TOMCHI


Kanal geosi va tili: O‘zbekiston, O‘zbekcha
Toifa: Tabiat


TOMCHI - Сув тежашда ёрдамчи.
Савол ва таклифлар бўйича мутахассислар билан алоқа: @tomchiguruhi
“TOMCHI” мобил иловасини ўрнатиб олиш: https://nwrmp.uz/link.html

Связанные каналы  |  Похожие каналы

Kanal geosi va tili
O‘zbekiston, O‘zbekcha
Toifa
Tabiat
Statistika
Postlar filtri


💧 Suv – hayot manbai va uni asrash zarur! 💙

Suv – sayyoramizdagi eng qimmatli resurslardan biridir. Suvsiz inson hayoti davom etishi, tabiat saqlanishi va jamiyat rivojlanishi mumkin emas. Bugun biz bu qimmatli resursni ratsional tarzda ishlatish va kelajak avlodlar uchun uni saqlab qolish maqsadida oddiy qadamlar qo‘yishimiz mumkin.

Bugun nima qilishimiz mumkin?

Ichimlik suvini behuda sarflamang
Ichimlik suvi nafaqat sog‘liqning asosi, balki cheklangan resursdir. Keraksiz sarflardan qochish orqali biz suvni haqiqatan ham zarur hollarda foydalanishga tejaymiz.

Suv tejovchi texnologiyalardan foydalaning: tomchilatib va yomg‘ir suvi bilan sug‘orish
Ushbu usullar suvni bevosita o‘simlik ildizlariga yetkazib beradi, bu esa bug‘lanish va oqimdan yo‘qotilishini minimallashtiradi. Bunday yondashuv suvni tejash bilan birga o‘simliklarning samarali o‘sishiga ham yordam beradi.

Oqayotgan kranni zudlik bilan ta’mirlang
Hatto kichik bir oqish ham qisqa vaqt ichida katta miqdorda suv yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Tezkor tamir suvni tejashga va kommunal to‘lovlarni kamaytirishga yordam beradi.

Suvdan qayta foydalaning
Uy xo‘jaligi ishlarida, masalan, sug‘orish yoki tozalash uchun suvni qayta ishlatish umumiy istemolni kamaytiradi va qimmatli resurslarni tejashga yordam beradi.

Yomg‘ir suvini yig‘ing
Yomgir suvi – bepul va ekologik toza manba bolib, uni osimliklarni sugorish, avtomobillarni yuvish va boshqa uy ishlarida ishlatish mumkin. Bu esa suv taminoti tizimiga bosimni kamaytiradi va ichimlik suvini tejashga yordam beradi.

MANBA: EKOLOG.UZ


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  YOU TUBE / 😎 FACEBOOK


«Инновациялар, инклюзия ва сув тежаш» мавзусидаги амалий танишув саёҳати давом этмоқда. 2-кун.

Танишиш сафари иштирокчилари сув тежаш технологияларни жорий этиш мақсадида салоҳиятли кадрлар базасини шакллантириш масалаларини муҳокама қилиш учун Қорақалпоғистон Республикаси, Беруний агротехнология техникуми мехмонлари бўлдилар

😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  YOU TUBE / 😎 FACEBOOK


Shaftolini tomchilatib sug‘orish talablari

Shaftoli daraxtlarining gullashidan to mevalarining pishib yetilishigacha bo‘ladigan davr 90-180 kunni tashkil qiladi.

O‘zbekiston sharoitida shaftoli daraxtlari ertapishar navlarining mevalari may-iyun oylarida, kechpishar navlarining mevalari avgustda pishib yetiladi.

Shaftoli darxtlarining yaxshi rivojlanishi uchun g‘ovakligi o‘rtacha, suv o‘tkazuvchanligi yaxshi va рН ko‘rsatkichi 6-7 oralig‘ida bo‘lgan tuproqlar maqbul sanaladi.

Mevali bog‘larni tomchilatib sug‘orish uchun ishlatiladigan suvning miqdori bog‘ni ekilish sxemasiga ko‘ra har xil bo‘ladi. Bunda ishlatilgan tomizgichli shlanglar turi muhim rol o‘ynaydi, yaʼni tomizgichli shlang turiga qarab bog‘ polosa bo‘ylab yoki nuqta ko‘rinishida.

O‘zbekiston sharoitida mevali bog‘larni tomchilatib sug‘orish uchun umumlashtirilgan tarzda mavsum davomida 70-80 marta atrofida sug‘orishni va buning uchun 2200-2400 m3/ga dan kam bo‘lmagan miqdorida suv ishlatilishi lozimligini tavsiya qilish mumkin.

MANBA: TUPROQSIFATTAHLIL DUK


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  YOU TUBE / 😎 FACEBOOK


Айни дамда

«Инновациялар, инклюзия ва сув тежаш» мавзусидаги амалий танишув саёҳати давом этмоқда. 2-кун.

Танишув сафари иштирокчилари Беруний туманидаги сув етказиб бериш хизмати давлат муассасасига келдилар. У ерда Сув хўжалигидаги ислоҳотлар ва уларни Қорақалпоғистоннинг қурғоқчил иқлим шароитида амалга ошириш масалалари муҳокамаси ўтмоқда.

😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  YOU TUBE / 😎 FACEBOOK


Алламов Бекзод раҳбарлик қилувчи “Sarkop kooperativ” МЧЖ

😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  YOU TUBE / 😎 FACEBOOK


Бўстон канали билан танишиш

😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  YOU TUBE / 😎 FACEBOOK



7 ta oxirgi post ko‘rsatilgan.
OSZAR »