Yumshoq mebel modeli qanday yasaladi?
Divan yoki kresloni 3D’da yasash qiyin emas, faqat to‘g‘ri bosqichma-bosqich ishlash kerak:
1. O‘lchamlar olinadi. Front (old) va Left (chap) ko‘rinishlar bo‘lsa, yanada qulay bo‘ladi.
2. Referens surat 3ds Max dasturiga olib kiriladi.
3. Kreslo yoki divan avval yarmigacha yaratiladi, so‘ngra simmetriya (symmetry) orqali ikkinchi yarmi hosil qilinadi. Aksariyat yumshoq mebel turlari (kreslo, divan) shunday yasaladi.
4. Yakunda detallashtirish ishlari bajariladi: buklama (skladka), chok (tikuv izlari), yostiq va yumshoqlik effektlari qo‘shiladi.
5. Unwrap qilinadi (UV Mapping).
6. Render olinadi.
To‘g‘ri chizilsa, divanga qarab “bu rasm emas, realmi?” deb qolishingiz mumkin.
@dizipro