptis ESOL for Teachers va Aptis ESOL Advanced ga o'zgargan. Imtihon shakli va narxlarida ham o'zgarish bo'lgan.
Aptis haqida to'liqroq ma'lumot berish uchun @aptis_info kanali faoliyatini tikladik. O'sha kanalda Aptis imtihoni bo'yicha eng so'nggi, va eng muhim ma'lumotlar berib boriladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

29k 0 527 312 343

Aptis qaytmoqda...

Ushbu loyiha tasdiqlansa, Aptis sertifikati yana tan olinish boshlanadi. Bu ustozlar uchun yaxshi xabar.
Sababi boshqa sertifikatlarga qaraganda Aptis olish birmuncha osonroq, narxi ancha arzonroq, va deyarli barcha viloyatlarda tashkil qilinadi. Undan tashqari sertifikati ham 3 yil amal qiladi.
Faqat ushbu sertifikat atrofida bo'lgan voqealar barcha uchun saboq bo'lishi kerak. O'sha javoblar tarqab, shpargalkalar tuzganlar begonalar emas edi. Har bir tushadigan savollarni bosh harfiga sher tuzib, yodlatganlar ham boshqa davlat fuqarolari emas edi. Shu o'zimiznikilar... Bir-ikki so'm pul ilinjida ta'lim sifatiga tupurib qo'ygan holda qilishdi.
Natijada ho'lu-quruq barobar yondi. Ozroq tayyorlanib 700 mingga Aptis olishi mumkin bo'lgan boshqa vijdonli ustoz 2 millionga IELTS, yoki 2,5 millionga TKT imtihoniga topshirishga majbur bo'ldi. U sertifikatlarni kelishini qancha kutishiga to'g'ri keldi. O'sha 1,5 millionlab tafovutni o'ziga yoki oilasiga sarflashi ham mumkin edi.
TOEFL ITP bilan ham huddi shunday bo'ldi. Aptisdan keyin eng arzon sertifikat shu qolgan edi. Buni ham darrov cheaterlar tagiga suv quyishdi. TKT ni ham bir muddat to'xtab qolishiga, qaror loyihasidan chiqarib yuborishlariga sabab boldi.
Aslida qanday yengillik bo'lsa, mavjud imkoniyatdan to'g'ri foydalanish o'rniga nafsimiz yo'lida hammasini yo'qqa chiqaryapmiz. Boshqalarni imkoniyatdan mahrum qilyapmiz.
Aptis qaytganidan hursandman. Chunki ushbu imtihon endi kirib kelganda ommalashtirish uchun, auditoriyaga tanishtirish uchun ozmuncha mehnat qilmaganman. Eng boshida hech kimda bu haqida ma'lumot yo'qligida, idoralarga bog'lanib ma'lumot yiqqanman. Universitetda ushbu imtihonni birinchi marta topshirgan bitiruvchilar bilan suhbatlashganman. Eng birinchi mocklarni ham o'zim taqdim qilganman.
Endi o'ylaymanki, Aptis tashkilotchilariga ham yetarli saboq bo'ldi. Savollar bazasi va imtihoni sifati ustida tinimsiz ishlashadi deb umid qilaman. Siz ustozlarga ham iltimosim, ushbu imtihonni yana cheating o'chog'iga aylantirib olmang! Imkoniyatdan to'g'ri foydalaning. O'zingizdan boshqalarni ham o'ylang! Hali bu imtihon ustozlarga ko'p marotaba kerak bo'ladi...

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

30.5k 0 912 310 991

⚡️ Sertifikatlarning haqiqiyligini tekshirib berish bo'yicha pullik xizmat tashkil qilinishi mumkin

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylandi.
Qarorning 1-bob izoh qismiga quyidagicha qo'shimcha kiritilmoqda:
5) milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni haqiqiyligini tekshirish Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-oʻquv amaliy markazi tomonidan pullik xizmat koʻrsatish orqali amalga oshirilishi mumkin;
Ya'ni ushbu loyihaga ko'ra, qaysidir ta'lim tashkiloti o'z xodimining xalqaro yoki milliy sertifikatlaridan shubha qilsa, uni tekshirib berishlari uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-oʻquv amaliy markaziga murojaat qilishi mumkin. So'rovga javoban markaz, QR kodli tekshiruv xulosasini taqdim etadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

25.3k 1 148 160 167

⚡️ Davlat bog'chasida ishlaydigan xorijiy til oʻqituvchilari uchun ham ustama to'lanishi mumkin

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylandi.
Qarorning 1-bob 7-bandiga quyidagicha qo'shimcha kiritilmoqda:

7) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xorijiy til oʻqituvchilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda 1-bobda keltirilgan talablar asosida oʻquv faniga mos sertifikatlarni taqdim etganda qoʻshimcha ustama haqi toʻlab beriladi.

👉 Loyiha matniga fikr bildirish

☝️ Ushbu qaror matni hali loyiha bo'lib, hali rasman tasdiqlanmangan! Qaror rasman imzolangunga qadar u yoki bu o'zgartirishlar kiritilishi mumkin!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿


Loyihaga ko'ra endi qayta hisob-kitob (pereraschot) bo'lmasligi mumkin

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylandi.
Qaror matniga quyidagicha o'zgartirish kiritilmoqda:
- taʼlim tashkilotining ustama toʻlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingan kundan boshlab ustama toʻlanadi;
- sertifikat olingan kun va taʼlim tashkilotining ustama toʻlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingan kun oralagʻidagi muddat uchun ustama toʻlanmaydi va ushbu muddat ustama toʻlash davri (uch yil)dan ayirib tashlanadi.

Ya'ni oldin sertifikat ma'lum sabablarga ko'ra kechroq yetib kelgan bo'lsa, olingan sanasidan boshlab qayta hisob-kitob qilinishi mumkin edi. Endilikda maktab buyruq chiqargan kundan boshlab ustama hisoblanishi qarorda belgilab qo'yilmoqda. Masalan siz TKT sertifikatingizga date of award 5-sentyabr yozilgan. Lekin qo'lingizga 10-oktyabrda yetib keldi. Siz 15-oktyabrda maktabga topshirsangiz, buyruq shu sanadan chiqariladigan bo'lsa. sizga 15-oktyabrdan ustama hisoblash boshlanadi. Sentyabr oyi va oktyabr oyining yarmi uchun qayta hisob-kitob qilib berilmaydi.

👉 Loyiha matniga fikr bildirish

☝️ Ushbu qaror matni hali loyiha bo'lib, hali rasman tasdiqlanmangan! Qaror rasman imzolangunga qadar u yoki bu o'zgartirishlar kiritilishi mumkin!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

25.6k 0 330 147 377

⚡️ Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi

Loyihaga ko'ra, TOEFL ITP sertifikati qaror ro'yxatidan chiqarib tashlangan.
Ro'yxatga Linguaskill va Aptis ESOL for Teachers sertifikatlari qayta qo'shilgan.
Unndan tashqari iTEP Academic Plus sertifikati ham aynan MMTV ga tegishli qismida ro'yxatga q'shilgan.
Cambridge English Assessment sertifikatlari yangi nom bilan Cambridge English Qualifications (CEQs) deb qayta kiritilgan.
Ushbu muhokamada siz ham ishtirok etishingiz, taklif etilgan har bir band bo'yicha o'z fikringizni bildirishingiz mumkin. Yakunda bildirilgan fikrlarga qarab, qaror loyihasi davlat idoralariga ko'rib chiqish uchun yuboriladi.

Muhokama 03.07.2025 sanagacha davom etadi.

👉 Loyiha matni va yangi ro‘yxatni ko‘rish

☝️ Ushbu qaror matni hali loyiha bo'lib, hali rasman tasdiqlanmangan! Qaror rasman imzolangunga qadar u yoki bu o'zgartirishlar kiritilishi mumkin!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

31.8k 7 1.1k 317 209

❗️ Kelayotgan o'quv yili uchun B2 sertifikat talabi yana bir yilga surilmagan

O'tgan yili 31-iyul sanasida vazirlik tomonidan 2ta xat chiqarilgan. U xatning asosiy mazmuni Vazirlar Mahkamasining qarori bo'yicha 2024-2025-o'quv yilidan xorijiy til o'qituvchilarida B2 sertifikat bo'lishi shart edi. Shuni bir yil ortga surish haqida edi. Birinchi xatda vazirlik sanalarda adashib ketib 2024-2025 o'quv yili o'rniga 2025-2026 o'quv yili deb yuborgan. Va shu kunni o'zida ushbu xatni bekor qilib, qaytadan to'g'risini chiqargan. Tarmoqlarda kimlardir eski xatni tarqatib, hammani hotirjam qilib qo'yyapti.
Avgust kelganda bu xat bekor bo'lganini bilib, ancha murakkab ahvolda qolishingiz mumkin. Shu sabab hotirjamlikka berilmasdan, avgustgacha B2 sertifikat olib qo'yishingiz tavsiya etiladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

26k 1 448 447 324

Nazorat ishlari | Rasmiy dan repost
📚 Ingliz tili o'qituvchilari uchun eng kerakli kitoblar to'plami!

Guess what va Prepare ning

Student's book,
Workbook
Teacher's book

kitoblarini eng arzon narxlarda chiqarib, butun O'zbekistyon bo'ylab yetkazib berish xizmatini yo'lga qo'ydik.
Talabingizga binoan A4, A5 o'lchamlarda chiqarib yetkazib beriladi.

Teacher's book (ichidan Student's book chiqarib yuborilgan)
Guess what, Prepare - 15 ming so'mdan boshlab sinflar kesimida narxlar farqlanadi
Teacher's book (to'liq, ichida SB ham bor) - 30 ming so'mdan boshlab

A4 o'lchamdagi kitoblar A5 dan ikki barobar narxi balandroq bo'ladi.

Barcha kitoblar rangli, sifatli chiqarilgan va yelimlangan yoki steplerlangan holda bo'ladi. Muqovasi silliq qog'oz

🤝 O'quv markazlari va repetitorlarga istalgan kitoblarini chiqarib beramiz!

🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud! (BTS, EMU, Uzpost orqali)
Yetkazib berish to'lovi alohida.

Buyurtma berish uchun 👉 @bsb_admin ga yozing!

Kanalimiz: @bsb_nazorat_ishlari

19k 0 25 25 39

TKT Band 2 ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladimi?

Ta'lim vazirliklarining 29.05.2024 dagi 3515-sonli qarori 1-bobida sertifikatlarning muvofiqlik darajalari belgilab berilgan. U yerda 6ta (MMTV ga tegishli 5ta) sertifikatning darajalari ko'rsatib o'tilgan.
Bilamizki TKT (TESOL/TEFL) daraja beruvchi sertifikatlar emas. Ushbu qarorda ham ushbu sertifikatlarning qaysi turi yoki natijasi CEFR shkalasi bo'yicha qaysi darajaga to'g'ri kelishi belgilab berilmagan. Shu sabab TKT Band 2 B2 ga teng deb aytolmaymiz.
Faqatgina 3-bobda tegishli natijadagi sertifikat B2 sertifikat bilan birga ustama uchun tan olinishi belgilab qo'yilgan.

TKT barcha modullardan Band 3 bo'lsachi?
U ham amaldagi qonunchilikka ko'ra ishda qolish talabi uchun asos bo'lmaydi. Faqatgina o'sha qaror amal qilish muddati boshlangunga qadar (29.07.2024) olingan TKT band 3 sertifikatlari bundan mustasno. Asos: 👉https://t.me/uzteachers/17559

Ishda qolish talabini bajarish uchun alohida eng kamida B2 sertifikat olib qo'yishingiz tavsiya etiladi.

👉 Ishga kirish/ishda qolish uchun sertifikatlar

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

24.1k 1 546 204 133
20 ta oxirgi post ko‘rsatilgan.
OSZAR »