Turonbank


Kanal geosi va tili: O‘zbekiston, O‘zbekcha


“Turonbank” ATBning rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
🔵Telegram-bot: @turon_bank_bot
🔵Facebook: http://bit.ly/2ornvb7
🔵Instagram: http://bit.ly/2mVDLAQ
🔵Sayt: https://turonbank.uz
☎️Call-markaz: (+998 95) 144-60-00
☎️Qisqa raqam: 1220

Связанные каналы

Kanal geosi va tili
O‘zbekiston, O‘zbekcha
Statistika
Postlar filtri


Valyutalar kursida o'zgarish




Turonbank – TIIF 2025 doirasida xalqaro moliyaviy hamkorliklarni kengaytirmoqda

🏦 Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IV Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi (TIIF 2025) doirasida “Turonbank” ATB qator xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

🤝 Forum doirasidagi muhim kelishuvlardan biri – Turkiyaning Aktif Bank moliya instituti bilan 10 million AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy shartnomaning imzolanishi bo‘ldi. Ushbu mablag‘lar kichik va o‘rta biznes subyektlarining aylanma mablag‘larini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Bu hamkorlik nafaqat banklararo aloqalarni mustahkamlash, balki o‘zbek tadbirkorlarining global moliyaviy resurslarga chiqishini ta’minlashda muhim qadam bo‘lmoqda.

📊 3000 dan ziyod ishtirokchilarni qamrab olgan forum doirasida panel muhokamalari, ekspert sessiyalari va ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

🌍 “Turonbank” ushbu forum orqali barqaror rivojlanish, investitsion jozibadorlikni oshirish hamda yangi strategik hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish tarafdoridir.

TIIF 2025 – xalqaro moliyaviy aloqalarning yangi bosqichga chiqishi xizmat qilmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ma'lumot uchun: Aktif Bank — Turkiyadagi eng yirik xususiy moliyalashtirish banki va fintex ekotizimlar ichidagi yetakchilardan biri hisoblanadi.

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube


Turonbank mijozlari – TIIF 2025’da O‘zbekiston sanoat salohiyatini namoyon etdi!

Toshkentda o‘tgan IV Xalqaro Investitsiya Forumi xalqaro investorlar, hukumat vakillari, moliya institutlari va biznes doiralarini birlashtirgan yirik maydon bo‘lib xizmat qildi.

📌 Forum doirasida ilk bor tashkil etilgan Milliy ko‘rgazma O‘zbekiston sanoat va investitsiya salohiyatini keng miqyosda namoyish etdi. Ko‘rgazmada neft-kimyo, mashinasozlik, qurilish va oziq-ovqat kabi 10 dan ortiq strategik sohalardan 90 ta kompaniya ishtirok etdi.

🏦 Biz faxr bilan aytamizki, ushbu ko‘rgazmada Turonbank mijozlari ham munosib ishtirok etib, o‘z brendlari va mahsulotlarini xalqaro mehmonlarga taqdim etdilar:

🔹 Fazman – Yevropa va MDH davlatlariga tekstil mahsulotlarini eksport qiluvchi, Digel, Carl Gross va Royal Spirit kabi brendlar bilan hamkorlik qiluvchi kompaniya.

🔹 Premier – 20 dan ortiq turdagi zamonaviy maishiy texnikalar ishlab chiqaruvchi, bugun Markaziy Osiyoning yetakchi brendlaridan biri.

🔹 Alp Texno Servis – “S-Smart” brendi ostida televizorlar ishlab chiqaruvchi korxona, texnologik yangilik va dizayn uyg‘unligini taklif etmoqda.

🌍 100 ga yaqin mamlakatdan 3 mingga yaqin xorijiy mehmon, 8 mingdan ortiq ishtirokchi yig‘ilgan TIIF 2025 – bu nafaqat global hamkorlik, balki mahalliy sanoat yutuqlarining xalqaro miqyosda tan olinayotganining isbotidir.

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube


Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
🚗 MG avtomobillari – endi yanada yaqin!

Turonbank va MG Motor Uzbekistan hamkorligida siz uchun ajoyib yangilik!

Endilikda zamonaviy MG avtomobillarini Muddatli to'lov asosida xarid qilish imkoniyati mavjud!

🔸 MG avtomobilining 50% boshlang‘ich to‘lovini to‘lab, 12 oy davomida foizsiz bo‘lib to‘lang!


Turonbank bilan orzular yo‘lga chiqadi! 🌟

📞 Batafsil ma’lumot uchun: 1220
🌐 turonbank.uz

Morris Garages 🇬🇧
MG Motor'ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori
📞 +998 555 14 8888
🌐 https://mg-motor.uz
🌐 facebook.com/mgmotoruzbekistan
🌐 instagram.com/mgmotoruzbekistan
✉️ [email protected]

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube


Valyutalar kursida o'zgarish






Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik dan repost
Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
DIQQAT FIRIBGARLAR! 🚨

Agar sizga bank, kuryerlik xizmati yoki internet-do‘kon nomidan qo‘ng‘iroq qilib:
📞 “Sizda shubhali operatsiya bor”,
💳 “To‘lovni tasdiqlang”,
🎁 “Siz yutuq qo‘lga kiritdingiz” deyishsa —
ehtiyot bo‘ling! Bu firibgarlik bo‘lishi mumkin.

⚠️ Esda tuting:
— Rasmiy tashkilotlar hech qachon telefon orqali shaxsiy yoki to‘lov ma’lumotlaringizni so‘ramaydi.
— Bosim ostida yoki shoshilinch qaror qabul qilmang — bu firibgarlarning asosiy usuli.
— Noma’lum havolalarni ochmang va ishonchsiz manbalardan kelgan fayllarni yuklab olmang.

💡 Ogoh bo‘ling. Oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni ham ogohlantiring.
Moliyaviy xavfsizlik — hushyorlikdan boshlanadi.




Valyutalar kursida o’zgarish




Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
Barchani Qurbon Hayit bayrami bilan tabriklaymiz!

Ushbu muqaddas ayyom xonadoningizga tinchlik va ezgulik hadya etsin, cheksiz quvonch va baxt olib kelsin, uni salomatlik va muhabbatga to'ldirsin!

Hurmat bilan, Turonbank jamoasi!💙

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Поздравляем всех с праздником Курбан Хайит!

Пусть священный праздник подарит вашему дому мира и добра, принесет много радости и счастья, наполнит его здоровьем и любовью!

С уважением, коллектив Туронбанка!💙

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube


Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
Bayram kunlaridagi ish tartibi haqida muhim ma’lumot!

Hurmatli mijozlar!

Qurbon hayiti munosabati bilan 2025-yil 6-iyundan 8-iyungacha jismoniy va yuridik shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatiladi.

🔹 Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 8-iyun kuni Turonbankning ayrim valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyat yuritadi.

Ularning ish jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishing: https://turonbank.uz/uz/press_center/adverts/8-iyun-kuni-ishlaydigan-vashlar-ro-yxati/

🔹 9-iyun sanasidan boshlab bank odatdagi ish tartibida faoliyatini davom ettiradi.

📲 Eslatib o‘tamiz, bayram kunlari davomida infokiosklar, bankomatlar va onlayn xizmatlar uzluksiz ishlaydi.

Yaqinlaringiz davrasida bayramni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazing!
Turonbank doimo siz bilan!

~~~

Важная информация о графике работы в праздничные дни!

Уважаемые клиенты!

В связи с празднованием Курбан хайита обслуживание физических и юридических лиц в отделениях банка будет временно приостановлено с 6 по 8 июня 2025 года.

🔹 В целях создания удобств для населения 8 июня будут работать отдельные пункты обмена валют Туронбанка.

Ознакомиться с графиком их работы можно по следующей ссылке: https://turonbank.uz/uz/press_center/adverts/8-iyun-kuni-ishlaydigan-vashlar-ro-yxati/

🔹 С 9 июня банк продолжит работу в обычном режиме.

📲 Обращаем ваше внимание, что в праздничные дни инфокиоски, банкоматы и онлайн-сервисы работают без перерывов.

Пусть праздничные дни пройдут в тёплой атмосфере и хорошем настроении!
Туронбанк всегда рядом с вами!

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube


Valyutalar kursida o’zgardi


Turonbank o‘z mijozlarini ogohlikka chorlaydi!

❗️So‘nggi vaqtlarda firibgarlar o‘zlarini “Turonbank” ATB xodimi deb tanishtirib, ayniqsa Telegram messenjeri orqali sizga onlayn mikrokredit rasmiylashtirish taklifini bermoqda.

🫥Ular siz bilan bog‘lanib, sizning nomingizga kredit rasmiylashtirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish maqsadida harakat qilmoqda. Bu shaxslar rasmiy bank xodimi emas — bu firibgarlik!

‼️Ayrim holatlarda firibgarlar “Turonbank” ATBga tegishli bo‘lgan ruxsatnoma yoki litsenziya nusxasini ko‘rsatish orqali ishonch uyg‘otishga urinmoqda. Bu kabi hujjatlar yolg‘on maqsadlarda foydalanilmoqda va sizni chuv tushirish uchun ishlatilmoqda!

🛑 Eslatma: “Turonbank” ATB hech qachon quyidagilarga yo‘l qo‘ymaydi:
🔹 Telefon yoki messenjerlar (jumladan, Telegram) orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni (pasport, karta raqami, CVV, PIN va h.k.) so‘ramaydi
🔹 SMS yoki ilova orqali yuborilgan bir martalik maxfiy kodlarni talab qilmaydi
🔹 Ijtimoiy tarmoqlar orqali kredit rasmiylashtirmaydi


❗️Shubhali qo‘ng‘iroq yoki xabarga duch kelsangiz, darhol 102 raqamiga yoki eng yaqin Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qiling.

“Turonbank” — Siz bilan ishonchli va xavfsiz aloqada!

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube




Video oldindan ko‘rish uchun mavjud emas
Telegram'da ko‘rish
🏦 "Turon Mikromoliya" tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi!

Aholi va tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PQ-364-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan "Turonbank" ATB tomonidan yangi mikromoliyaviy loyiha yo‘lga qo‘yildi — "Turon Mikromoliya" tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.

Yangi tashkil etilgan mikromoliyaviy kompaniya mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlarini, shuningdek, jismoniy shaxslar hamda rasmiy daromadga ega bo‘lmagan aholining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni iqtisodiy faoliyatga jalb etish va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.


"Turon Mikromoliya" tomonidan qulay shartlarda mikrokreditlar ajratilishi belgilab olingan.

"Turon Mikromoliya" — bu imkoniyatlar eshigini ochuvchi, ishonchli va tezkor moliyaviy xizmatlar maskani.

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube

18 ta oxirgi post ko‘rsatilgan.
OSZAR »